Raqamli dunyo sharoitida boshlang’ich sinf matematika fanini rivojlantirish va samaradorligiga erishish istiqbollari”


Raqamli dunyo sharoitida boshlang’ich sinf matematika fanini rivojlantirish va samaradorligiga erishish tizimining asosiy qoidalari


Download 155 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi155 Kb.
#1596850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi O\'g\'ilshod opa

1.2.Raqamli dunyo sharoitida boshlang’ich sinf matematika fanini rivojlantirish va samaradorligiga erishish tizimining asosiy qoidalari.
O’qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z ustida tinimsiz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o’zlashtirishi va ularni ta’lim jarayonida qo’llashi ta’lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Matematika o’qitish jarayonining eng asosiy yo’nalishlari quyidagi to’rt qismdan iborat:
– matematik tushunchalar to’plamini bilish;
– matematik mulohaza yurita olish;
– matematik masala va muammolarni yechish;
– matematik tilni egallash.
Matematika darslarida zamonaviy metodik vositalardan foydalanish o’qituvchiga mavzuning to’liq o’zlashtirilishiga yordam beribgina qolmasdan, o’quv jarayonida o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etishlarini ham ta’minlaydi. Bu esa matematika fanini o’qitishda ijobiy natijalarga erishish garovi bo’lib xizmat qiladi. O’qitishga qo’yilgan maqsad va rejalashtirilgan natijalarni, asosan, didaktik texnologiyalarning to’g’ri tanlanishi, o’quv jarayonini va o’quv faoliyatini uyushtirish usullarini mulohaza qilib tanlanganligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayoning qiziqarli bo’lishi turli didaktik tizimlar majmuining qanday tanlanishiga bog’liq. Masalan, quyidagi didaktik tamoyillar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin:
– yuqori qiyinchilik darajasida o’qitish;
– nazariy bilimlarning ustuvorligi;
katta tezlikda bilim berilishi;
– o’quvchilarning ta’lim olish jarayonini tushunib yetishi;
– har bir fuqaro va kasb egasida matematik kompetentlikning bo’lishi;
– matematik ta’limga AKT larning tatbiq etilishi jahon miqyosidagi ilg’orlik garovidir;
– matematik ta’limning barcha sigment, qatlam va darajalarining o’zaro bog’liqligi (o’qitishning bog’cha bolalaridan to ilg’or matematika o’qituvchilarigacha, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalargacha qamrab olish);
– maktab va pedagog faoliyatining sifatini faqat bitiruvchilar va pedagoglarning absolyut natijalari darajasi bilangina emas, matematik kompetentlikni qay darajada egallaganligi bilan o’lchash.
Natijada kam vaqt davomida katta hajmdagi ma’lumotlar o’quvchilar tomonidan egallanib, ta’lim samaradorligi keskin oshirilishiga erishiladi. Matematik kompetensiya bilan bog’liq bo’lgan zarur bilim, malakalar va fanga bo’lgan qiziqish:
- Matematika fanidan zaruriy bilimlar sonlar, kattaliklar va strukturalar, asosiy amallar va ma’lumotlarni taqdim etish usullari, matematik tushuncha va terminlar haqida qat’iy bilimlarni, hamda matematika javob bera oladigan savollarni anglashlarni o’z ichiga oladi.
- Inson matematikaga xos mulohaza yuritish, matematikada isbotni va matematikaning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malakalariga ega bo’lishi kerak.
- Inson uyida va ishdagi kundalik vaziyatlarda asosiy matematik qonunlar va asosiy matematik usullarni tatbiq etish hamda asoslangan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo’lishi kerak. Matematikaga ijobiy munosabat haqiqatga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun dalillarni izlash, ularning asoslanganligini baholay olish orqali shakllanadi. «Matematik kompetensiya» bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog’lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matematik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko’rinishlarini o’zgartirish, olingan natijalar bo’yicha tegishli asoslangan va maqbul hulosalar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo’lish. O’qitish usuli haqida. Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish sharoitida o’qituvchilarning o’z faoliyatiga yondashuvi ham o’zgarishi kerak. O’qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o’quvchilarga ― “ob’yektiv bilimlarni” yetkazuvchisi bo’lib qolmaydi. Zamonaviy o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o’zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. Shuning uchun ham, o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, pedagogika ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini qayta ko’rib chiqilishi hamda zamonaviy metodik qo’llanmalarni yaratish tavsiya etiladi.
Matematika o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi va metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan boqliq. Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan ta’limni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog’lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o’rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, eksperement, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o’quvchilar ishlarini o’rganish, suhbat va anketalar o’tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So’nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, o’qitishni modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. (O’quvchi fikrini doskada chizmada tushirish va chizmada o’quvchi fikrini o’qiy olishi nazarda tutiladi). Matematika o’qitish metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o’rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o’rganish kerak?
3. Matematikani qanday o’rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo’lib SHveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalotsining 1803 yilda yozgan “Sonni ko’rgazmali o’rganish” asarida bayon qilingan, boshlang’ich ta’lim haqida ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang’ich ta’lim asoslarini o’rganish muammolari haqida o’z davrida ilg’or g’oyalarni olg’a surganlar. MO’M o’zining tuzilish xususiyatiga ko’ra shartli ravishda uchga bo’linadi: 1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo’limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va vositalarining metodik sistemasi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillari asosida ochib beriladi. 2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini konkret tema materiallariga tatbiq qilish yo’llari ko’rsatiladi. 3. Matematika o’qitishning konkret metodikasi. Bu bo’lim ikki qismdan iborat: 1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo’llaniladigan metodlarning o’zidan foydalaniladi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish aniq maqsadni ko’zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig’ida davom etadi.
O’qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim: 1. O’quv dasturi va o’qituvchi rejasida darsning o’rnini aniqlash. 2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash. 3. Dars mazmunini aniqlash. 4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish. 5. Dars rejasini tuzish. 6. Dars ishlanmalar (konspektini) tuzish. 7. Dars o’tish metodlarini aniqlash. 8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash. 9. Darsda va uyga beriladigan misol va masalalarni yechib chiqish. 10. Ko’rgazma qurollarni tayyorlash va h.k.
Matematika darsini o’tkazish. Tuzilgan matematika darsining reja yoki konspekti o’qituvchiga o’quvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo’nalishi va ketma - ketligi, misollar, algebraik ifoda namunalarini ko’rsatib turadi. O’qituvchi dars o’tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi. Ba’zan, tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug’iladi, masalan, o’quvchilar o’qituvchining bayonini o’zlashtirolmagan bo’lsalar, qo’shimcha tushuntirish o’tkazadi, o’quvchilar qiynalgan bo’lsalar zaruriy yordam ko’rsatadi, bilimlarni mustahkamlash uchun bajarilgan mashqlar yetarli bo’lsa, ba’zilarini qoldirish mumkin, ya’ni bilimlarni o’quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so’rash, topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko’rish mumkin.
Boshlang’ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo’nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari nazariy xarakterda bo’lsa, boshlang’ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi. O’quvchilarning to’g’ri to’rtburchak tushunchasini o’zlashtirish- lari, ular endilikda to’g’ri to’rtburchak ta’rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalaridan amaliy masalalarni yechish uchun foydalana olishlarini bildiradi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o’lchash yo’li bilan aniqlaydilar va to’g’ri to’rtburchakni yasash, uning perimetri va yuzini o’lchash va hisoblash uquvini egallaydilar. O’quvchilarda boshlang’ich maktabda shakllanadigan amaliy uquvlardan ko’pchiligi butun o’rta maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega.Masalan, son haqida 1 va 5 sinflar o’quvchilari ega bo’lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq, quyi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og’zaki bajarish uquvlarini ham o’zlashtirishsa, o’rta sinflarda ham, yuqori sinflarda ham foydalaniladi. Shunday qilib, o’quvchilarda puxta amaliy uquv va malakalarni shakllantirish boshlang’ich sinf o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda u o’zaro bog’langan ikkita metodik muammoni hal etishi kerak:
1) ma’lum amaliy ishlarning bajarilish jarayoni mazmunini detallashtirish va konkretlashtirish;
2) o’quvchilarning bu ishlarni o’zlashtirishlari metodikasini va o’zlashtirish ustidan samarali nazoratni ishlab chiqish.
Boshlang’ich sinf matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish, didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni hal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgilashdan iborat bo’ladi.
Psixologik-pedagogik nuqtai-nazaridan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish,o’quv jarayonining didaktik ta’minoti ,didaktik ishlanmalar mohiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan. Bu barcha materiallarning o’quvchilar boshlang’ich matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amalllar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan tahlili berilgan.
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini o’quvchilarning o’qish jarayonida aiqladik.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.

Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling