Raqamli fotogrametriya


Download 72.51 Kb.
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi72.51 Kb.
#1750926
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raqamli fotogrametriya

Ma’lumot toʻplash bosqichlari. Ma’lumot toʻplash, oʻz navbatida, boshqa jarayonlar kabi bir necha bosqichli ishlarni oʻz ichiga oladi (3.9-rasm). Bu jarayonlarning birinchi bosqichini rejalashtirish boshlab bersa, tayyorgarlik, raqamlashtirish/uzatish (raqamlashtirish, syomka natijalarini kiritish, skanerlash, fotogrammetriya), tahrir qilish va sifatini yaxshilash kabi bosqichlar uni davom ettirib, ma’lumotlarni baholash esa tugatib beradi.
Rejalashtirish barcha ishlardagi kabi bu jarayonda ham muhimdir. Bu bosqichda foydalanuvchiga qoʻyiladigan talablar, ishchilar, mos texnika va texnologiyalar hamda dasturlarni aniqlash, loyiha dasturini tayyorlash kabi ishlar aniqlab olinadi.
Tayyorgarlik bosqichida ma’lumot olish, boshlangʻich manbalardagi ma’lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrir qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qabul qilib olish uchun mos
GAT kompyuter texnologiya va dasturlarini aniqlash ishlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Raqamlashtirish va ma’lumot uzatish tizimdagi eng koʻp ish qilinadigan bosqichdir. Bu bosqichdan keyin ma’lumotlarni tahrir qilish va sifatini yaxshilash ustida ish olib boriladi. Bunda raqamlashtirilgan ma’lumotlar xatolari bartaraf qilinib, sifati yanada oshiriladi. Oxirgi bosqichda ma’lumot toʻplash jarayoni davomida hosil qilingan kamchilik va muvaffaqiyatlar aniqlanib, tahlil qilinadi.



Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari. Yordamchi manbalardan geografik ma’lumotlar olish bu rastr-vektor fayllar va ma’lumotlar bazasini kartalar, suratlar hamda boshqa bosma (qattiq) formatdagi hujjatlardan yaratish jarayonidir. Skanerlash rastr ma’lumot olish uchun qoʻllaniladi. Planshetli raqamlashtirish (table digitizing), proyeksiyali raqamlashtirish (xeads-up digitizing), stereofotogrammetriya va COGO ma’lumot kiritish vektor ma’lumot olish uchun qoʻllaniladi.

Download 72.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling