Raqamli fotogrametriya


Download 72.51 Kb.
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi72.51 Kb.
#1750926
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raqamli fotogrametriya

Ishchi konfiguratsiya – ma’lumotlar umumiyligi (jadval va qatlam), murakkab karta (kartografik kompozitsiya) yaratish uchun imkon beruvchi holat. Ishchi konfiguratsiya quyidagilarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega: jadval, oyna, yordamchi oyna hamda ularning ekranda joylashuvi. ArcView dasturida foydalanuvchi ishchi stoli oynasini saqlashi va ishni keyingi seansda olishi mumkin.
Ishchi konfiguratsiya ishga tushirilgandan soʻng barcha jadvallar va oynalar ochiladi, chunki ishchi konfiguratsiya saqlanayotgan vaqtda ular ochilgan boʻlib, barcha oynalar shu roʻyxat boʻyicha tartibga keltiriladi va joylashtiriladi, shundan soʻng terma saqlanayotgan vaqtdagi holatiga qaytadi.
Legenda – shartli belgilar roʻyxati boʻlib, karta yoki grafikada qoʻllaniladi. Hisobot – grafik ma’lumotlarning umumiyligi boʻlib, xulosani nashrga berish uchun moʻljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat boʻlib, kartalar,
yozuvlar, grafiklar va qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Geokodlash – bu kartaga mos keladigan obyektlarga biriktirilgan bazaviy ma’lumotlarning axborot joylashuvi tizimi. Jadval qatlam umumiyligini ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan iborat geografik ma’lumot (masalan, mamlakat nomi, viloyat, shahar yoki ularning manzili) va sonlardan iborat. Geokodlashda ArcView dasturi bu ma’lumotlarni tanlaydi va mavjud

ma’lumotlar joylashuvi orqali ularni birlashtiradi hamda kartada obyektni koʻrsatish va bogʻlanishni amalga oshirishda koʻmaklashadi.


Proyeksiya (kartalar) – bu mavzuli model boʻlib, kartada yerning ustki qatlami har bir nuqtalarini loyihalashga koʻmaklashadi. Proyeksiya koʻrinishini tanlashdan qat’i nazar, shu kartadagi vizual tasvir har xil boʻladi. Har bir proyeksiya parametr toʻplami bilan, proyeksiyalar oʻrtasidagi farq har xil koordinata turlari bilan belgilanadi.
Har ikki ma’lumot ham raqamli, ham analog formatda boʻlishi mumkin. Analog ma’lumot har doim geografik ma’lumotlar bazasiga kiritilishidan oldin raqamli koʻrinishga keltirilishi lozim. Bunday jarayonni qogʻoz karta yoki fotosuratni skanerlash hamda suratdagi belgilangan joyni vektorlash orqali amalga oshirish mumkin. GATga kiritilishidan oldin raqamli ma’lumotning format kattaligi va tavsiflariga qarab qoʻshimcha qayta formatlash va qayta tizimga keltirish kabi ishlar bajarilishi kerak boʻlishi mumkin. Bu boʻlimda ma’lumot toʻplash va ma’lumot uzatish kabi atamalarga duch kelamiz. Ularning bir-biridan farqi shundan iboratki, ma’lumot toʻplash deganda toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumotni oʻsha ma’lumot toʻplayotgan qurilmaga kiritish nazarda tutilsa, ma’lumot uzatishda esa oʻsha ma’lumotlarni tarmoqli ulanishlar (Internet, WAN, LAN), CD ROM disklar, fleshka va disketlar orqali kiritish nazarda tutiladi.

Download 72.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling