Raqamli biznesni qurishda 6 ta muhim qadamlar. Reja


Download 22.4 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi22.4 Kb.
#1282468
  1   2
Bog'liq
raqamli biznes




Raqamli biznesni qurishda 6 ta muhim qadamlar.

REJA:
1. Biznes jarayonini optimallashtirish
2. Yangi biznes modellarning raqobatdoshligining asosiy
ko‘rsatkichlari - bozorga mahsulot chiqarish tezligi (time-tomarket)
3. Raqamli biznesni qurishda 6 ta muhim qadamlar
4. Eng yirik korporatsiyalarni raqamli transformatsiyasi

Biznes jarayonini optimallashtirish Biznes jarayonlarini optimallashtirish (Business Process Optimization) - bu kompaniyaning biznes -jarayonlarini takomillashtirish (qayta tashkil etish) bo'yicha chora - tadbirlarni bevosita ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Ularning haqiqiy holatini o'rganish takomillashtirish (qayta tashkil etish) maqsadlarini shakllantirishga imkon beradi. Masalan, bozor ulushini egallash, buyurtma vaqtini qisqartirish, moddiy zaxiralarni kamaytirish va boshqalar. Biznes jarayonlarini optimallashtirish bu jarayonlarning mavjudligini talab qiladi. Jarayon - bu jarayonning mijozi uchun qiymat olishga qaratilgan harakatlar ketma-ketligi. Misol uchun, siz Internet orqali divan buyurdingiz. Sizning uyingizda turgan divan siz qo’ygan maqsad. Divanni olib kelish onlayn-do'konning biznes jarayoni bo’ladi.


Jarayonlarni turli yo'llar bilan (modellash, bajarish) chizish mumkin.
Buni BPMN dasturida bajarish mumkin
Nimani optimallashtirish mumkin Biznes jarayonlarini optimallashtirish ish jarayonida kamchiliklarni bartaraf etgan holda yechimni topishni bildiradi. Bunga quyidagi kamchiliklar kiradi: Tezlik: Buyurtmani yozdirish uchun kutish kerak. Buyurtmani berish uchun navbatga turish kerak. Qiymati: Jarayonni birinchi marta ishga tushirish qimmatga tushadi. Oylik ish haqi uchun katta xarajatlar. Buyurtma kelmagan. Uskunalar, odamlar va jarayon uchun ish to’xtagan. Nazoratning yetishmasligi - kim nima bajarayotgani va buyurtma haqida ma’lumot yetarli emas. Biznes jarayonlarini optimallashtirish sizga nima zarur ekanligini aniqlab beradi. Buning uchun sizga aniq maqsad kerak bo’ladi. Biznes jarayonlarini optimallashtirish - bu nolga teng bo'lmagan o'yin: ya’ni biror narsani buzishdan ko'ra sozlaydigan harakatlar. Tasavvur qiling, harakatlaringizda "foydali" deb o'lchanadigan A xususiyat mavjud. U foydadan zararni ayirishdan iborat: A=Foyda – Zarar Bunday A lar sizda juda ko’p: A1=Foyda1 – Zarar1 Foyda va Zararlar yana qandaydir munosabatlarga ega: Foyda=Foyda*4/Foyda1*Zarar2 Biznes jarayonlarini optimallashtirishning asosiy vazifasi - shunday munosabatlarni topish hamda chegaraviy shartlar va optimallashtirish maqsadlari uchun eng yaxshi A ni tanlash hisoblanadi. Chegaraviy shart pul bo’lishi ham mumkin.
Biznes jarayonlarini optimallashtirish usullari
- Инжинирин
-Реинжиниринг
- Doimiy takomillashtirish
- Total Quality Management yo’nalishi
Инжиниринг Ushbu sxema yangi axborot qatlamiga kirish uchun mo'ljallangan. Aslida, bu ta'lim, tahlil qilish, yangi texnologiyalarini joriy etish va mavjud texnologiyalarni kamaytirishga qaratilgan keng ko'lamli maslahatdir. U keng ko’lamli bo’lib, ishlab chiqarish, logistika, mahsulotlarni yetkazib berish, xizmatlarni bajarish kabilarni o’z ichiga oladi. Ko’pincha soha mutaxassislari va ekspertlari tomonidan pullik maslahatlar beriladi.
Реинжиниринг Yuqoridagi usulga o'xshash usul, faqat u tubdan qayta qurish bilan tavsiflanadi. Ob'ektlardagi barcha mexanizmlar butunlay olib tashlanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish toza qog’ozdan boshlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kompaniya o'z faoliyatining profilini butunlay o'zgartirishi mumkin. Natijada u zamonaviy va murakkab tizimga o'tadi. Doimiy takomillashtirish Biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun bunday usul beqaror bozor sharoitida qo'llaniladi. U doimiy dinamikada bo’ladi. Barcha bosqichlarda moslashuv amalga oshiriladi. Uzluksiz rejimda o'zgarishlar qilish, takomillashtirish, samarasiz usullarni olib tashlash, yangi mahsulotlar zaxirasini to'ldirish kerak.

Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling