Ranoguldoshlar (kosaceae). Soyabonguldoshlarp(aplaceae),gazandoshlar (urticaeae), gulxayridoshlar(malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi
Download 63.88 Kb.
|
Ranoguldoshlar (kosaceae).soyabonguldoshlarp(Aplaceae),Gazandoshlar (Urticaeae), Gulxayridoshlar(Malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi
Kampirchopon-(Frehodesma B.Br).
Oq tukli kampirchopon - Fincanum. Ildizpoyadan o‘sadigan, bo‘z rangli yoki kul rang ko‘p yillik o‘simlik. May oyidan boshlab noyabrgacha gullaydi va meva tugadi. Soz tuproqni adirlar, toshli yerlar, g‘alla va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Kampirchoponning barg poya va xususan urug‘ida alkaloidlar bo‘lganidan, uning urug‘i aralashgan maxsulotlarni iste’mol qilgan kishilar va uy xayvonlari og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. Ko‘pincha govzabondoshlar (Onosma) mehrigiyo, Anchusa, Arnebia-arnebia, Echium-nay. Atirgullilar tartibi-Rosales.Atirguldoshlar oilasi-Rosaceae. Atirguldoshlar oilasiga o‘t o‘simliklar,buta va daraxtlar kirib, ularning 115 avlodi va 3200 turi ma’lum. Bu o‘simliklar asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimi kengliklarida tarqalgan. Barglari oddiy va murakkab bo‘lib navbat bilan joylashadi. Gullari to‘g‘ri, doiraviy, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, ikki jinsli bo‘ladi va ba’zan bir jinslilari ham uchraydi. Gullari ko‘pincha 5 bo‘lakchali, to‘rt bo‘laklari ham uchraydi.Ular to‘pgul hosil qiladi yoki yakka-yakka turadi. Kosachasi besh bo‘lakchali kosachabarglarning soni ikki barobar ko‘payganida ost kosacha hosil bo‘ladi. Gultoji bargi 4-5 ta.Changlari juda ko‘p va ular odatda besh karrali bo‘ladi. Ko‘pincha,changchilari kosachaga birikib o‘sadi. Gul o‘rni (gipantiy) yassi tarelkasimon, piyolasimon, bokalsimon yoki bo‘rtgan ba’zan mevasi pishganda u bilan qo‘shilib o‘sib, etli soxta mevaga aylanadi. Urug‘chidan tashqari gulning hamma qismi gulqo‘rg‘oning chetlariga birikkandir. Gulo‘rnida nektar moddasi bor. Urug‘chisi 1 ta yoki gulda nechta kosachabarg bo‘lsa shuncha yoki noaniq sonda bo‘ladi. Tugunchasi ustki, o‘rta, yarim ustki, ostki. Mevasi juda xilma-xildir: pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, yoyma, to‘pmeva, rezavor-meva kabisoxta meva.Urug‘i odatda endospermsiz. Asosan xashoratlar yordamida changlanadi, ba’zan shamol vositasi bilan changlanadigan formalari ham uchraydi. Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jixatidan quyidagi 4 ta kenja oilalaga bo‘linadi: 1.Tubulg‘iguldoshlar (Spirayecoidcae) 2.Atirguldoshlar (itburunlar)-Rosaideae 3.Olmaguldoshlar (Pomoideae) 4.Olxo‘riguldoshlar(Prunoideae) Tubulg‘iguldoshlar kenja oilasi-Spirayeoideae. Bu kenja oilaning vakillari oddiy bargli butalardan iborat. Guli mayda bo‘lib, to‘pgul, shingil yoki qalqongullarga to‘plangan, tugunchasi ustki. Gulo‘rni yassi yoki bir oz botiq. Kosachasi 5 ta kosacha bargdan, gultojisi 5 tojbargdan iborat. Changchilari ko‘p, ular doira shaklida joylashgan. Urug‘chisi 5 ta mevachabargdan tuzilgan. Mevalari to‘pmeva Gul formulasi: Sa(5) So5 A U Bu kenja oilaga tubulO‘i turkumi Spirae kiradi. Bu turkumning vakillari manzarali va asal beruvchi °simlik hisoblanadi. Atirguldoshlar (itburunlar)kenja oilasi-Rosoideae. Bu kenja oilaga o‘t, chala buta va buta o‘simliklar kiradi. Poyasi tikanaklar bilan qoplangan. Barglari toq patsimon, murakkab yoki o‘yilgan yon bargchalarga ega. Gul tugunchasi o‘rta.Mevasi barglari 1 ta yoki ko‘p,ular birmuncha uzunroq, qavariq, botiq gulo‘rnida bo‘ladi. Gul formulasi: Bu kenja oilaga ko‘pincha hammaga ma’lum bo‘lgan o‘simliklar kiradi. Maymunjon va malina-Rubus. Bular buta o‘simliklaridir. Poyalari va barg bandlarida tikanlari bo‘ladi. Mevalari sersuv va xushbo‘y. Meva sifatida ekiladi. Malina mevasi terlatuvchi va siydik xaydovchi dori sifatida ishlatiladi. Maymunjon (R.caesius) -tekislik, ariq va kanal bo‘ylarida, tog‘ va tog‘ yon bag‘rlarida o‘sadigan rezavor butacha.Mevasi yeyiladi va murabbo qilinadi. Sirop va vino tayyorlanadi. Zemlyanika va qulpunay (yer tut)Fragaria. Poyalari o‘rmalab o‘suvchi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari 3 tali murakkab barg, yon bargchali. Mevasi ko‘p urug‘li rezavor. Fozpanja (Potentilla). Bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari panjasimon,ba’zan patsimonlari bo‘ladi. Mevasi ko‘p urug‘li O‘zbekiston florasida beshbarg (P.reptans)va pakana beshbarg (P.supina)keng tarqalgan. P.erecta turi meditsinada ishlatiladi. Download 63.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling