Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
автореферат Исакова лотин2222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 7 ta ilmiy-amaliy
anjumanlarda, shu jumladan, 3 ta xalqaro konferensiya va 4 ta respublika ilmiy- amaliy konferensiyalarida aprobatsiyadan o‘tgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 16 ta ilmiy ish e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik Dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan nashrlarida 9 ta, jumladan, 3 ta respublika va 6 ta xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 124 betni tashkil etadi DISSERTATSIYaNING ASOSIY MAZMUNI Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslanib, tadqiqotning O‘zbekiston fan va texnologiyalar taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari 14 rejalari bilan bog‘liqligi aniqlangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti, ilmiy tadqiqot usullari ko‘rsatilgan, ishning ilmiy yangiligi, olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Mustaqillik yillari O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasidagi davlat siyoati va mehriy hujjatlarning qabul qilinishi” deb nomlanib, unda turizmni rivojlantirish borasida hukumat tomonidan ishlab chiqilgan chora – tadbilar, amalga oshirilgan ishlar, hamda bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar taxlil qilinadi. Mustaqillik yillari O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Turizm sohasini rivojlantirish uchun infratuzilmani shakllantirish uchun barcha chora-tadbirlar belgi-landi. Halqaro turizmni rivojlantirish maqsadida milliy modelga asoslangan turizmni shakllantirish uchun harakat qilindi. Ushbu modelga ichki imkoniyatlarga, o‘zbek xalqining mentalitetiga va jahon standartlariga mos keladigan talablarni hisobga olishi sifatida e’tibor qaratildi 23 . Jumladan, 1992 yilda respublikada turizmni dastlabki shakllanish davri bo‘ldi. Bu yillarda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi PF-447-son “”O‘zbekturizm” milliy kompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan turizm infratu-zilmasida yetakchi hisoblangan “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniya-siga asos solindi. Unga turizm sohasini rivojlantirish va milliy modelini yaratish borasida siyosatni olib borish vazifasi yuklatildi. Milliy kompaniya respublikaning turistik tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizmni barcha turlarinirivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning moddiy – texnika bazasini, turizm infartuzilmasini yaratish va turizm sohasida kadrlarni tayyorlash faoliyati shug‘ullandi. 1993-1995 yilga kelib turizmni milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. 1993 yilda 15 ta olis xorij mamlakatlarning firmalari xamda MDX ning uchta davlati bilan shartnomalar tuzildi. Bu yillarda turistik xizmatlar ko‘rsatishning hajmi oshib borishi bilan yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, turizmning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, boshqaruvning tashkiliy tizimni takomillashtirish va boshqa qator masalalar hal etildi. 1995-1997 yillarda turistik xizmatlar sohasida xususiylashtirish jarayonlar boshlanib, 1996 yilda “O‘zbekturizm” miliy kompaniyasi tizimi-dagi turistik ob’ektlar umumiy miqdorining 90 foizga yaqini davlat tasar-rufidan chiqarildi. Undan keyingi yillarda ham bu sohada eksport salohiya-tini oshirish, valyuta, turistlar, investitsiyalarning barqaror oqimini ta’minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari jarajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli bo‘lgan xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oldagina chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish ishlari olib borildi. Mehmonxonalarga ham alohida e’tibor qaratildi. 23 Клейман, А.А. О новой траектории и стратегии развития туристского бизнеса в условиях экономической турбулентности / А.А. Клейман, О.А. Бабанчикова // Вестник национальной академии туризма. - 2015. - № 1 - С. 22-29 15 Xorijlik turistlarni jalb etishda milliy hunarmandchilikni ham rivojlantirishga alohida e’tibor bilan qaraldi. Dastlabki yillardan, ya’ni 1995 yilning 24-25 oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, BMTning mamlakatimzdagi vakolatxonasi xamda Toshkent shaxar xokimligi xamkorligida, xalq ustalari va xunarmandlarning 1-respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bunday ko‘rik yarmarka respublika miqiyosida birinchi martta o‘tkazildi. Agar unda respublikamiz poytaxtining axolisi va va uning kundalik mexmonlaridan tashqari chet el diplomatiya korpusi va xalqaro tashkilotlar vakillarining xam ishtirok etdi 24 . 1997 yil 31 martda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezdentining “Xalq badiiy xunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi. Unga ko‘ra Milliy madaniyatni rivojlanti-rishda xalq badiiy hunarmandchiligining va amaliy san’atining axamiya-tini oshirish qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va o‘ziga xos turlarini qayta tiklash xamda xalq xunarmand-lariga davlat tomonidan madad ko‘rsatish maqsadida xonadon badiiy sharoitida yuksak badiiy buyumlar ishlab chiqaruvchi xalq hunarmandlariga ularni mahalliy xom ashyo, materiallar asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda ko‘rgazmalar va kimoshdi savdolarini o‘tkazishda tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan do‘konlar va kioskalar tarmog‘ini tashkil qilish kabi vazifalar belgilandi. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekistonda sayyohlikning xilma -xil turini vujudga keltirish, uning moddiy texnik bazasini yaratish, turistlarga sifatli xizmat qilishni jahon andozalari darajasiga yetkazish va nihoyat chet el valyutalari tushumini ko‘paytirgan xolda respublika iqti-sodini rivojlantirish yo‘lida xizmat qildi. Ayni paytda turistlarga xizmat ko‘rsatishning uchdan bir qismi firma, tijorat shaxobchalari va xususiylashtirilgan nodavlat sektoriga ham to‘g‘ri keldi. Sayyohlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‘rsatishda shaxsiy firmalarning ulushi yildan -yilga oshib bordi. Masalan, Toshkentda 79 ta, Samarqandda 18 ta, shunday firmalar ish boshladi. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Buxoro, Xiva, Samar-qand va boshqa shaxarlarda “O‘zsayohatbank” shahobchalari ochila boshladi 25 . O‘zbekiston miqyosidagi sayyohlarga 2013 yilda jami 550 ta sayyohlik kompaniyasi – turoperatorlari xizmat qildi. Shularning deyarli yarmi Toshkent mintaqasiga, 1/3 qismi Zarafshon mintaqasiga va atigi uch foizi Farg‘ona mintasiga to‘g‘ri keldi. Shunga faramasdan, Farg‘ona mintaqasi doirasida sayyohlarning nisbiy soni Toshkent va Zarafshon mintaqalari ko‘rsatkichlariga yaqin yoki ularga qaraganda kattaroq bo‘ldi 26 . Shuningdek, bu yo‘nalishdagi ko‘rsatkich, 2012 yilda 231,1 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 615 mln. dollardan ziyodroqni tashkil etdi. Mamlakatga 70 dan ortiq davlatlardan sayyohlar tashrif buyurdi va ularning yillik 24 Сафаров М. Ўзбекистон Республикаси маданият ишлари вазири Э.Хайитбоев сухбатдан // Халқ сўзи. 1995 йил 19 декабрь. 25 // Халқ сўзи. 1996 йил 27 ноябрь. 26 Қаюмов А., Гафурова Д. Ўзбекистонда туризм ва рекреация русурсларидан самарали фойдаланиш // Иқтисод ва молия. 2015. -№5, - 50 бет. 16 soni 2 mln.dan oshdi. 2012-2013 yillar mobaynida bu ko‘rsatkich 43 foizga o‘sdi. 2014 yilning birinchi yarmida esa 1 mln. dan ortiq xorijiy sayyoh respublikaga tashrif buyurdi. Shu yillarda turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishi mehnat qildi 27 . Respublikada jami turistik xizmatlar miqdori 2012 yilga nisbatan 2013 yilda 16 foizga, xizmatlar eksporti 9 foizga oshdi 28 . 2015 yilga kelib, O‘zbekis- tonda 550 ta sayyohlik kompaniyasi – turoperatorlar faoliyat ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, “O‘zbekturizm” MK qoshidagi Respublika o‘quv – konsalting markazida gid- ekskursavodlar, turistik, restoran va mehmon-xona biznes menejerlari, chet el oshxonasi oshpazlari tayyorlash, turopera-torlik va mehmonxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi kurslar tashkil etildi. 2014 yilning o‘zida markaz tomonidan 796 nafar turizm sohasi mutaxassislari qayta tayyorlash va malka oshirish kurslarini ztadilar, shulardan 342 nafari qayta tayyorlov, 344 nafari malka oshirish kurslari, 110 nafari esa xalqaro seminar va master – klasslarda ishtirok etdilar 29 . 50 mingdan ziyod o‘ringa ega bo‘lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglar sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatdi 30 . 2014 yilga kelib turizm sohasining moddiy – texnik bazasining 40 foizi poytaxt va poytaxt viloyatining hissasiga to‘g‘ri keldi, 37 foizi Samarqand, Buxoro va Xorazm villoyatida, 16 foizi Farg‘ona vodiysida va Surxondaryo viloyatida joylashdi. O‘zbekiston hududining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi qolgan viloyatlarning hissasiga turizm iqtisodiy salohiyatining atigi 7 foizi to‘g‘ri keldi. Shuningdek shu yillari respublikada Italiya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Gollandiya, Vengriya, Singapur va boshqa shu kabi davlatlardan 214 dan ortiq kompaniyalar faoliyat yuritdi 31 . O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Haj (ziyorat) sayyohlik forumi (Buxoro viloyati), “Baxshi” san’at festivali, “Arxeologik forumi” (Surxondaryo viloyati), “Qahramonlar o‘yini” (Xorazm viloyati), avtoralli “Muynak”, “Element” musiqa festivali (Qoraqalpog‘iston respublikasi), MDH sayyohlik yarmarkasi (Samarqand viloyati), “Geoturizm forumi”, Anor festivali, gastronomiya festivali (Toshkent) kabi yirik tadbirlar o‘tkazilganligini aloihda ta’kidlash lozim. Mehmonxona sanatoriy, sog‘lomlashtirish majmualari va sport dam olish maydonlarini qurishga qaratilgan umumiy qiymati 1,1 mlrd. AQSh dollariga teng 26 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi 32 . Turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan sayyohlik ko‘rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etdi. Milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki 27 Тагаев Б. Туристик салоҳият ва унинг имкониятларидан самарали фойдаданиш истиқболлари (Тошкент вилояти мисолида) Иқтисод ва молия. 2014. -№10, - 26 бет. 28 // “Бизнес-Вестник Востока”. 2014 йил, 17 февраль. 29 Халмирзаев А, Эгамбердиева У. Ўзбекистонда сайёҳлик бизнесининг ривожланиш истиқболлари // Молия ва иқтисод. -№10, 2014. - 22 бет. 30 Каримов И. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.Каримовнинг БМТ жаҳон сайёҳлик ташкилоти Ижроия кенгаши 99-сессиясининг очилиш маросимидаги нутқи // Халқ сўзи. 2014 йил 7 октябрь. 31 Халмирзаев А, Эгамбердиева У. Ўзбекистонда сайёҳлик бизнесининг ривожланиш истиқболлари // Молия ва иқтисод. -№10, 2014. - 23 бет. 32 Қаюмов А., Адилов Б. Жаҳон туризмининг Ўзбекистонда ривожланиш тенденциялари // Иқтисод ва молия. 2020. -№2, - 33 бет. 17 turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Moskva, Istanbul kabi dunyoning yirik shaharlarida qator ko‘rgazmalar tashkil etdi yoki xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashdi. Bu, albatta, o‘z samarasini berib, xorijiy sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko‘paydi. O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida 1993 yil 23 dekabr “Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi Hukumatlararo bitim, 1994 yil 29 oktabr “Turizm sohasida MDH ishtirokchi davlatlari hamkorligining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi “MDH ishtirokchi davlatlari o‘rtasida turistik aloqalarni rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yilda “Turizm sohasida ShHTga a’zo davlatlar hamkorligining 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan dasturi”, 2017 yilda “Turizm sohasida MDH ishtirokchi – davlatlari hamkorligini 2020 yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni ishtirokchi davlat sifatida imzoladi hamda turizm sohasida hamkorlkni o‘rnatish, amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga oldi. Milliy qonunchilikni yaratishda avvalo 1992 yil 27 iyul O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining PF-447-son ““O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2004 yil 28 iyulda 360-son ““O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashti-rish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash, turistik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashish, turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, sayyohlarning muhofaza qilinishini va xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish, turistik faoliyatni tarmoqlararo va mintaqalararo muvofiqlashtirish va boshqa vazifalar kiritildi 33 . Shu tariqa turizm sohasini rivojlantirish uchun mustahkam qonuniy-huquqiy asos yaratildi. Sohaga oid 200 gya yaqin qonun, qonunosti va idoraviy hujjatlar qabul qilindi. Halqaro hamkorlik borasida 45 ta hukumatlararo, 44 ta mintaqaviy va 17 ta vakillik sharnomalar imzolandi. Tadqiqot ishining ikkinchi bobi “Mustaqillik yillari O‘zbekistonda turizmni Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling