Raqamli gigiena va netiket


Download 1.59 Mb.
bet2/3
Sana19.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1100458
1   2   3
Bog'liq
RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET

Har kuni ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt va boshqa resurslar cheksiz ko'lamdagi shaxsiy ma'lumotlarni yig'adi va qayta ishlaydi. Shaxsiy ma'lumotlar - bu muayyan jismoniy shaxsga bevosita yoki bilvosita tegishli bo'lgan axborot. Masalan, ism va familiya, telefon raqami va elektron manzil - biz kuniga bir necha marotaba xayrixohlik bilan bo'lishadigan ma'lumotlar. Maxsus shaxsiy ma'lumotlarga misollar: - ma'lum millatga mansublik; - siyosiy va diniy qarashlar; - salomatlik to'g'risidagi ma'lumotlar; - sudlanganlik va qarzdorlik haqidagi axborot; - telefon raqami va elektron pochta manzili; - STIR va pasport ma'lumotlari.

Qiziq jihati shundaki, ma'lumotlar birgalikda mujassam bo'lsa, shaxsiy ma'lumotga aylanadi, masalan, telefon raqami mazkur shaxsga tegishli ekani ko'rsatilsa. Shu bilan birga, kishining fiziologik va biologik o'ziga xosliklarini ifodalovchi biometrik shaxsiy ma'lumotlar ham alohida ajratib ko'rsatiladi: barmoq izlari, genetik axborot, ovoz namunalari va h.k. Shaxsiy ma'lumotlar mavzusi raqamli huquqlar, xususan, tarmoqda privatlik huquqi bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun o'z haqingizdagi axborotni muhofaza qiling!

Shaxsning raqamli huquqlari Raqamli huquqlar - insonning raqamli asarlardan foydalanish, yaratish va e'lon qilish, kompyuter va boshqa elektron vositalardan foydalanish va ularda ishlash imkoniyati, shuningdek, Internet tarmog'iga ulanish bilan bog'liq huquqlaridir. BMT rezolyutsiyasi (A/HRC/20/2)ga binoan, «... inson oflayn muhitda ega bo'lgan huquqlar, onlayn muhitda ham himoyalanishi kerak, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro paktining 19-moddasida belgilangan davlat chegaralaridan qat'iy nazar, har qanday vositalar orqali fikr bildirish erkinligi huquqi ham shular jumlasidandir...» Raqamli huquqlar - bu: • Internet; • Shifrlash; • Privatlik; • Anonimlik; • Axborotdan foydalanish; • Fikr erkinligi huquqlari.

Internetdan foydalanish huquqi 2011 yil 3 iyunda Internetdan foydalanishni insonning asosiy huquqi sifatida e'tirof etuvchi BMT rezolyutsiyasi qabul qilindi. Shu tariqa u yoki bu hududlarning Internet tarmog'odan uzilishi inson huquqlarining poymol etilishi sanaladi. Shu bilan birga, tarmoqdan foydalanish imkoniyati qator mamlakatlar qonunchiligiga asosan insonning ajralmas huquqi deb belgilab qo'yilgan.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling