Ranoguldoshlar (kosaceae). Soyabonguldoshlarp(aplaceae),gazandoshlar (urticaeae), gulxayridoshlar(malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi


Download 63.88 Kb.
bet6/7
Sana27.09.2023
Hajmi63.88 Kb.
#1688540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ranoguldoshlar (kosaceae).soyabonguldoshlarp(Aplaceae),Gazandoshlar (Urticaeae), Gulxayridoshlar(Malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi

Itburun (na’matak)-Rosa.
Bular poyasi 1-3 mli butasimon o‘simlik bo‘lib,bargi toq patsimon,tanasi tikanlar bilan qoplangan. Yon bargli. Guldoni ko‘zachasimon. Mevasi soxta meva. Bu mevaning tarkibida "S" vitamini ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu turkumning 120 turi bor. O‘zbekistonda 17 turi o‘sadi. Na’matakda asal modda bor. Uning mevalari vitamin tayyorlashda xom ashyo bo‘lib xisoblanadi. Na’matak o‘simligining bir qancha turlari atirgulning manzarali navlari uchun payvandtag qilinadi. O‘zbekiston sharoitida, na’matakning itburun Rosa canina degan turi ayniqsa yaxshi payvandtag bo‘ladi.
Olmaguldoshlar kenja oilasi-Pomoideae.
Bu kenja oilaning vakillari daraxt va ba’zan buta o‘simliklaridir. Ularning barglari ko‘pincha oddiy, ba’zan murakkab tushib ketadigan, yonbargli,gulkosasi ham gultojisi ham 5 tadan. Chagchisi 20 tadan ortiq. Mevabarglari 2-5 ta. Tugunchasi ostki. Gulo‘rnida botiq mevabarglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada etli soxta olmasimon meva xosil bo‘ladi. Mevasining uchida kosacha qoladi.
Gul formulasi:
Sa(5) So5 A U( 2)
Bu kenja oilaga olma(Malus), nok(Pyrus), behi(Cydonia), do‘lana (Crataegus), chetan(Sorbus) va boshqa turlar kiradi.
Olma-Malus. Olma barglari oddiy, bandi butun, ko‘pincha xar xil oval shakllarda, ostki tomoni tukli, chetlari arrasimon tishli, yon bargi tushib ketadigan o‘simlikdir. Ularning guli yirik, qo‘shqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, kichikroq bo‘lib, siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kosabarg va tojibargi 5 tadan. Gultojning sirti oq,ich tomoni och yoki to‘q pushti, qizil.Changchisi ko‘p, changdoni sariq rangli, urug‘chisi 5 ta bo‘lib, mevabarglarining osti qo‘shilib o‘sadi. Tugunchasi ostki 5 uyali. Mevasi soxta. Og‘irligi 20 dan 600g ga boradi.
Nok(Pyrus). - daraxt va buta o‘simlik. O‘rta Osiyo tog‘larida 8 turi o‘sadi.
Olxo‘riguldoshlar kenja oilasi-Prunoideae.
Bu kenja oila vakillari daraxt va buta,barglari oddiy, qirqilgan, tushib ketuvchi kichik yonbargli o‘simlikdir. Gullari oq yoki pushti, gulqo‘rg‘on barglari 5 tadan. Changchisi 10-20 ta bo‘lib, gipantiyning qirg‘og‘ida joylashgan. Gulo‘rni bokalsimon tuguncha bilan qo‘shilib o‘smaydi. Urug‘chisi 1 ta mevabargdan tuzilgan, tugunchasi ustki. Mevasi quruq yoki sersuv danakcha.
Gul formulasi:
Sa(5) So5 A U1
Bu oilaga olxo‘ri (Prunusdomestica), bodom (Amygdalus), tog‘olcha(Prunus), olcha(Cerasus), o‘rik(Armeniaca), cheremuxa avlodi(Padus) shaftoli avlodi (Persica)va boshqa daraxt vabutalar kiradi.
Olxo‘rilar (Prunusdomestica) bu sal tikanli yoki tikansiz daraxt va buta o‘simliklaridir. Oqimtir gullari bargi yozilishi bilan teng ochiladi. Mevalari uzunligi 2 sm keladigan bandchalarda osilgan bo‘ladi. Mevasining rangi xar xil, usti g‘uborli bo‘ladi. Ularning yovvoyi xolda uchrashi noma’lum.
Bodom (Amygdalus. Bu turkum vakillari daraxt va buta o‘simliklaridir. Ularning barglari lansetsimon, qisqa bandli.Gullari pushti yoki oq qariyib bandsiz bo‘lib, barg chiqarishga qadar ochiladi. Bu juda erta gullovchi meva o‘simliklaridir. Mevasi quruq danakcha, mezokarpi etli va qattiq, ba’zan silliq yoki g‘alviraksimon bo‘ladi. Oddiy bodom.(A.communis).
O‘rik (Armeniaca) Bu shox-shabbali,tanasidagi po‘stlog‘i kul rang va yorilgan daraxtlardir. Yosh novdalari qizil rangda, gullari qisqa bandli, mevasi etli suvli pishganda danagi osonlik bilan ajraydigan danakli mevadir.
Shaftoli (Persica). Bular daraxt o‘simliklar bo‘lib, barglari lansetsimon, gullari pushti rangda yoki qizil. Mevasi tuxumsimon, sharsimon yoki anjirsimon, juda suvli, po‘sti mayda tukchalar bilan qoplangan danakli mevadir.
Olcha (Cerasus). bular daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, barglari oddiy, silliq, chetlari tishli, tuxumsimon yoki ellipsimon va uzun bandlidir. Gullari to‘g‘ri, oq rangli, oddiy soyabon shaklida tuzilgan. Qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchisi ko‘p sonli, onaligi bitta. Tugunchasi ustki. Mevasi sharsimon, qizil, qoramtir va sariq rangli, sersuv danakli meva. 2 turi

Download 63.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling