Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/32
Sana20.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1713025
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
автореферат Исакова лотин2222

rivojlantirishda hunarmandchilikning o‘rni va unda xotin –qizlar ishtiroki” deb 
nomlanib, bobda turizmni rivojlantirishda muhim omil mbo‘lgan hunarmandchilik, 
uni rivojlantirish yo‘lida davlat siyosati, bu borada xotin qizlarga yaratilgan sharoit 
va ularning ishtroki masalalari tahlil etiladi.
33
Халмирзаев А, Эгамбердиева У. Ўзбекистонда сайёҳлик бизнесининг ривожланиш истиқболлари // Молия 
ва иқтисод. -№10, 2014. - 18 бет


18 
Mustaqillik yillari avlodga o‘tib kelgan, qolaversa xorijlik sayyohlarning 
doimiy e’tiborni tortib kelgan hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor 
qaratildi. Jumladan, 1997 yilda G‘ijduvon kulolchiligi markazi va muzeyi ochildi. 
G‘ijduvonlik kulol Narzullaevlar oilasiga uy-muzeyi qurish maqsadida 12 sotix 
hamda “Usta-shogird” maktabini tashkil qilish uchun 25 sotix yer ajratildi. 1998 
yilda Buxoro shahar hokimligi qaroriga asosan misgar hunarmand Nikolay 
Anisimovga 6 sotix yer foydalanish uchun ajratib berildi. 2004 yilda Vobkent 
tumanidagi O‘ba qishlog‘ida loydan milliy qo‘g‘irchoqlar yasovchi hunarmand 
Kubaro Babaevaga tuman hokimligi qaroriga asosan uyi yaqinidagi kulolchilik 
ustaxonasi binosi ajratildi. 2008 yilda unga “Usta-shogird” maktabi qurish uchun 4 
sotix yer maydoni ajratib berildi.
Farg‘ona viloyatida “R-PLYUS KORON” MChJ yakka tartibdagi tadbir-
korlik faoliyati bilan shug‘ullandi, dastlab tashkil etilgan korxonada 4 ta ish o‘rni 
yaratib, mahsulotlar turi ikki yuz xildan ortiq bo‘ldi. yetmishdan ortiq yosh xotin-
qizlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq, ular Ular tomonidan ishlab chiqilgan 300 
dan ortiq turdagi kulolchilik maxsulotlari tashqi bozorda juda xaridorgir bo‘ldi
34

2009 yilda MDH davlatlarga, Yevropa davlatlariga xususan, Germaniyaga eksport 
qilish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga AQSh, Germaniya, Shvesiya, Pokiston
Xindiston, Isroil, Janubiy Korea, Yaponiya kabi ko‘plab davlatlardan turistlar kelib 
katta qiziqish bildirdilar
35

Surxondaryo hunarmandchiligi va amaliy san’ati an’analarini rivoj-lantirish, 
saqlash va qayta tiklash, kashtado‘zlik san’atini yanada ommalash-tirish, xorijiy 
sayyohlar orasida kashtado‘zlik mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish va sifatini 
yaxshilash, kashta bilan bezatilgan suvenirbop mahsulotlar sonini ko‘paytirish 
rejalashtirildi. 2004-2006 yillarda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 
rahbari tashabbusi va loyiha-si bilan Boysun hunarmandchilik markazi va Boysun 
xalq amaliy san’at muzeyi tashkil etildi. Markazda janda to‘qish qayta yo‘lga 
qo‘yildi va 50 dan oshiq nus’hasi yaratildi
36
. Bu matolar O‘zbekistondan tashqari 
Turkmaniston, Tojikiston va boshqa davlatlarga jo‘natildi. Undan milliy 
choponlar, xalatlar, yaktaklar qilingan, asosan erkaklar liboslari tayyorlandi. 
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida esa patli jun gilam to‘qish bo‘yicha 
usta-shogird maktabi tashkil etildi. Unda 50 nafar xotin-qizlar hunar o‘rgandi
37

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi
Zandonachi matosini qayta 
tiklash ustida ham ish olib borildi
38

Yangilangan O‘zbekistonda hunmandchilikni rivojlantirishga ham alo-hida 
e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi 
“Xunarmandchilikni yanada rivojlantirish va xunarmandlar-ni xar tomonlama 
qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan 
imkoniyatlar hunarmandchilikni rivojiga katta turtki bo‘ldi. Farmonga asosan 
34
Фарғона вилояти Риштон туманида истиқомат қиладиган Б.Назиров билан қилинган суҳбатдан. Суҳбат
2022 йил 22 сентябрда ёзиб олинган.
35
Муродалиева Г. Ҳунармандлар юрти // Биржа. 17 сентябрь 2019 йил.
36
Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви.
37
Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви.
38
Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. 


19 
viloyatda Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari xamda Rishton tumanida 
xunarmandchilik ob’ektlarini 2018-2019 yillarda ishga tudi. 2018 yil 8 avgustdagi 
“Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish 
orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Vazirlar Maxkamasining 619-son qaroriga ko‘ra “Baraka interneshinal treding 
kompaniy” horijiy korxonasi 97200 ming dollarlik invistitsiya kiritib 2019-2020 
yillarda qurilishni tugatdi
39
. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 12-13 iyun kunlari 
Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari natijasida Farg‘ona 
viloyat bo‘yicha viloyat xunarmandlari yanvar-sentabr oylarida 399.800 AQSh 
dollarlik mahsulot eksport qildilar. Qo‘qon shahar bo‘yicha usta hunarmand 
Ibragimov Abdurashid Inomjon o‘g‘li 2018 yilda Belarussiyaning “Silnыy Resurs” 
kompaniyasi bilan 176 ming dollarlik novdadan (supurgi) to‘qilgan mahsulotlari 
bo‘yicha shartnoma imzolab, I-chorakda 42 ming dollarlik, II-chorakda 44 ming 
dollarlik, III-chorakda 54 ming 800 dollarlik, jami 140 ming 800 dollarlik mahsulot 
eksport qildi. Rishton tumanida kulollar tomonidan yanvar-sentabr oylarida 240 
ming 600 dollarlik kulolchilik maxsulotlar eksporti amalga oshirildi. Marg‘ilon 
shahridan usta xunarmand Mirzaaxmedov Abdullo tomonidan 19 000 AQSh 
dollarlik mahsulot eksport qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2017 yil 
17 noyabr «Xunarmandchilikni yanada rivojlantirish va xunarmandlarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra 
xunarmandchilik maxsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5000 AQSh dollarigacha olib 
chiqish imkoniyati tug‘ildi. Natijada hunarmandlar Qirg‘iziston, Qozoqiston, 
Tojikiston va Rossiya Federatsiya-siga to‘g‘ridan to‘g‘ri 1 750 000 AQSh dollarida 
mahsulot eksport qildi
40
. Hatto, Italiyaning eng qadimiy turli davr va uslubda 
sopoldan yasalgan 5 mingdan ortiq ekponant jamlangan Derutadagi sa’nat asarlari 
muzeyidan Rishton kulolchilik maxsulotlari o‘rin oldi
41

2018 yil 8 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi 
tomonidan Milliy liboslar galereyasida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy 
san’ati mahsulotlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq 
ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi Savdo-sanoat 
palatasi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan usta-hunarmandlar 
o‘zlari yaratgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. 
Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy hunarmandchilik 
mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi savdosiga ko‘maklashish, ularni 
xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ko‘rgazma va festivallarga 
39
Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси 
Президентининг 2017 йил 17 ноябрдаги «Хунармандчиликни янада ривожлантириш ва хунармандларни 
хар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПФ-5242-сонли Фармони бўйича вилоятда 
амалга оширилган ишлар бўйича маълумот. 
40
Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси Президен-
тининг 2017 йил 17 ноябрдаги «Хунармандчиликни янада ривожлантириш ва хунармандларни ҳар 
томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПФ-5242-сонли Фармони бўйича вилоятда 
амалга оширилган ишлар бўйича маълумот. 
41
Мўминова М. Риштон кулолчилик буюмлари Италия музейида // Янги Ўзбекистон 2021 йил 22 декабрь. 


20 
keng jalb qilish, chet ellarda milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo 
qiluvchi do‘konlar va savdo uylarini tashkil qilish maqsadida o‘tkazilgan 
ko‘rgazmada mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy 
davlatlarning mamalakatdagi favqulodda va muxtor elchilari, shuningdek, 
O‘zbekistonning jorijiy davlatlardagi favqulodda va muxtor elchilari, turli tashkilot 
va idoralar xodimlari, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari xodimlari 
qatnashdilar. Ko‘rgazmada yog‘och o‘ymakorligi, miniatyura, zardo‘zlik, zargar-
lik, milliy liboslar, kulollik, kandakorlik kabi 20 dan ortiq yo‘nalish-lardagi amaliy 
san’at mahsulotlari namoyish etildi. “Usta-shogird” maktabi an’analari asosida 
mahorat darslari namoyish etildi
42

Ayollarga yaratilgan sharoitlar mustaqillikning dastlabki yillaridan 
boshlangan edi. Masalan, 1997 yilda Sirdaryo tumanidagi Nasiba Ashurmatova
birinchilardan bo‘lib qizlar maktabini tashkil etdi. Bu maktabda qiz juvonlar tikish-
bichish, non yopish va b. Hunarlar o‘rgatildi. Xovos tumanida Nazira Maxkamova 
esa Buxorodan tumanga zardo‘zlik sirlarini mukammal egallagan mutaxassis bilan 
kelishgan holda Xovoslik qizlarga zardo‘zi do‘ppi, pallaklarni tikishni o‘rgatdi
43
.
Xorazm viloyatida ham 2005 -2007 yillar davrida ayollarni ish bilan 
ta’minlash dasturi ishlab chiqildi. Tumanlarning o‘ziga xos xususiyatlari 
o‘rganildi, mexnat bozori jiddiy taxlil etildi. Joylarda o‘tmishda ayollarning kaysi 
ish bilan shug‘ullanganligi aniqlanib, ularning takliflari inobatga olindi. Natijada 
ayollarga 10 ming 590 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 2005 yilga qadar 6 ming 775 
nafar xotin qiz ish bilan ta’minlandi
44
. Yuridik maqomga ega bo‘lmagan xolda 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollar uchun 1006 tadan ortiq ish o‘rni 
ochildi
45
.
Xotin-qizlarning tadbirkorlik borasidagi faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash
46
maqsadida Buxoro viloyatining Kogon tumanida 2008 yilning o‘zida 970 ta ish 
o‘rinlari yaratildi. Kasanachilar tomonidan 48 mln. so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi
47
. Namangan viloyatida 2008 yil davomida 10 ming nafardan ortiq xotin-
qizlar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishga joylashtirildi, 300 nafardan ortiq 
uyda o‘tirgan ayollar kasanachilik ishlariga jalb etildi
48
.
Umuman, “Oilani ijtimoiy himoyalash” markazlari joylardagi Bandlikka 
ko‘maklashuvchi markazlar bilan tuzgan sharnomalariga asosan, 2008 yil 
davomida 206 nafar ishsiz ayollar turli xil milliy hunarmandchilik kasblariga 
o‘qitildi
49
.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning 4.2. qismida 
mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish alohida 
nazarda tutildi. 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 
42
Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви.
43
Хонимқулов А. Сирдарё санамлари // Халқ сўзи. 1997 йил 29 май.
44
Рахимов О. Аёллари фаол юрт // Халқ сўзи. 2005 йил 15 март.
45
Рахимов О. Аёллари фаол юрт // Халқ сўзи. 2005 йил 15 март.
46
Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 63 варақ.
47
Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 64 варақ.
48
Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 64 варақ. 
49
Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 64 варақ. 


21 
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili Davlat dasturida, 2019 yil “Faol 
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida, 2020 yil “Ilm, ma’rifat 
va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida, 2021 yil “Yoshlarni 
qo‘llab-quvvatlash va aholi salomat-ligini mustahkamlash yili
Davlat dasturida 
xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida 
ahamiyat qaratilgan va bu maqsadlarga katta mablag‘lar ajratildi. Bundan tashqari, 
2019 yil mart oyida O‘zbekiston Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini 
yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim besh 
tashabbus” dasturi ham yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oldi. Hususan 
ushbu davlat dasturining beshinchi tashabbusi “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash” 
bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va 
xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 
2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj 
korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutildi.
2022 yilning 30-noyabrdan 2 dekabriga qadar O‘zbekistonda ilk marta 
hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
50
. Yarmarkada kashtachilik, kulolchilik, 
misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 
dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmalari tashkil etildi. 
Ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik 
mahsulotlarini yurmizga kelayotgan ko‘plab sayyohlarga namoyish etish orqali 
ularda qiziqish uyg‘otish, turistlar oqimini ko‘paytirish va xalqaro savdoni yanada 
rivojlantirishga qaratildi. Yarmarkada shuningdek, O‘zbekiston bilan birga yettita 
xorijiy davlatlar Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, 
Pokistondan hunarmandlar ishtirok etdi.
Tadqiqot ishining uchinchi bobi “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling