Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


XULOSA  Mavzu bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana20.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1713025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
автореферат Исакова лотин2222

XULOSA 
Mavzu bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalar 
taqdim etildi: 
Mustaqillik yillari respublikada milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlari etib hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga 
yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga 
ulash, imtiyozli kreditlar berish, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va eksport 
qilish, shuningdek, respublikaning tuman va shaharlarida hunarmandchilikni 
rivojlantirish markazlarini tashkil etish va «Ustoz-shogird» maktablari faoliyatini 
takomillashtirish ishlari belgilandi.
Hunarmandchilik markazlarini sayyohlik salohiyatdan keng foydalan-gan 
holda, tashkil etish ishlari holati qoniqarsizligi, hunarmandlarga moliyaviy va 
xomashyo resurslari ajratish, ular ishlab chiqargan mahsulot-larni sotish, shu 
jumladan eksport qilish uchun sharoit yaratishga yordam berish ishlari 
samaradorligi yetarli darajada bo‘lmadi. Shu maqsadda hunarmandchilikni 
rivojlantirish yo‘lidagi mavjud muammo va to‘siqlarni tizimli bartaraf etish, 
O‘zbekiston xalqning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab 
qolish, yanada boyitish, hunarmandchi-likni keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash 
hamda hunarmandchilikka yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni jalb 
qilishga rag‘batlantiruvchi qator me’riy hujjatlar qabul qilindi.
Milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu 
orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab 
qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan 
oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini 
ta’minlash, milliy hunarmandchilik mahsulotlari eksportini rivojlantirish 
mamlakatda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi bo‘ldi. 
Milliy 
hunarmandchilik 
turizmni 
rivojlantirishning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlaridan biri bu hudud aholisida bandlik tizimi va xizmat ko‘rsatish 
59
Қиймати ва кўркини йўқотмаган ўзбек гиламлари. (Электрон ресурс). Кириш режими: uza.uz. (Мурожат 
этилган сана 19.03.2022 й. ) 
60
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 4 декабрдаги Республикада пиллачилик тармоғини 
жадал ривожлантиришни қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4047-сон 
Қарори. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.12.2018 й., 07/18/4047/2269-сон, (Электрон 
ресурс). Кириш режими: lex.uz. (Мурожаат этилган сана 08.05.2023 й.)


25 
sohasini rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi, mahalliy aholining o‘z mahallalarida 
turizmni rivojlantirishga bo‘lgan munosabati va idrokini tan olishiga imkon berdi. 
Ya’ni, milliy hunarmandchilik ham aholining intellektual salohiyatini yanada 
oshirishni taqozo qildi. Shuningdek, xizmatlar faoliyatining yangi yo‘nalishlarini 
yo‘lga qo‘yishda aholining moliyaviy savodxonligi hamda kasbiy ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga imkon berdi.
Olib borilgan harakatlar natijasida hunarmandlarga o‘z mahsulotla-rini 
eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank 
hisob raqamlaridan chet el valyutasini naqd shaklda echib olish huquqi berildi. 
Bunda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, festival, yarmarkalarda 
hunarmandchilik mahsulotlarini eksport shartnomalarini tuzmagan holda sotish 
mumkin bo‘ldi, olingan daromad eksport tushumi hisoblanmadi. Shu bilan birga, 
hunarmandlarga tashqi reklama vositalarini joylashtirishda mahalliy budjetga 
to‘lanishi belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz berish joriy etildi.
hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy 
san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolish, hunarmandchi-lik bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshi-rilgan chora-
tadbirlarga qaramasdan, hunarmandchilik kichik biznes va yakka tadbirkorlik 
rivojlanishining kuchli, mustaqil va ommaviy yo‘nalishiga aylana olmadi. 
“Hunarmand” uyushmasiga berilgan imtiyoz va qulayliklarga qaramasdan, o‘z 
saflariga hunarmandlarning keng ommasini qamrab olmadi. 
ziyorat turizmining rivojlanishi mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim 
ahamiyat kasb etdi. U iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga mahalliy aholining 
bandligini ta’minlash, shu orqali turmush dara-jasini yaxshilash, xorijiy turistlarni 
jalb qilish, yurtimizni dunyoga tanitish, qadimiy shaharlarimiz va tarixiy 
yodgorliklarimizni asrab-avay-lash kabi xayrli ishlarga salmoqli hissa qo‘shish 
imkoniyatini kengaytirdi. 
o‘tgan davrlarda turizmni rivojlantirishga katta e’tibor berilishi natijasida 
O‘zbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda yuqorilab bordi, jahon ommaviy 
axborot vositalarida mamlakat nomi tez-tez qayd etilishi kuzatildi. Bu 
O‘zbekistonning xalqaro imidjini mustahkamlash, turistik salohiyat targ‘ibotini 
kuchaytirish yo‘lida xizmat qildi. 
hunarmandchilikka qaratilgan e’tibor tufayli boy madaniy merosimiz qayta 
tiklandi, bu esa sayyohlarga hudud madaniyati va san’atining mahalliy jihatlarini 
ochib berishga, milliy an’analarni aks ettirishga, yo‘qolib borayotgan 
hunarmandchilik turlarini qayta tiklashga, ularni saqlashga, asrab-avaylashga, 
shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va shu orqali kambag‘allikni oldini olishga 
sabab bo‘ldi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling