Raqamli fotogrametriya
Download 72.51 Kb.
|
Raqamli fotogrametriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qa t lam
Raqamli fotogrametriya Bunday asboblar turlicha boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu koʻzoynak koʻrinishidagi va suratlar ustiga qoʻyilib koʻriladigan stereoskopdir. Koʻzoynak koʻrinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch oʻlchamli tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qoʻyish orqali hosil qilinadi. Bunday koʻrish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali koʻrsatib beradi. Bu koʻzoynak linzalari 2 xil – qizil va koʻk ranglarda boʻladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil rangda, oʻng tarafdagi rasm esa koʻk rangda olinadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir joyning surati orqali oʻsha joyning uch oʻlchamli tasvirini uning relyeflari bilan birgalikda koʻrishimiz mumkin. Bunday koʻrinish ayniqsa kompyuter bilan ishlaganda juda qoʻl keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq koʻra olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin boʻladi. Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud boʻlib, bu qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning oʻrniga avtomatik uch oʻlchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qoʻllaniladigani MatLAB va har bir dastur ichida uch oʻlchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz mumkin. Stereoskopik jarayonda uch oʻlchamli koʻrinish inson miyasida qayta ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga oʻrnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil qilinadi. Qatlam – bu bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami hisoblanib, u nuqtaviy, chiziqli, poligonli boʻladi. Jadval ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy usuli bu kartalardir. ArcView kartasi bir nechta qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin. ArcView dasturidagi vektor qatlamlar obyekt jadvalidan tashqari oyna kartasida rastr, mavzuli va kosmetik qatlam koʻrinishida koʻrsatilishi mumkin. Kosmetik qatlamlar har doim karta oynasining eng tepasida joylashgan boʻlib, oʻz ichiga maxsus vaqtinchalik jadvalda joylashgan ma’lumotlarni oladi. Jadval – ArcView dasturining asosiy axborot birligi. Jadvalning oddiy tushunchasidan farqlanib, u ArcView dasturida qatlam bazaviy ma’lumotlar jadvaliga bogʻlanganligi va mavjudligidan kartaga mos keladi. Bazaviy ma’lumotlar jadvalidagi har bir qator grafik obyektlar haqida ma’lumotga ega. Har bir jadval ustuni esa aniq atributga ega boʻladi. Axborotlarning bunday koʻrinishdagi ma’lumotlari yuqori grafik uchun statistik vizuallash, iqtisodiy va boshqa fazoviy-vaqtli usullarni qoʻllashga, bu esa geografik obyektlarni diagramma va grafiklarda aniq koʻrsatishga imkon yaratadi. Har bir qatlamga bittadan jadval mos keladi. ArcView dasturida jadvalni tasvirlash uchun roʻyxat iborasi qoʻllaniladi. Download 72.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling