Rangli metallarni ajratib olish texnologiyalarini
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0,87 Mb. Pdf ko'rish
|
qora metallurgiyada hosil bo lgan changlardan rangli metallarni
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1417 w www.oriens.uz May 2021 6 K 0.3-1.2 7 Cd 0.05-0.2 8 Mn 2-4.5 9 Ca 1-12 10 Si 0.7-5.6 11 Mg 0.6-16 12 Al 0.1-5 13 P 0.01-0.3 14 Cl 0.3-6.8 15 F 0.2-0.5 16 S 0.02-3 Yuqorida ta’kidlanganimizdek bu turdagi changlarni qayta ishlash usullarining foydasi bir muncha past hisoblanadi. Mavjud texnologiyalarni 3 guruhga bo’lish mumkin: Birinchi guruh – Changdan ruxni ajratib olmasdan turib uni aglomeratsiyalash jarayoniga yuborib undan olingan aglomeratni domna pechiga eritishga yuborish hisoblanadi. Bu metodda faqatgina changda rux miqdori o’ta kam bo’lgan hollardagina foydalanish mumkin [7,8] . Ikkinchi guruh – Ruxni pirometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olish hisoblanadi. Bu usulga velslash va FASTMET, FASTMEL, Oxycup, PRIMUS, PaulWurth va boshqa texnologiyalar kiradi. Keltirilgan texnologiyalarning asosini rux oksidlarini turli xildagi uglerod saqlagan reagentlar yordamida yuqori haroratda tiklash yotadi. Jarayondagi asosiy muommo bu tiklovchi materiallarni ko’p miqdorda sarflanishi,pech futerovkasini yemirilishi hisoblanadi. Shuningdek yana ruxni xlorid holatida uchirish ham taklif etilgan. Xloridli usulda ruxni temirdan ajratish yuqoriligi bilan ajralib turadi ammo texnologiyada reagent sifatida HCl ishlatilishi xavfli va zaharlidir [9] . Uchinchi guruh – Turli xil eritmalar bilan changni gidrometallurgik qayta ishlash. Bu usulda kislotali hamda ishqoriy tanlab eritishni qo’llash mumkin. Kislotali tanlab eritishda changdan ruxni yuqori darajada eritmaga o’tqazish mumkin shu bilan birga eritmada qo’shimchalar shu jumladan temir tuzlari ham ko’p miqdorda bo’ladi. Eritmadan esa ruxni elektroliz usulida ajratib olish mumkin dastlab eritmani qo’shimchalardan tozalash zarur va bu birmuncha sarf xarajatni talab etadi[10]. Erituvchi sifatida odatda sulfat kislota qo’llanilib u anchayin arzon hamda nitrat va xlorid kislotalarga qaraganda ruxni ajratib olish darajasi yuqoriroq [11-14]. Ayni paytda elektr yoyli po’lat eritish pechidan ajralib chiqayotgan changlarni qayta ishlashning laboratoriya va sanoat usullari qolaversa bir qancha patentlar ishlab chiqilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling