Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati reja: Kirish


II.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasining tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati


Download 0.85 Mb.
bet4/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1245798
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati

II.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasining tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati
2.1. I.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) tarqalishi
Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p bo’ladi. Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba’zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi. Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi: Ca5Co5A G(1,5,∞). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rezavor meva va boshqalar bor . Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yo’l bilan ko’payadiganlari ham bor (atirgul, qulupnay va boshqalar).
O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegetativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar (Spiraeoideae), Ra’nodoshchalar (Rosaideae), Olmadoshchalar (Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor.
Klassifikatsiyasi

Taksonomik kategoriyalar

Taksonlar

Dunyo
Bo’lim
Ajdod
Kichik ajdod
Qabila
Oila
Kichik oila
Turkum
Tur

O’simliklar (Plantae)
Yopiq urug’lilar (Magnoliophyta, Angiospermae)
Ikkipallalilar (Magnoliopsida, Dicotyledones)
Ra’nokabilar (Rosidae)
Ra’nokabilar (Rosales)
Ra’nodoshlar (Rosaceae)
Ra’nodoshchalar (Rosoideae)
Na’matak (Rosa)
Itburun namatagi (Rosa canina)

Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.


Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi (221-rasm).
Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi. Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi. Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq dimog’, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi.

Itburun na’matagi (Rosa canina):
1-g’uncha, 2-guli va uni bo’ylama kesmasi, 3-kosachabarg, 4-urug’chi, 5-gul diagrammasi, 6-mevali novda, 7-mevaning bo’ylama kesmasi.
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Do’lana (Crataegus) kabi O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan turkumlarni o’z ichiga oladi.
Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali õsimliklar oilasi. Daraxt, buta va õtlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari toʻgʻri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda õʻrnashgan. Changchisi koʻp; meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va boshqa koʻrinishda boʻladi. Baʼzi madaniy R.da mevalar partenokarp va urugsiz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida Tapkalgan. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil va subtropik hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi usadi. R. oilasi koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshcha lar (mevasi — koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — koʻp koʻsakcha); ol xoʻridosh ch alar (mevasi — danakcha)ga boʻlinadi.R.ga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.
Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo’tadil iqlimli mintaqalarida o’sadigan 120 turkumga mansub 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko’p yillik o’tlar kiradi. O’zbekistonda uning 35 turkumga mansub 153 turi o’sadi.
Ra’nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, uchga bo’lingan, panjasimon, patsimon yoki murakkab, poyada ketma –ket o’rnashgan
Gullari yakka-yakka, barg qo’ltig’ida o’rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to’pgullarda joylashgan, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab, to’g’ri, ko’pincha 5 a’zoli. Gul tojbarglari 5 ta, qo’shilmagan. Changchilari ko’p. Urug’chisi 5tagacha yoki undan ham ko’p. Tugunchasi 1-5 uyli. Mevasi – quruq (yong’oqcha, to’pbargak) yoki ho’l (bir yoki ko’p danakli meva yoki soxta meva).
Bu oilaga tobulg’i, olcha, na’matak, olma, olxo’ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon kabi turkumlar kiradi.
Tog’ va to’qaylarda na’matak turkumiga mansub turlar o’sadi. Ulardan biri oddiy na’matak (ra’no) dir. U bo’yi 3-4 m ga yetadigan, poyasi ko’p, tikanli sershox buta. Iyun- iyul oylarida gullaydi.Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti rangda bo’ladi. Na’matakning soxta mevasi to’q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm.
O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi. Na’matak madaniy atigullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, O’zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi.
Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo’lib, O’zbekistonda ularning 5 ta turi bor. Shulardan 2 tasi yovvoyi, 3 tasi esa madaniy turlardir.


Nok guli va mevalari bilan olmaga o’xshaydi. Lekin mevasining etida tosh hujayralarning bo’lishi bilan olmadan farq qiladi. O’zbekistonda nok turkumiga oid 7ta tur bor.
Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko’p tarqalgan. Ularga o’rik, shaftoli, gilos va olxo’ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi ( O’rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.
Do’lana balandligi 10 metrga yetadigan ra’noguldoshlar oilasiga mansub manzarali o’simlik.Bargi ko’k-yashil ustki va ostki tomoni tukli,yirik barglari tuksiz.Gultojining diametri 2sm,mevasi yirik ,sariq,och va to’q qizil,2-3 danakli.Do’lana iyunda gullaydi ,mevasi sentabr oyida pishadi. U toshloqli quruq joylarda ,ba’zan mayda shag’alli daryo o’zanlarida va qirg’oqlarda kichik do’lanzorlarni hosil qiladi.Gullari to’liq ochilib ketmasdan 3-4 kun mobaynida ,mevasi pishgan paytda yig’ishtirib olinib ochiq havoda quritiladi.
Do’lana mevasidan yuqori sifatli darmondorilarga boy shifobaxsh ichimliklar tayyorlashda,shuningdek pyure,qiyom va konfetlar tayyorlashda foydalaniladi.
Xalq tabobatida do’lana mevasidan ichburug’ kasalligini davolashda keng foydalaniladi.Shuningdek do’lananing ba’zi turlaridan og’riqni pasaytiradigan ,yurak ish faoliyatini yaxshilaydigan dori-darmonlar tayyorlanadi.
Bugungi kunda Rosaceae oilasi butun Evropa, Janubiy Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqaldi. Uning tarkibiga yuzga yaqin turli nasllar va uch mingdan ortiq turlar kiradi. Ushbu o'simliklarning gullariga xos soyalar ko'pincha oq, qizil, sariq, to'q sariq, pushti ranglar ham mavjud. Qiziqarli fakt - Rosaceae oilasiga juda ko'p sonli turli xil vakillar kirganiga qaramay, ularning orasida ko'k gulli kishi yo'q.
Rosaceae-ning ayrim guruhlari ba'zida alohida oilalar deb tasniflanishiga qaramay, olimlarning ta'kidlashicha, bunday o'simliklarning barchasi hali ham bitta oila sifatida tavsiflanishi mumkin, chunki uning aksariyat vakillari bitta nasabdan kelib chiqqan. Biologiyani esga olib, biz ikki pallali o'simliklar sinfiga Rosaceae oilasini kiritamiz. Ushbu sinf vakillarining gullab-yashnashi turli xil o'zgarishlarda uchraydi. Ular odatda bir jinsli va besh a'zoli periantga ega. Barglari ham sodda, ham murakkab va rivojlangan paxtakorlarga ega.
Rosaceae oilasining tasnifi to'rtta asosiy oilani o'z ichiga oladi:
1. Spireal.
2. Pushti.
3. Olma daraxtlari.
4. Olxo'ri.
Mavjud barcha subfamiliyalar orasida spirea eng ibtidoiy hisoblanadi. Odatda, bu past butalar, ba'zan hatto daraxtlar, garchi ko'p yillik o'tlar ba'zan topilsa. Ularning yorqin xushbo'yligi gullash davrida ko'plab hasharotlarni changlatish uchun jalb qiladi. Spirea subfamilyasining vakillari ko'pincha obodonlashtirishda ishlatiladi. Sanoatda ular uy kimyoviy moddalarini ishlab chiqarish uchun keng qo'llaniladi.
Rosaceae oilasiga eng katta subfamile - pushti ranglar kiradi. Ushbu subfamila vakillari dunyoning barcha iqlim zonalarida, ekvatordan Shimoliy Muz okeanining orollarigacha topish mumkin. Ularning orasidagi daraxtlar mutlaqo chiqarib tashlangan. Qishloq xo'jaligida malina, böğürtlen, qulupnay kabi turlari ko'pincha uchraydi. O'simliklarning katta qismi ildizpoyali ko'p yillik o'simliklardir.
Olma oilasining eng keng tarqalgan vakillari orasida har xil turdagi nok, do'lana, olma va tog 'kullari mavjud. Ular zich, go'shtli mevalar bilan ajralib turadi. Olma subfamilyasining o'simliklari o'sadigan joylarni tanlashda spriaceous o'simliklarga o'xshaydi. Ular ham, boshqalar ham, odatda tog 'tizmalarining yon bag'irlarida keng tarqalgan. Ushbu o'simliklarning oq va pushti gullari tibbiyot sohasida keng qo'llaniladi. Irgi, do'lana va tog 'kulining mevalari odamlar uchun juda ozdir, lekin ko'pincha ularni kuz-qish davrida qishlamaydigan hayvonlar eyishadi.
Olxo'ri oilasining vakillari, qoida tariqasida, Osiyo va Evropada o'sadi, garchi ular hatto And tog'larida ham bo'lishi mumkin. Evergreens ko'pincha bu subfamilyada uchraydi, lekin bargli o'simliklar ustunlik qiladi va ularning gullari odatda bir guruhga yig'iladi. Ularning orasida tog 'va tropik iqlimni sevuvchilar ham, moxli o'rmonlarni afzal ko'radiganlar ham bor. Olxo'ri oilasiga mansub daraxtlar gullash paytida ajoyib hid beradi. U nafaqat hasharotlarni jalb qila oladi, balki odamlarni ham befarq qoldirmaydi.
Bugungi kunda Rosaceae oilasi deyarli hamma joyda bo'lishiga qaramay, uning vakillari, odatda, mo''tadil va subtropik iqlim sharoitida eng ko'p uchraydilar. Ular inson faoliyatining turli sohalarida, shu jumladan barcha mevali ekinlarda: olxo'ri, olcha, olma, behi, nok, shaftoli, olcha va boshqa ko'plab sohalarda keng qo'llaniladi. Ko'plab berry ekinlari ham ushbu oilaga tegishli, xususan, qulupnay, malina, qulupnay. Bundan tashqari, Rosaceae oilasi o'zining chiroyli va xushbo'y gullari bilan mashhur, shuning uchun uning vakillari obodonlashtirishda dekorativ bezaklar sifatida keng qo'llaniladi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling