Ranglarning psixologik asoslari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Ranglarning tarbiyaviy o‘ni02
Ranglarning psixologik asoslari Bizning ko‘zimiz miya bilan, organizmning asab sistemasi bilan bog‘langan. Agar ko‘zning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hoziigi zamon optikaviy apparatlaming tuzilishi bilan taqqoslasak, ular orasida o‘xshashlik borligini sezishimiz mumkin. Ko‘z diametri 23-24 mm bo'lgan botiqroq shaklli sharsimon (ko‘z sohasi) jismdan iborat. Ko‘z oq rangli mustahkam qobiq-sklera bilan o‘ralgan. Uni oddiy til bilan ko‘zning oqi deb ataladi. Ikkala ko‘z ham kalla suyagining ko‘z chuqurchasida, miyaga yaqin joyda joylashgan bo'lib, birday tuzilgan va miya bilan asab tolalari orqali murakkab bog'langan. Ko‘z ikki asosiy qism: optikaviy qism va ko‘rish qismidan iborat. Ko‘z qorachig‘i kamalaklarda qobig‘ining o‘rtasiga joylashgan dumaloq teshikchadan iborat. Yorug‘lik shu qorachig‘ orqali ko‘z sohasiga o‘tadi. Kamalak parda qobiq — sklera bilan ulangan murakkab to'qimadir. U odamlar ko‘zining har xil tusli rangini belgilaydi: kulrang muskul tolalari bo‘lib, ular bizning asab sistemamiz bilan bog‘langan. Ravshan yorug‘likda ular qorachig‘ni bizning ixtiyorimizga bog‘liq bo'lmagan holda 2 mm gacha qisqartiradi va ravshanlik kamayganda 8 mm gacha kengaytiradi. Demak, ko‘z qorachiglari jonli diafragmalardir. Shoxlarda taxminan 1 mm qalinlikdagi shafFof mustahkam qobiq bo‘lib, diametri 12 mm li sferik kosacha shaklida bo‘ladi. Shoxlarda skleraning davomi hisoblanadi. Shoxlarning orqasida kemirchaksimon shaffof jism — gavharjoylashgan. Gavhar muskullar bilan o‘ralgan: bu muskullar unga va skleraga ulangan. Ko‘z gavhari diametri 8 —10 mm li ikkiyoqlama qavariq linzadan iborat. Uning qorachig'da qaragan old tomonning qavariqligi orqa tomoni qavariqligiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Gavhar bir necha qavat shaffof moddalar qatlamidan tuzilgan. Shoxlar bilan kamalaklarda qobig'i orasida suvsimon suyuqlik bor, gavhar xasi esa quyuq modda — shishasimon tana bilan to‘lgan. Shoxlarda va suvsimon suyuqlik gavhar va shishasimon tana — bulaming hammasi birgalikda ko‘zning murakkab obyektivi vazifasini o‘taydi. Ko‘z obyektivi va fotoapparat obyektivi bir xil optikaviy xossaga ega — ular buyumlaming haqiqiy kichraytirilgan va to'nkarilgan tasvirini beradi. Biroq, fotoapparatda buyumlar tasviri fotoplastinkada, ko‘zda esa murakkab nerv to'qimasi — ko‘z to‘r pardasida hosil bo‘ladi. Ko‘rish xuddi mana shu to‘rlardan boshlanadi. Ko‘z to‘r pardasi qanday tuzilgan? Ko'rish nervlari bosh miyaning ko‘rish markazidan chiqib, ko‘z sohalari ichiga kirib boradi. Har bir ko‘rish nervi millionlab nerv tolalaridan tashkil topgan. Har bir tola ko‘z sohasiga kirib tarmoqlanadi va taxminan bir yuz o‘ttiz million Ranglarning ramziy ma`nolari Olloh borliqni turli-tuman ranglar bilan bezaydi. Bu rang timsollari orqali borliqning tashqi va ichki dunyosini yaratdi. Bu haqda ≪Qur’oni Karim ≫da alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, insonlaming, umuman borliqning ranglari orqali ichki ruhiy olamini Olloh tomonidan mo'jizaviy yaratilganligi aytiladi. Chunonchi: ≪Baqara≫ surasi 138-oyatida shunday deyiladi: ≪Ollohdan ham go'zalroq rang beruvchi bormi? ≫ Har bir insonning rangi o‘ziga xosdir. Ular umumiy ko'rinishda birbiriga o‘xshasa-da, bir-biridan farq qiladi. Ulaming ichki dunyosi ham turli-tumandir. Shuning uchun ajdodlarimiz insonlaming ichki ruhiyatini belgilashda ulaming yuzidagi ranglarga asoslangan. Bu esa Olloh yaratgan mo‘jizalaridan timsollari haqida so‘z yuritsak. Dunyoda yorug'lik bor ekan, albatta ranglar bo‘ladi. Har bir rangning ramziy ma’nosi bor. Qadimda ajdodlarimiz rang orqali ramziy ma’noda gapirganlar. Insonlaming yuzi rangiga qarab kasalliklarini aniqlaganlar va davolaganlar. Ranglar orqali falsafiy fikr berganlar va insonlaiga ruhiy ta’sir etganlar. Masalan, sallaning turli rangi bo‘lib, ular orqali turli ramziy ma’nolar o‘z ifodasini topgan. Rangiga qarab mansabi, mazhabi va boshqalarni bilish mumkin bo'lgan. Qadimda har bir bayroq rangining ramziy ifodasi bo‘lgan. Hoziigi, 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'idagi har bir rangning ham o‘z ramziy ma’nosi bor va siz ulami yaxshi bilasiz. Bayroqdagi moviy rang tiriklik, mangu osmon, obihayot, tinchlik, yomon ko‘zdan asrash, halollik, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlat bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. Oq rang muqaddas tinchlik bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik, nazokatlilik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilish timsolidir. Yashil rang — tabiatning yangilash ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik tabiat timsoli hisoblanadi. Hozirda oddiy yo'lchiroq qizil, sariq va yashil rang orqali insonlaiga yo‘l ko‘rsatadi. Naqqoshlikda ham rang orqali voqelikni ramziy ma’noda tushuntiriladi. Shuning uchun ranglarning ramziy mazmunini o‘iganish katta ahamiyatga ega. Ranglarning ramziy tilini o'qishni o'rganish, ranglarning ramziy alifbosini bilish kerak. Ulami yaxshilab o‘iganib olgandan so‘ng turli naqsh ranglari orqali ulami o‘qish mumkin. Chunonchi: Yashil rang — Ona tabiat ramzi. Moviy rang — Osmon, tinchlik, yomon ko‘zdan asrash. Qizil rang — G‘alaba, xursandchilik, shodlik. Sariq rang — Muqaddaslik, yorug'lik, kenglik. Qora rang — Motam, cheksizlik, mavhumlik, qo'rquv, tushkunlik, noaniqlik ramzi. Sariq rang — Ayriliq. Zangori — Oliy e’tiqod. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling