Raqamli biznes


Download 445.93 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi445.93 Kb.
#1761372
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu. Raqamli texnologiyalar va raqamli biznes

Tarmoq bo‘yicha cheklovlar. Masalan, bir necha amaliy sabablarga ko‘ra oziq-ovqat sohasida ma’lum cheklovlar mavjud. Oziq-ovqat mahsulotlari tez buziladigan mahsulotlar bo‘lishi Internetda bunday savdo ommalashmasligining eng muhim sabablaridan biridir. Natijada internet oziq-ovqat mahsulotlarining savdosini keskin cheklaydi. Iste’molchilar mahsulotlarni Internet-do‘konlarda emas, balki do‘konlar va supermarketlarda sotib olishni afzal ko‘radi. Kiyim-kechak va zargarlik buyumlari kabi mahsulotlarni sotib olishdan oldin xaridor uni kiyib ko‘rishni, qo‘li bilan ushlab ko‘rishni xohlaydi, ammo on-layn-savdo sharoitida amalga oshirib bo‘lmaydi. Mebel, katta hajmli buyumlar va boshqa shu kabi mahsulotlarni sotishga xalaqit beradigan qator cheklovlar mavjud.

  • Elektron biznesni rivojlantirish uchun sarflanadigan xarajatlarning kattaligi. On-layn savdolarni amalga oshirishda veb-saytni rivojlantirish uchun uni yaratish, tarqatish, xodimlarni o‘qitish, logistikasini maqbullashtirish va shu kabi tadbirlarni amalga oshirishda juda katta mablag‘ sarflash lozim.

  • Xavfsizlik va maxfiylik masalalari. Tashqi hujumlardan xavfsizlik turli xil filtr dasturlari tomonidan amalga oshiriladi. Biroq texnologiyaning doimiy rivojlanishi xavfsizlikning 100 % kafolatini bermaydi. Shuningdek, mijozlar ko‘pincha to‘lov tizimlarida turli xil hisobvaraqlarni ochish, pul o‘tkazish summasi va shu kabilarni ochishdan qo‘rqishadi.

    7



    Elektron tijorat” atamasi EDI (Elektronic Data Interchange ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, internet tarmog‘ida tijorat sohasiga oid faollikni, unda, asosan, oldi-sotdi operatsiyasini amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
    U kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi

    1960 yilda Amerikaning American Airlines va IBM kompaniyalari parvozlarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishga kirishdi. SABER (Semi-Automatic Business Research Environment) tizimi oddiy yo‘lovchilarga havo qatnovini yanada osonlashtiradi va doimiy ravishda parvozlar soni ko‘payib borayotgan sharoitda ularga tariflar va reyslar haqida ma’lumot berib bordi. O‘rindiqlarni bron qilishda tariflarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirish sababli xizmatlar narxi pasayib, yo‘lovchilar tashish hajmi oshdi. American Airlines va IBM o‘rtasidagi qo‘shma loyiha elektron tijoratning birinchi misollaridan biridir.


    1971 yilda Stenford universiteti va Massachusets texnologiya instituti talabalari Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasining ARPANET kompyuter tarmog‘idan (Internetning oldingi avlodi) foydalanib, marixuanani sotishni tashkil etishdi. Keyinchalik, ushbu bitim elektron tijoratning boshlanishi bo‘lgan birinchi on-layn bitim sifatida ko‘rib chiqildi.
    1979 yilda Maykl Oldrich birinchi on-layn xarid qilish tizimini
    namoyish qildi [5].
    Thomson Holidays UK 1981 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u biznes uchun
    birinchi on-layn xarid qilish tizimi edi [6].
    1982 yilda Minitel Frantsiya Télécom tomonidan butun mamlakat bo‘ylab
    taqdim etildi va on-layn buyurtmalar uchun ishlatildi.
    1983 yilda Kaliforniya shtati yig‘ilishida “elektron savdo” bo‘yicha
    birinchi muhokamalar o‘tkazildi, Vulkan shahri [7].
    1995 yilda Jeff Bezos Amazon.com ni ishga tushirdi va ilk reklamasiz 24 soatlik Radio HK va NetRadio radiostansiyalar ishlay boshlaydi, AuctionWeb nomi bilan yaratilgan eBay internet-auksion va internet-do‘konga dasturchi Per Omidyar tomonidan asos solingan. 4 yildan keyin Xitoyda Alibaba Group tashkil etildi. 1997 yilda 149 AQSh dollariga xarid etilgan Business.com 7,5 million AQSh dollariga eCompanies ga sotildi. Napster dasturi ishga tushirildi. ATG Stores Internetda uy bezak buyumlari savdosini boshladi. 2001 yil dekabr oyida Alibaba.com rentabellikka erishdi.

    2002 yilda eBay 1,5 milliard dollarga PayPalni sotib oldi [8]. 2003 yilda Amazon.com o‘zining ilk yillik daromadini oshkor


    etadi.
    2004 yilda B2B on-layn-tranzaksiyalari bo‘yicha DHgate.com
    birinchi xitoy platformasi paydo bo‘ldi.
    2007 yilda Business.com sayti R.H. Donnelley tomonidan 345
    million dollarga xarid qilindi.
    2015 yilda elektron tijorat o‘sishining yarmidan ko‘pi Amazon.com hisobiga amalga oshirildi, shu jumladan, AQShga qariyb 500 million SKU sotdi.
    2017 yilda dunyo bo‘ylab elektron tijorat chakana savdosi 2,304
    trln. AQSh dollariga yetdi, bu 2016 yilga nisbatan 24,8 %ga ko‘p.
    2007 yilda Business.com sayti R.H. Donnelley tomonidan 345
    million dollarga xarid qilindi.

    60



    50


    40 36.4 36.2

    30


    20

    10
    48.1


    40.5
    31.3
    21.1
    12.4


    0
    jami (15-74) 15-24 25-34 35-44 45-54 55-64
    65-74








    Download 445.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling