Ranoguldoshlar (kosaceae). Soyabonguldoshlarp(aplaceae),gazandoshlar (urticaeae), gulxayridoshlar(malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi
Download 63.88 Kb.
|
Ranoguldoshlar (kosaceae).soyabonguldoshlarp(Aplaceae),Gazandoshlar (Urticaeae), Gulxayridoshlar(Malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi
Xo‘jalikdagi ahamiyati
Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ko‘pchiligi oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida ishlatiladi. Bu oila vakillarining urug‘larida moy bo‘lishi, barcha organ va to‘qimalarida achchiq glikozidlar: golotsintin, brionin, brinoidin, alkaloidlardan xomen, emetin va xar xil organik kislotalarning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Karamdoshlar - Brassicaceae. Bu katta oilaga bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar kiradi, ba’zan chala butalar ham uchraydi. Barglari oddiy yoki qirqilgan bo‘lib, navbat bilan joylashgan. Yonbargchalari bo‘lmaydi. Guli aktinomorf bo‘lib, zigomorflari kam uchraydi. Ular 2 jinsli, nektardonli bo‘ladi. Gullarining rangi ko‘pincha sariq yoki oq bo‘lib, pushti va gunafsha ranglilari ham uchraydi. Gullari shingil va ro‘vak to‘pgullarga to‘planadi. Kosachalari 4 ta kosacha bargdan tashkil topgan, barglari barvaqt to‘kilib ketadi. Gultojilari krest shaklida joylashgan to‘rtta tojbargdan iborat. Shunga ko‘ra bu oila krestguldoshlar deb ataladi. Gulining changchilari 6 ta, ulardan 2 tasi boshqalariga nisbatan kaltaroq bo‘lib,tashqi doirada, qolgan 4 ta uzunrog‘i ichki doirada bo‘ladi 4 ta uzun changchi dastlabki ikkita otalikning bo‘linishidan vujudga kelganligi aniqlangan. Urug‘chilari ikkita mevacha barglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchalari ustki, ikkita soxta uyalidir. Tugunchalarning soxta uyali deb atalishiga uya ichida soxta uzala devorcha borligi sabab bo‘lgan. Bu oila vakillarining ko‘pchiligi hashoratlar yordamida changlanadi, lekin o‘z-o‘zidan changlanadigan turlari ham bor. Mevalari qo‘zoq yoki qo‘zoqchalar bo‘lib, ikki pallaga bo‘linib ochiladi. Ikkala palla o‘rtasida urug‘li yupqa parda bo‘ladi. Urug‘ida endosperm bo‘lmaydi, ammo moy kup to‘planadi. Tarkibida glyukozidlarning bo‘lishi krestguldoshlarning xarakterli belgilaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning eng yirik oilalaridan biri bo‘lgan krestguldoshlar 380 avlod, 3000 dan ko‘proq turi bo‘lib, ular asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq iqlimli oblastlarida tarqalgan. Bu oilaning eng muhim va keng tarqalgan avlodi quyidagilar: karam (Brassica), brokva (Brassica napus), turp (Raphanus), o‘sma (Isatis), katranlar (Crambe), kapsella (Capsella) Karamlar taxminan 50 turdan iboratdir. Ular 1-2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Bu turkumga bargi yeyish uchun ovqatga ishlatiladigan, qimmatbaho sabzavot yoki urug‘i moy beradigan o‘simliklar kiradi. Butgullilarning bir qancha vakillari ekin va polizlarda begona o‘t sifatida uchraydi. Masalan, qo‘zoq tugadigan turlaridan gulyavnika (sisymbrium), jeltushnik (Erysimum cheiran thoides), surepka (Barbarea vulgaris), yovvoyi sholg‘om (Raphanus raphanistrum) turlari, mevalari qo‘zoqcha turlaridan: jag‘-jag‘ (achimbiti, Capsella bursa pastoris), yarutka (Thlaspi arvese), rijik(Camelina), ikotnik (Berteroa incana), momosirka (Draba) ning ba’zi turlari shular jumlasidandir. Bizda o‘sadigan butgulli begona o‘tlarning ko‘pchiligi bir yillik o‘simlik bo‘lib, vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaydi, ularga qarshi kurashishning qiyinligi, asosan ularning urug‘dan tez ko‘payishiga bog‘liq. Masalan, bir tup jag‘-jag‘ 2 mingdan 70 mingtagacha urug‘ tugsa, Descurainia sophia ning bir tupi 6 mingdan 110 mingtagacha, hatto (juda katta tuplari) 770 mingtagacha urug‘ tugadi. Eng zararli o‘tlarning biri surepka (Barbarea vulgaris) dir, bu o‘t ba’zan dalani boshdan -oyoq qoplab oladi. Surepka ikki yillik o‘simlik, ammo ba’zan ildiz bachkilari bilan ko‘payadigan ko‘p yillik o‘t holiga kiradi. Uning shu jihati ko‘p urug‘ tugishi bilan birga qo‘shilib, tez ko‘payishini ta’minlab beradi. Shuning bilan birga surepkadan arilar anchagina asal ham yig‘adi. Surepkaning gullari hunarmandchilikda shoxini sariq rangga bo‘yashda ishlatiladi. O‘ziga xos begona o‘tga rijik misol bo‘la oladi. Rijik avlodining ba’zi turlari noksimon dumaloq qo‘zoqcha va moy olish uchun ekiladi. Gulxayridoshlar oilasi- Malvaceae. Gulxayridoshlar oilasiga o‘t, buta va daraxt o‘simliklar kiradi. Barglari oddiy, panjasimon qirqilgan, gullari to‘g‘ri, 2 jinsli. Gullarining kosachasi va tojbargi besh bo‘lakchali kosachasi ko‘pincha qo‘shloq bo‘lib ost kosachasi ham bor. Changchilari ko‘p, ular o‘zlarining ipi bilan tutashib, naycha bo‘lib turadi. Urug‘chilari uchta yoki undan ham ko‘proq mevacha bargdan iborat. Tugunchalari ustki, tojbarglarining asosida nektardonlar bo‘ladi. Mevalari quruq, ko‘p urug‘li ko‘sakchalardan yoki bitta urug‘li yeng‘oqchalardan iborat. (yong‘oqchalar buyraksimon). Download 63.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling