Ra’no Ibrohimova (Rano Ibragimova)


Download 48.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.11.2017
Hajmi48.14 Kb.
#19551

                                                                                 Ra’no Ibrohimova (Rano Ibragimova) 

                                                                                Filologiya fanlari doktori, professor 

 

Alisher Navoiy asarlarida ilmiy fantastik elementlar. 

Alisher Navoiy yashagan davrda robot,  televizor,  planshet,  skayplar bo‘lmagan, 

kosmosga uchilmagan. Biroq xalq orzu qilgan, faqat xalq orzusi fantastika doirasida qolgan.  

A.Navoiy xalq orzusini,  o‘z g‘oyalarini ifodalashda  fantastik: “tush ko‘rish”,  “oynada 

ko‘rish” , “suvda ko‘rish”  kabi  sehrli ertaklarga xos fantastik elementlar bilan bir sirada ilmiy 

fantastik elementlardan ham keng foydalanadi.  Bular: “umrni uzaytiruvchi suyuqlik”,  suv 

ostida,  100  kun  ichida  turish  mumkin bo‘lgan “shisha quti”, “suzuvchi shahar”, “Iskandar 

ko‘zgusi”, “Iskandar devori”,  ichi portlovchi modda bilan to‘ldirilgan “shar”, “temir odam” dir.  

A.Navoiy asarlaridagi fantastik elementlarga xos nuqta:    a)real hayot tasviri fantastika  

bilan o‘zaro tutashib ketadi. b) U xalq orzusini amalga oshishi yo‘lida bosqich vazifasini o‘tashi 

mumkin bo‘lgan fantastik gipotezalarni ilgari suradi.  v)  A.Navoiy asarlaridagi fantastik 

elementlar bugungi kunda robot, batiskaf, suv osti kemasi, eskalator ko‘rinishida amalga oshgan 

va fantastika janrini, xususan o‘zbek fantastikasini yuzaga kelishida poydevor vazifasini o‘taydi. 

Fikrimizni A.Navoiyning “Farhod va Shirin”, «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy»

1

 dostonlarida 



foydalangan fantastik o‘rinlar misoli tahlilida tadqiq etdik. 

A.Navoiy dostonlaridagi a)  fantastika bilan reallikning o‘zaro tutashgan nuqtasida 

yuzaga kelgan fantastik o‘rinlar: fantastik mahluqlar ya’juj-ma’jujlarga qarshi Iskandar devorini 

bunyod etilishi. Bu devor fantastik bo‘yoqlar bilan bir siradi o‘rta asr inshoatlari uchun xarakterli 

xususiyatlar mavjud;  b)  sehrli ertaklar,  ilmiy fantastikaga xos chizgilar o‘rin olgan holatlar.  v) 

dostonda ijtimoiy masalalar ko‘tarilgan o‘rinlarda romantik va fantastik bo‘yoqlardan 

foydalanadi; g) tarixiy shaxslar obrazi saqlagan holda, ularga fantastik nisbat beradi; d) davlatni 

shohsiz tasavvur eta bilmaslik Navoiy qarashlaridagi utopik tomonni tashkil etadi.  Bu  albatta, 

davr sharoiti bilan izohlanadi.  Bu  o‘rinda reallika rioya qilingan,  ham odil shoh haqidagi 

Navoiyning o‘ylari romantik bo‘yoqlarda berilgan.  Bo‘rttirib berilgan o‘rinlar ertaklarga xos 

chizgilarni tashkil etgan.  ye)  Farhod tarbiyasiga oid boblarda fantastikani eposga xos 

ko‘rinishidan foydalanadi.  Ya’ni,  Farhod soat sayin o‘sadi,  uch yoshida o‘n yasharlik boladek 

to‘lishadi, yoyni ikki buklab, halqa holiga keltiradi va q.k. 

Farhod obrazi tasviri real zaminga ega.  U,  bir yil ichida Qur’onni yod bilib  oladi, 

kimdir bir soatda bajarishi mumkin bo‘lgan ishni bir daqiqada ado etadi.  Dostonning asosiy 

                                                 

1

 A.Navoiy «Xamsa»sidan o‘rin olgan dostonlarining umumiy yo‘nalishi, A.Hayitmetovning «Navoiy ijodiy metodi 



masalalari», S.Erkinovning Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning tahlili, A.Qayumov, S.G‘aniyeva, I.Xaqqulov va 

ko‘plab boshqa navoiyshunos olimlarning asarlarida keng, atroflicha tadqiq etilgan. 

Navoiy ijodida fantastika mavzusi esa ilk bor professor A.Hayitmetovning «Alisher Navoiy va fantastika» 

maqolasida yoritilgan.

   


 

qismiga kelib, ertaklarga xos fantastik unsur paydo bo‘ladi. Bu  sehrli «ko‘zgu». Uning siri orqa 



tarafida bayon etilgan.  Bu sirga ko‘ra,  ko‘zguga ega bo‘lgan kishi unda o‘z qismatida bor 

narsalarni ko‘rishi mumkin. 

A.Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonida ham sehrli oynaga murojaat etadi.  Iskandarga 

taqdim etilgan oyna kishilar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etadi va haq bilan nohaqlikni ajratib 

olishga ko‘maklashadi. 

A.Navoiy kuzguning kashshofi Iskandar ekanligi aytadi.  Kitobxon ko‘zguning 

mavjudligiga ishonch hosil qiladi.  Bu ishonchni qat’iy o‘rin olishi uchun shoir ko‘zguni  400 

nafar olim birgalikda yaratgani aytadi. 

A.Navoiy dostonlarida fantastik element sifatida «samandar yog‘i»,  «muhra 

suyuqligi»dan foydalanadi.  Bu suyuqlik Farqodning otasiga Suqrot tomonidan taqdim etilgan 

bo‘lib, uning xosiyati inson umrini uzaytira olishidadir. Dostonda fantastik sifat bilan yo‘g‘rilgan 

«qilich»,  «kamon»dan tashqari,  tasvirlanayotgan voqealarni yanada ishonchli chiqishi uchun 

«qora rang»dan keng foydalanadi. Qizig‘i, ayni bir qora rangni bir necha xil turlarini beradi.  

A.Navoiy ijodidagi fantastika unsurlarining ikkinchi turi ilmiy asosga ega.  Ular 

zaminida ma’lum bir texnik g‘oya yotadiki, bu g‘oyalarning ayrimlari bizning davrga kelib, real 

qodisaga aylangan. 

Ana shunday g‘oyalardan biri «Saddi Iskandariy»  dostonidagi ko‘zgu detali bilan 

bog‘liqdir.Navoiy xalqning orzu-armonlarini tasvirlabgina qolmay,  ularga faol munosabat 

bildiradi.  Xitoy xoqoni tomonidan taqdim etilgan oyna Iskandarda yangi bir fikr uyg‘otadi.  U  

olim va fozillarni yig‘ib, «Oinai Iskandariy»ni yaratadi. Iskandar tashabbusi bilan kashf etilgan 

bu oyna XX asrga kelib ixtiro etilgan televideniyening prototipidir

2

.  



Navoiy hayotiy eqtiyoj taqozosi bilan «suv chiqarish», «dengiz osti sirlarini o‘rganish» 

kabi masalalarni fantastik yo‘l bilan hal etgan.  Fantastika bunday masalalarni amalga oshirish 

yo‘lidagi dastlabki qadamdir.  Bu masalaning bir tomoni.  Bundan tashqari,  rivoyatlarga 

qaraganda, Iskandar o‘zining dengiz bo‘yicha vaziri Nearx bilan shisha oynaklari bo‘lgan qutida 

денгиз  tagiga tushadi.  Bu  «suzuvchi»  apparat Arastu loyihasiga ko‘ra tayyorlangan edi.

3

 



Iskandarning shishada yasalgan idishda suv ostiga tushishi bilan bog‘liq fantastik unsurning 

Navoiy asaridan o‘rin olishida yuqorida keltirilgan rivoyat manba vazifasini o‘tagan bo‘lishi 

mumkin. 

Navoiy qo‘llagan fantastik unsurlar zaminida uning dunyo ilmidan boxabar bo‘lgani 

bilan bir sirada,  xalq xayolidan o‘rin olgan obrazlar –  dengiz osti «aqllari»:  suv shoqi,  suv 

parilari bilan muloqotda bo‘lish azaldan insonlarni qiziqtirib kelgani ham zamin bo‘lgan. 

                                                 

2

 



Бертельс Е.Э. Избранные труды: Навои и Джами. -М.: 1965. -С. 169. 

3

 



Диомидов М.Н., Дмитриев А.Н. Покорение глубин // Этнография. -1972. -№ 6. -С. 6. 

 

Bundan tashqari, eramizdan yuz yil oldin toshga o‘yilgan barelyef ham saqlanib qolgan. 



Bu barelyefda suv tagida yotib,  charm meshdagi havodan nafas olayotgan suriyalik jangchi 

tasvirlangan.  XIV  asr fransuz miniaturasida  esa shisha idish ichiga kirayotgan Iskandarni 

ko‘ramiz. Alisher Navoiyning bunday tarix faktlaridan xabardor bo‘lgani eqtimoldan xoli emas. 

A.Navoiyning «temir odam»i ilmiy fantastikaning eng ibtidoiy shakli edi. Temir odam 

xususida fikr yuritar ekan,  shoir uni batafsil tasvirlashga qarakat qiladi.  A.Navoiy fantastik 

holatlarni tasvirlar ekan, benihoya aniqlikka erishadi. Bu narsa shunda ko‘rinadiki, 

биринчидан, 

shoirning o‘zi 

ушбу  ҳолатнинг  shohidi bo‘lgan kishi nuqtai nazaridan chiziladi.  Masalan, 

A.Navoiy Aqriman yashovchi vodiyni tasvirlar ekan,  uning o‘ta 

дақшатли  эканлигидан 

o‘zining ham esi 

оғаёзганини айтади. Yoki Iskandar cho‘lda uchratgan itsimon vaqshiylarning 

soni mingtaligini uning shaxsan o‘zi eshitganini yozadi. 

Xullas, u fantastik manzara yoxud fantastik obraz yaratar ekan, kitobxonni bu manzara 

yoki obrazga ishontirish maqsadida o‘zi bu qodisaning haqiqat ekaniga kafolat beradi. Natijada 

bu badiiy usul A.Navoiy asarlarida tasvirlangan fantastik holatga nisbatan kitobxonda ishonch 

qissini uyg‘otish uchun xizmat qiladi. 

Ikkinchidan,  A.Navoiy o‘zi yaratayotgan fantastik holatga kitobxonni yanada 

ishontirish, unga qandaydir hujjatlilik tusini berish maqsadida tasvir poetikasiga turli raqamlarni  

jalb etadi. Masalan, Aflotun sehrgarlik qilmaydi, balki mazkur holatdan qutulish yo‘lini ilmdan, 

kitobdan axtaradi.  Ushbu kitobda qo‘rg‘on eshigini qay yo‘l bilan ochishning batafsil tasviri 

berilgan edi. Bu tavsifga ko‘ra, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlardan biri yer osti yo‘lini topgach, 

roppa-rosa o‘n yetti qadam yurib, to‘xtash kerak. O‘n yettinchi qadam qo‘yilgan joydagi devor 

bag‘rida ikkita yopqich plita bor. Ularning biri shamolni, ikkinchisi esa olovni to‘sadi. Ana shu 

yopqichlarning birini ochish bilan shamol esib saraton quyoshi taftidan sarg‘aygan o‘lkaga hayot 

qaytadi. 

Farqod ham temir odamga yetib kelish uchun juda ingichka va tor yo‘lkadan o‘tishi 

kerak.  Bu yo‘lkaning ikki chetida xarsang  bo‘lib,  sal chetga og‘ilsa,  pastga tushib ketish 

mumkin.  Lekin og‘masdan,  o‘n bir ming qadam sanab oldinga yurilsa,  qo‘rg‘onga kelinadi. 

Qo‘rg‘ondan  100  qadam berida xarsang tosh bo‘lib,  uni joyidan siljitilsa,  qo‘rg‘onning eshigi 

ochiladi.  Qo‘rg‘on ichida esa temir odam turadi.  Temir  odamni yengish uchun 100  qadamdan 

turib,  ko‘kragining qoq o‘rtasiga o‘q-yoy otish kerak.  Ko‘ramizki,  A.Navoiy bu manzara 

tasvirida raqamlarga ko‘p murojaat qiladi. Bu raqamlarda biror sir bormi? Yoxud ular shunchaki, 

tasodifiy xarakterga egami? Bu raqamlarda ma’lum bir sir bo‘lishi ehtimoli bilan birga, shoirning 

maqsad yaratilayotgan fantastik vaziyatga kitobxonni ishontirish bo‘lgan. 

«Titanik»  kemasi A.Navoiy orzu qilgan suv ustidagi shaharning zamonaviy namunasi 

hisoblanadi.  Atomonidan Navoiy 

томонидан tilga olingan Iskandar ko‘zgusi ma’lum ma’noda 


 

uzoq 



шаҳарларни, koionotdagi hodisalarni кузатиш mumkin bo‘lgan televideniyeni Suv . Сув 

chiqarish muammosi ham o‘z yo‘l fantastik 

йўл bilan hal Bu . Бу fantastik sifatga ega bo‘lgan 

Farhod teshasidir. 

Navoiy 

.Навоий  Farqodning o‘z maqsadi yo‘lidagi kurashda uni Suqayl,  Xizr bilan 



uchrashtirib,  unga fantastik shart-sharoitlar yaratib bersa,  ikkinchi tomondan,  hech bir ishga 

meqnatsiz,  ijtimoiy taraqqiyotsiz,  ilm-fanning rivojisiz 

эришиб  bo‘lmaydi,  degan fikrni 

o‘tkazishga qarakat qiladi.  

A.Navoiy fantastikadan o‘z dostonlari qiziqarli va o‘qimishli qilish maqsadidagina 

foydalanmaydi. Fantastika qaqramonlar xarakterining psixologik, favqulodda chizgilarini ochish, 

ularni mashaqqatli  sinovlar silsilasidan o‘tkazish yoxud mushkul aqvoldan xalos etish zarur 

bo‘lgan hollarda unga ko‘makka keladi. 

«Farqod va Shirin»  dostonidagi fantastik motivlarning yana biri makkor kampir 

Yosuman obrazi.  U to‘la ma’noda fantastik obraz emas. Lekin A.Navoiy unga fantastik xislatlar 

beradi. Kampirning makri shu qadar zo‘rki ota qizini, o‘g‘li onasini sevib qolishi, uning bir og‘iz 

so‘zidan kishi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.  U duoxonlikda Buqrotni qam yo‘lda 

qoldiradi.  A.Navoiy kampirni g‘ayritabiiy sifatlar egasi tarzida tasvirlar ekan,  uning insoniy 

moqiyatini va, eng muqimi, Xusravning chirkin dunyosini ochishga muvaffaq bo‘ladi. A.Navoiy 

ana shu tarzda va shu sababdan o‘z dostonining badiiy strukturasiga g‘ayriilmiy fantastik 

unsurlarni ham olib kiradi. 

Shunday qilib,  fantastik motivlarni realistik yo‘l bilan dalillash A.Navoiy ijodiy 

uslubining o‘ziga xos tomonlaridan birini tashkil etgadi.  Fantastik motivlarni tasvirlashdagi 

A.Navoiy ijodiga xos yana bir xususiyat shundaki,  uning asarlaridan o‘rin olgan fantastik 

unsurlar zamirida obyektiv reallikning ba’zi bir chizigilari yotadi. Bu narsa nimalarda ko‘rinadi?           

Iskandar Mag‘ribni zabt etgach,  o‘z Vatani Rumga Kirvon o‘lkasi orqali qaytadi.  U 

Kirvon aqolisining aqvoli niqoyatda nochorligini ko‘radi. Buning sababi, kirvonliklarning tog‘da 

istiqomat qiluvchi ya’juj–ma’jujlarning tazyiqiga uchrab turishi edi. Ya’juj–ma’jujlar yiliga ikki 

marta bu o‘lkaga qujum uyushtirib,  aqoli boshiga qirg‘in solib,  ularning uy-joylarini buzib, 

o‘zlarini yeb ketar ekan. Ma’lumki, tarixda ya’juj-ma’juj yoki shunga yaqin biron bir mavjudot 

bo‘lgan emas.  Garchand «ya’juj-ma’juj» atamasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bu aslida A.Navoiy 

qalamiga mansub fantastik obrazdir.  Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq lozimki,  A.Navoiy yaratgan 

mazkur timsol o‘zbek adabiyotida ilmiy–fantastik obraz yaratish borasidagi dastlabki 

urinishlardan biri edi. 

A.Navoiy falokat keltirayotgan kishilarni ya’juj-ma’jujga qiyoslaydi.  Dostondagi 

chumoli shaklli maxluqlarning fantastik obrazi ham diqqatga sazovordir.  Ko‘p dengiz va 

shaqarlarni zabt etgan Iskandar Mag‘rib tomon yo‘l olar ekan,  bir cho‘ldan o‘tadi.  Cho‘lda 



 

itsimon,  lekin chumoli shaklli daqshatli qayvonlarni ko‘radi.  Iskandar o‘sha yerliklardan bu 



iqlim aqvolini surishtiradi.  Shunda bir  kishi unga cho‘lning narigi tomonida vaqshiy odamlar 

yashashini, ular goh-goh kelib, qiron uyushtirib, aholiga ozor berishini; vaqshiy odamlar o‘n kun 

surunkasiga uxlab,  o‘n kun bedor ekanliklarini,  shunda ularni chumoli shaklli hayvonlar 

qo‘riqlashini so‘zlab beradi.  Vaqshiylar mamlakatining narigi chegarasida ikki buyuk tog‘ 

bo‘lib,  biri qizil oltindan,  ikkinchisi esa kumushdan iborat ekan.  Ammo u tomonga vahshiylar 

tufayli o‘tib bo‘lmas, ular hech kimni yaqin yo‘latmas ekanlar. 

A.Navoiy bu mahluqlarning fantastik obrazini yaratar ekan, ularda turli-tuman vaqshiy 

hayvonlarning  qirralarini ko‘radi hamda ana shu hayvonlarga xos alomatlarni bir nuqtaga 

jamlab, chumolisimon mahluqlarning fantastik portretini chizadi. 

«Saddi Iskandariy»  dostonida foydalanilgan  fantastik motivlardan yana biri Kashmir 

voqeasi bilan bog‘liq.  Kashmir shohi Mallu Iskandarga bo‘yin egishdan bosh tovlab,  o‘zining 

temir darvozali,  g‘oyat mustaqkam qal’asiga kirib oladi.  U qal’aning tevarak-atrofidagi havoni 

sehr yordami bilan «o‘g‘irlab»,  uni jazirama viloyatga aylantiradi.  Nafas olish og‘irlashgani 

sababli Iskandar qo‘shinlari qal’aga yaqinlashish imkonidan maqrum bo‘ladilar. 

Iskandar Kashmir shohini yengish yo‘llarini qidirib, olimlar bilan maslahatlashadi. Ular 

ilm-hikmat bu masalada  yordamga kelishi muqarrar ekanini aytadilar.  Ularning  taklifi bilan 

ichiga portlovchi va yonuvchi moddalar solingan shar yasaladi.  Sharga  o‘rnatilgan piliklarni 

yondirib, so‘ng ularni dushman qal’asiga irg‘itish bilan to‘siqlar buziladi va Kashmir shohining 

sehri barbod bo‘ladi. 

 A.Navoiy ijodida dev, ajdaqo kabi xalq ertaklari uchun an’anaviy fantastik unsurlar bilan 

bir qatorda qozirgi ilmiy-fantastik adabiyotning qator muqim motivlari va ko‘rinishlari qam keng 

o‘rin egallaydi.  Bu  dostonlar  badiiy strukturasidagi yuqorida tilga olingan qator jihatlar, 

shubhasiz, fantastika bilan o‘zaro tutashadi. A.Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi fantastik 

o‘rin hunarmand usta Zayd Zaxxobning  podshoh uchun yasab bergan g‘aroyib oltin taxtining 

tasviri A.Navoiy asarlaridagi fantastik o‘rinlarning shox namunalaridan biridir.  

-  ...Taxtning  tuzilishi  8  kirrali bo‘lib,  shohning o‘tiradigan joyi yer yuziday keng edi. 

Taxtning burchaqlarida sakkizta minorasi bo‘lib, bularning to‘rttasi balandda va to‘rttasi pastda 

edi.  Pastki  minoralarda gapirishga o‘rgatilgan to‘rtta to‘ti va baland minoralarda to‘rtta tovus 

turardi. Taxtning atrofi la’l-gavharlar bilan bezatilgan bo‘lib, oltin zinasi ham sakkiz poyali edi. 

Zargar taxtni shunday san’at bilan yasaganki, agar Jamshid martabali shoh bu taxtga  chiqadigan 

bo‘lsa,  pillapoyalari uning qadam qo‘yishi uchun pasayib,  bir-biri ustiga yotardi.  Shoh  shu 

sakkiz poyaning hammasini bosib o‘tib, o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tarilardi. 

Shoh o‘tirganida to‘rtta to‘ti birdan ovoz beradi. Taxtning oyoklari o‘rniga sakkizta ustun bo‘lib, 

go‘yo taxt sakkiz qavat osmon ustida turgandek edi.  Shoh qaysi tarafga qarab o‘tirishni istasa, 



 

ozgina ishorat bilan taxt o‘sha tarafga qarab aylanar edi. Buning aylanishi uchun hech kimning 



ovora bo‘lishi shart emas edi.  Ko‘ramizki,  hozirgi eskalator,  joydan qimirlamasdan pult orqali 

boshqarish kabi real narsalarning fantastik variantini A.Navoiy ancha ilgari yuzaga keltirgan 

ekan. 

A.Navoiy dostonlariga bevosita xalq ertaklari va rivoyatlaridan kirib kelgan unsurlardan 



dev, ajdaho, Ahriman singarilar ertak janri me’yorlariga bo‘ysunadi va o‘zida ertaqlar poetikasi 

uchun xarakterli xususiyatlarni eltadi.  Ilmiy zaminga ega bo‘lgan fantastik motivlar –  ular 

garchand ertaknamo badiiy libosda gavdalansa-da,  fan va texnikaning hozirgi  yutuklari bilan 

ma’lum ma’noda yo‘qlamaga kirishadi. 

Demak, fantastik motivlar, yuqorida qayd etilganidek, o‘zbek fantastikasi, xususan ilmiy-

fantastik adabiyotining vujudga kelishi va rivojlanishida muhim manbalardan biri sifatida 

muayyan ahamiyatga egadir. 

 

 



 

 

 



 

1

 Bertels YE.E. Izbranniye trudi: Navoi i Djami. -M.: 1965. -S. 169. 



1

 Diomidov M.N., Dmitriyev A.N. Pokoreniye glubin // Etnografiya. -1972. -



№ 6. -S. 6. 

 

Download 48.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling