Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati reja: Kirish


Download 0.85 Mb.
bet3/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1245798
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati

Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi (221-rasm).
Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi. Na’matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo’lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo’yiladi. Na’matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq dimog’, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi.

Itburun na’matagi (Rosa canina):
1-g’uncha, 2-guli va uni bo’ylama kesmasi, 3-kosachabarg, 4-urug’chi, 5-gul diagrammasi, 6-mevali novda, 7-mevaning bo’ylama kesmasi.
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Do’lana (Crataegus) kabi O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan turkumlarni o’z ichiga oladi.

  • Ikki urug’ pallalilar ning o’ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha berish,Ra’nodoshlar oilasi haqida tushuncha berish.

  • Ra’nodoshlar oilasi yovvoyi va madaniy o’simliklar vakillari haqida ma’lumotlar.

  • O’quvchilarda ekologik ,estetik,gigienik madaniyatini shakllantirish

  • Mustaqil ishlashga o’rgatish.

  • Darslik va qo’shimcha adabiyotlarni o’rgatish.

Ra’nodoshlar oilasi gk5 gt5 chugk5 gt5 ch u1 ikki urug’ pallali o’simliklar sinfiga 340 ta oilaga mansub 175 dan ortiq o’simlik kiradi. bu oilaga yarimsharning mo’tadil iqlimli mintaqalarda o’sadigan 3000ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko’p yillik o’tlar kiradi.



  • RA’NOGULDOSHLARNING BARGLARI YONBARGCHALI ,ODDIY ,MURAKKAB UCH

  • BARGCHALI YOKI MURAKKAB PATSIMON

  • BO’LADI’POYADA NAVBAT BILAN JOYLASHADI.

  • GULLARI YAKKA-YAKKA ,BARG QO’LTIG’IDA

  • O’RNASHGAN YOKI SHINGIL,QALQON,SOYABON SHAKLIDADAGI TO’PGULLARDA JOYLASHGAN,IKKI JINSLI ,TO’G’RI GUL HASHAROTLAR YORDAMIDA CHAHGLANADI.

  • GULQO’RG’ONI MURAKKAB ,TO’G’RI ,KO’PINCHA 5 A’ZOLI .GULTOJBARGI 5TA QO’SHILMAGAN.CHANGCHILARI KO’P.

  • URUG’CHISI BITTA YOKI KO’P. MEVALARI

  • BIR DANAKLI (SHAFTOLI ,O’RIK), KO’P

  • DANAKLI (MALINA,OLMA,NOK)MEVALAR.Na’matak bo’yi 2-3m ga yetadigan ,poyasi ko’p,tikanli sershox buta .Barglari murakkab , toq patsimon,5-9 yaproqchali.Iyun-iyul oylarida gullaydi.gullari yirik eni 8-9sm ,asosan och pushti gulkosacha va gultoji 5tadan.Gulda juda ko’p chang- chi va urug’chilari bor.


Na’matakning soxta mevasi to’q qizil ,etdor, uzunchoq ,uzunligi 2-3sm ,ichida juda ko’p urug’lari bor . Meva tarkibida inson salomatligi uchun zarur darmondori ,limon kislota,oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda ishlatiladi. O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi. Na’matak madaniy atirgullarning yovvoyi turi hisoblanadi.Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo’lib 5ta turi bor.Nok turkumiga mansub 7ta turi bor.Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko’p tarqalgan.Ularga o’rik,shaftoli, gilos va olxo’ri ,qulupnay ,malina kabilar kiradi va ular xalq xo’jaligida kata ahamiyatga ega.Oila vakillardan ikkitasi( O’rta Osiyo noki,Olga sorbariyasi)O’zbekiston Respublikasi ning “Qizil kitobi” ga kiritilgan.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling