Rangli metallar Reja
Download 145.71 Kb.
|
Rangli metallar
1. “D” deb ataladigan moddalar. Bu hosilalar kunduzgi yorug‘lik ostida aks etilishini nazorat qilish shuni ko‘rsatdiki, bunda ular kulrang-ko‘k tusdan osmonrang-ko‘k tusga va qirmizi-ko‘k rangga o‘zgaradi. Yuqori kuchlanishda elektr nuri ta’sirida qizdirilganda ko‘k rangi bir oz yorqinlashadi. Bu material mis sulfidi (Cu2S) yoki Cu2S + Cu tarkiblardan biri bo‘lishi mumkin, yoxud taxminan 25% FeS – Fe va 75% Cu2S – Cu tarkibli eritmada mavjud Cu2S – Cu ning vaqtinchalik aralash kristallari ham bo‘lishi mumkin. Cu2S tarkibi sof holatga yaqinlashganda shu moddaning xarakterli kristall chegara chiziqlari doim shu holni ko‘rsatadi. U kulrang-ko‘k tusga qaraganda osmonrang-ko‘k rangda tuslanadi. Temirning miqdori esa uning rangini qoramtir ko‘k va qirmizi ko‘k rangga kiritadi.
Shteynning mis Yuqori bo‘lgan qismlarida materialning shu sohasini kattalashtirib ko‘rilganda tezda sovishi natijasida yaxshigina donador tuzilishlarni guvohi bo‘lish mumkin. “D” modda kamdan-kam holatda g‘ovaksimon bo‘ladi. U odatda bir muncha tekis va bir xil o‘zgarmas yazaga ega bo‘lgan holda ishtirok etadi. 2. “C” deb ataladigan modda. Kunkuzgi yorug‘lik nuri aks etganda bu modda odatda sarg‘ish rangga moyil kulrang jez (latun) rangida tuslanadi. Shteynda juda kam holatda misli qismda sof aralashmaga o‘xshab pushti rang namoyon bo‘ladi. Bu material tarkibi odatda soft emir sulfidi yoki 2% gacha temirni o‘zida eritgan FeS ko‘rinishida yoki FeS – Fe hamda taxminan 5% gacha erigan Cu2S ning aralash kristallari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu materialda tez-tez bo‘shliq va kovak teshiklar paydo bo‘lib turadi. 3. “B” deb ataladigan evtektik qotishma modda. Bu moddaning individual tuzilmalari “D” va “C” moddalardir. Shteynning ba’zi qismlarida bu evtektika juda yaxshi rivojlanganligi tekshirilgan. Avval eslatib o‘tilganidek, mis va temir sulfidi orasidagi evtektik tarkib 21% atofida Cu2S va 79% atrofida FeS mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, misi kam bo‘lgan shteynda misi Yuqori bo‘lgan qismlarga nisbatan juda yaxshi evtektika mavjudligi ko‘rsatiladi. Shteynda evtektika sovitish qiymatlarini o‘zgartirganda ikki xil yaxshi tuzilgan va dag‘al tuzilgan shteynlarga ajralishi sinovdan o‘tkazilgan. Ko‘pchilik mutaxassislar evtektik individual tuzilmalarning koalissensiyasiga juda katta e’tibor berishadi. Koalissensiya bu – juda kichik mayda zarrachalarning tortishuv kuchlari asosida birlashib nisbatan kattaroq tomchilarni hosil qilish jarayonidir. Agar shteyndagi mayday mis va mis sulfidlari yoki boshqa metallar sulfidlari koalissensiya natijasida shteyn massasida yig‘ilsa ularning shteyndagi massa ulushlari ortishi tabiiydir. Bu esa Yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi. Bu narsa shteynni tez yoki sekin sovitish jarayonlariga, shteynni havo va gazlar oqimi bilan mexanik aralashishiga hamda fazalararo taqsimlanish qonunlariga bevosita bog‘liqdir. 4. “A” deb ataladigan modda. Bu modda kunduzgi yorug‘lik va elektr yorug‘ligi nurlari ostida oq brilliant rangda tuslanadi. U odatda noto‘g‘ri Yumaloqlashgan va cho‘zinchoq granulalardan iborat bo‘ladi. Bu donalarning o‘lchami sferik va ellips shakllarini eslatadi. Bu modda metall holidagi temir uchun o‘tkaziladigan barcha sinovlarga javob beradi. U shteynning umumiy tuzilmasi emas, balki Yuqori haroratli pechlarda qayta ishlanadigan Yuqori silikatli shlaklardan tuzilgan. “A” moddaning Yuza relyefi qattiqligi bo‘yicha “C” moddadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. 5. “F” deb ataladigan modda. Bu modda yorug‘lik nuri va elektr nuri ostida nazorat qilinganda mis metalining rangi tuslanadi va u metall holatidagi mis uchun beriladigan barcha sinovlarga javob beradi. Uning tuzilishi taxminan bo‘shliqlardagi soatning minut mili kabi uzun va ingichka kristallardan iborat. 6. “G” deb ataladigan modda. Bu modda yoruglik nulari va elektr nurlari ostida yorqin qirmizi rangda tuslanadi. U umumiy holda romboidal kesishgan qismlar kristallari shaklida, ba’zan juda uzunchoq va ingichka kristallar shaklida bo‘ladi. Bazi kristallar hududiy qo‘shimchalarga ega. O‘z vaqtida moddaning noto‘g‘ri granulalangan kristallarlari ham topilgan. Shteynning paydo bo‘lishida bu mukammal kristall shakllarning paydo bo‘lishi tuzilmaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Download 145.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling