Raqamli fotogrammetriya orqali ma’lumot olish. Fotogrammetriya – bu qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, tasvirlar, aerofotosuratlar orqali oʻlchovlar amalga oshiriladigan fandir. Bunday aerofotosuratlar yordamida an’anaviy fotogrammetriyada joyning ikki oʻlchamli modeli hosil qilinsa, hozirgi GAT va masofadan zondlash tizimlari orqali juft stereosurat hamda tasvirlarni bir-biriga birlashtirish orqali joyning ikki va uch oʻlchamli modellari hosil qilinmoqda.
Fotogrammetriya kurslaridan ma’lumki, samolyot orqali suratga olinayotganda, keyinchalik aerofotosuratlarni bir-biriga birlashtirish uchun syomka boʻylab keyingi olingan surat oldingi suratning kamida 60% ini va oʻsha chiziqlar orasidagi surat oʻzidan keyingi suratning kamida 30% ini qamrab olishi zarur. Xuddi shunday jarayonning oʻzi aynan masofadan zondlashda ham amalga oshiriladi. Qamrab olish (suratlarning bir-biriga ustma-ust tushib qoplab olishi) qiymati uch oʻlchamli model hosil qilish maydonini koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |