Raqamlashtirish davrida mediata’lim va mediakompetensiya
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- KATTA BULOQ YODGORLIGI TARIXCHILAR E’TIBORIDA! Shahnoza Mamarajabovna Termiz davlat universiteti S. Qo’shaqov
- Kalit so’zlari
- ’ Katta buloq
ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 “Raqamlashtirish davrida mediata’lim va mediakompetensiya” Analytical Journal of Education and Development 18 KATTA BULOQ YODGORLIGI TARIXCHILAR E’TIBORIDA! Shahnoza Mamarajabovna Termiz davlat universiteti S. Qo’shaqov O’qituvchi, Termiz davlat universiteti Annatatsiya: Ushbu maqola tarix va arxeologiya fanlariga aloqadorlik asosida bilim berish , ko’nikmalarini shakllantirish tarixiy voqeyalar asosida tushuntirib berilgan. Kalit so’zlari: Aloqadorlik, fan bilim ta’lim. KIRISH Arxeologiya yodgorliklar va undagi topilmalar xalqlarning tarixi ,ma’naviyati va qadriyatlarni o’zida ifoda etadi .Shu bois so’ngi yillarda mamlakatimizda ham arxeologik yodgorliklar va ularda qayd qilingan noyob topilmalarni saqlash va kelajak avlodga yetkazish dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda ,shuningdek yodgorliklar moddiy madaniy me’ros obektlarni saqlash himoya qilish va ulardan foydalanish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda .Bugungi kunga qadar O’zbekiston hududida sakkizming ikki yuztadan ortiq arxeologik joy me’moriy tarixiy yodgorliklar muqaddas qadamjolar aniqlangan bo’lsa shundan sal kam sakkiz yuzga yaqini Surxondaryo viloyati hududiga to’g’ri keladi . Etiborlisi qadimshunoslarning izlanishlari o’laroq nafaqat mamlakatimiz va jahon tarixida axamiyatga molik yangi arxeologik yodgorliklar topib urganilmoqda Surxondaryo viloyati sherabod tumaniga qarashli ko’hitang tog’ yon bag’rida joylashgan chorbog’ qishlog’I hududiga qarashli yangi bronza davriga oid bo’lgan ‘’ Katta buloq ‘’ nomli yodgorlik topildi . ko’rinishidan be etibor lekin u biz uchun katta yangilik , Markaziy Osiyo arxiyologiyasiga shov –shuvli habarlarga sabab bo’ldi deb takidlashimiz mumkin. Tuz tog’I bor mamlakat qadimgi Baqtirya qadimgi SHarq sivilizatsiyasi davriga ma’lum va mashhur bo’lgan . Buning asosiy bosh sabablaridan bittasi Tuz tog’ining mavjudligi . Katta buloq yodgorligini o’rganish ishlari tatqiqotchilar tomonidan ikki yarim oy davom etdi , ushbu izlanishlar natijasida ushbu kichkinagina topilgan yodgorlikda to’rt- iqlimni aks ettirilgan turli xilda topilmalar mavjud . Madaniyatlarni simfiyozi kuzatilyapdi.Mana shu manzilda muloqot maydoniga aylangan Madaniyatlar kesishgan ,har bir topilmalarga etibor bersak ,eng qadimgi yozuv Pittografiya yozuvlarni turli xil xajmda yasalgan sopol idishlarda uchratishimiz mumkin .Shu vaqtgacha biz sopol idishlarning singan bo’laklarni uchratar edik ,lekin ushbu yodgorligimizda butun-butun holatini qazib oldik.Ushbu yodgorlik atrofida Tuz tog’idan tashqari Gipis konining mavjudligi ham aniqlangan .Kattabuloq yodgorligining o’zi uchta qurilish davrdan iborat .qazish ishlari davomida olov izlarini ko’rib bu gipisga ishlov berish sexining mavjud ekanligini yaqqol ko’rishimiz mumkin.Qazishma ishlari jarayonida ishtirok etib turli xil ko’rinishdagi moddiy ashyolarimiz topildi ,unda ko’proq sopol idishlar Bronzadan yasalgan ko’pgina taqinchoqlar ,kremni toshdan yasalgan ko’plab nayza ,kamon uchlarini topilganini misol keltirishimiz mumkin. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling