Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Bob bo‘yicha xulosa 
1. Jahon tilshunosligi, turkiyshunoslik, o‘zbek tilshunosligida onomastika 
masalalariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlarda 
onomastika muammolari bo‘yicha ko‘plab qimmatli ma’lumotlar keltirilgan 
holda turli-tuman bahstalab fikrlar ham mavjudligi aniqlandi. 
2. “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki 
Norguloy” va “Oychinor” kabi Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik 
birliklarni leksik-semantik, struktur va lingvopoetik tahlilini amalga oshirish 
muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan asardagi onomastik birliklar ilk bor tadqiqot 
obyekti sifatida o‘rganildi. Onomastika – milliy qadriyatlarni aniq dalillar 
asosida o‘rganadi, ota-bobolar o‘tmishi, milliy va diniy qarashlari, biz yashab 
turgan makon va zamon haqida chuqur tasavvur beradi. 
3. O‘zbek tilshunosligida onomastikaning mustaqil soha sifatida 
shakllanishi natijasida dunyo va o‘zbek tilshunosligida onomastikaga doir
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur bobda xalq dostonlari 


41 
onomastikasiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili 
yoritildi. 
4. Xorijiy, turkiy va o‘zbek tilshunosligida onomastika sohasi tadqiqiga 
bag‘ishlangan ishlar o‘zaro qiyoslanib, endilikda o‘rganilshi kerak bo‘lgan 
jihatlariga to‘xtalindi. 


42 
II BOB. QASHQADARYO XALQ DOSTONLARIDAGI ONOMASTIK 
BIRLIKLARNING LUG‘AVIY-MA’NOVIY XUSUSIYATLARI 
Zamonaviy tilshunosligimizda badiiy asarlar tilida qo‘llangan onomastik 
birliklar tahliliga bag‘ishlangan samarali ishlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu 
ishlarning aksariyatida badiiy matnda yoki xalq poetik ijodi namunalari tilida 
qo‘llangan onomastik birliklarni ma’lum bir lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga 
ajratib o‘rganish maqbul deb topilgani ko‘zga tashlanadi.
Q.Olloyorovning dissertatsion ishining joy nomlariga bag‘ishlangan 
qismida Xorazm dostonlarida uchraydigan turli xil toponimlarning lug‘aviy-
ma’noviy guruhlari xususida so‘z yuritar ekan, ularni lisoniy xarakteri, real 
(mavjud)ligi, norealligi, to‘qimaligi va bajaradigan funksional xususiyatlariga 
ko‘ra guruhlarga ajratib o‘rganishni ma’qul ko‘radi
122
.
Sh.Yoqubovning «Navoiy asarlari onomastikasi»ga bag‘ishlangan 
tadqiqotida Navoiy asarlari matnida qo‘llanilgan antroponimlar xususida so‘z 
yuritar ekan, ularni mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganishni 
tavsiya etadi: 1) hayotda real yashagan tarixiy shaxslar nomlari, 2) hayotda 
mavjud bo‘lmagan afsonaviy shaxslar nomlari
123
.
Yuqoridagi tadqiqot ishlaridan kelib chiqqan holda Qashqadaryo xalq 
dostonlari tilida qo‘llangan onomastik birliklarni dastlab quyidagi lug‘aviy-
ma’noviy guruhlarga ajratishni ma’qul ko‘rdik: 1. Dostonlar tilida qo‘llangan 
antroponimlar. 2. Dostonlar tilida qo‘llangan toponimlar. 3. Dostonlar tilida 
qo‘llangan boshqa tur onomastik (zoonim, mifonim, astronim, abionimlar) 
birliklar. 
Bu guruhga kiruvchi onomastik birliklar Qodir baxshi Rahimovdan yozib 
olingan “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor”, Qora baxshi 
Umirovdan yozib olingan “Nurali va Semurg‘”, Umir shoir Safarovdan yozib 
122
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Филол. фан. бўй. фал. докт… дисс. автореф. – 
Самарқанд, 2018. – Б.14-15. 
123
Ёқубов Ш. Навоий асарлари ономастикаси. Фил. фан. номз. дисс. автореф. – Тошкент, 1994. – Б.24. 


43 
olingan “Oyparcha” dostonlari matni asosida tadqiq etildi. Quyida ular haqida 
alohida to‘xtalishga harakat qilamiz.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling