Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
arab, Arab Rayhon, Safar avg‘on; Go‘ro‘g‘libek, Bekravshan, Tulumbiy,
Ermotbiy, Ahmad sardor, Go‘ro‘g‘li sulton, Safar mahram kabi nomlar. Ko‘rinib turibdiki, shaxs nomlaridan so‘ng yoki ulardan oldin qo‘llanilgan etnonimik birliklardan arab, avg‘on singari so‘zlar, shuningdek, bek, biy, sardor, sulton, mahram singari mansab yoki unvonni ifoda etuvchi birliklar laqab nomi sifatida qayd etiladi. 3. Badiiy qahramon nomlari. Xorazm dostonlari tilida qo‘llangan antroponimlarning ma’lum qismi badiiy qahramon nomlari sifatida alohida guruhga ajratilgan. Ushbu voha dostonlarida qo‘llanilgan badiiy obrazlarning nomlari, xususan, bosh qahramonlar nomlari xalq orasida juda keng tarqalgan, deya e’tirof etiladi 128 . Jumladan, Go‘ro‘g‘li, Avaz, Ravshan, Shahriyor, Bozirgon, Rustam, Xirmondali, Shohsanam va boshqa nomlar shular jumlasidandir. Bu nomlar nafaqat Xorazm dostonlari tilida, balki boshqa hudud dostonlarining ko‘pchiligida aynan qo‘llanilganini kuzatish mumkin. 4. Mifonim va diniy-situativ nomlar. Q.Olloyorov tadqiqotida Xorazm dostonlari tilida qo‘llanilgan mifonimlar va diniy-situativ nomlar alohida guruh sifatida ajratib tadqiq etilgan. Tadqiqotchi mifik nomlar sifatida afsonaviy 127 Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Тошкент: Фан, 2013. – Б. 59-74. 128 Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Филол. фан. бўй. фал. докт… дисс. автореф. – Самарқанд, 2018. – Б.12. 46 otlarning nomlari (Aspi Jahongir, Botipon, Buzdumon, Buroq, Ko‘ktemir, Majnunko‘k (ba’zan Majdumko‘k), Olmako‘z, Palang (ba’zan Palangot), Sandal ot, Qoratulpor, G‘irot, G‘irtoy, G‘irko‘k) va ba’zi mifologik qush, ilon kabilarning nomlarini kiritadi va ularning nomlanish tamoyillari haqida ilmiy mulohazalar yuritadi 129 . Shuningdek, tadqiqotchi Shahriyor, Anjum, Shamsun pari, Jayxun pari, Dorobshoh, Gulchehra, Zavriyo, Qaytus, Fotima, Zuhra, Said, Hasanxon, Bahovuddin, Zarnigor, Mehribon, Olimxon, Sulton Vais, Alisher, Zulfiqor, Ilyos, Hazrati Polvon, Rustam, Jabbor, Murtazo kabi diniy-situativ nomlarning lisoniy xususiyatlari ham tahlilga tortilgan. Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo dostonlari tilida qo‘llanishda bo‘lgan antroponimik leksik birliklarni shu tarzda tasnif etishni maqsadga muvofiq deb topdik. 1. Qodir baxshi dostonlari tilida qo‘llangan tarixiy shaxslar nomlari. Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” dostonlari mavzusiga ko‘ra rang-baranglikka ega. Jumladan, “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida mahalliy yurtda yashagan oddiy cho‘ponlar hayoti xususida so‘z yuritilsa, “Oychinor” dostonida tarixiy davr voqeligi asosida Zahiriddin Muhammad Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi toj-u taxt talashuvlari ham tasvirlanadi. “Jorxun maston” dostonida esa Go‘ro‘g‘lidek hukmdorning tengsizligi-yu qahramonliklariga bag‘ishlangan. Shubhasiz, bu tarixiy voqealarni tarixiy shaxs timsollarisiz tasavvur etish mushkul. Shu jihatdan qaraganda, “Oychinor” dostoni matnida Bobur va Shayboniy antroponimlari tilga olinadi. Shunisi e’tiborga molikki, ushbu doston tilida Bobur nomi Bombir (mahalliy aholi tilida)– Bobir – Bobir shoh – Amir Bobir shoh – Bobirbek shakllarida qo‘llanilganini kuzatdik. Shayboniyxon antroponimi esa Shayboniyxon – Shayboniy variantlarida qo‘llangan. Bundan 129 Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Филология фанлари бўй. фал. док... дисс. автореф. – Самарқанд, 2018. 12-бет. 47 tashqari, doston matnida uchragan Qaysarbek – Qaysar, Sayxun usta, Temurlang, Qambar singari antroponimlarning ayrimlari lingvopoetik vazifani ham bajargan. Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida Abdullaxon, “Jorxun maston” dostonida esa Ali kabi tarixiy shaxs nomlari uchraydi. Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostoni tilida qo‘llangan tarixiy shaxslar nomlari 130 . Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostoni matnida Hazrati Ali, Bibi Maryam, Xizr, Hotam, Sulaymon, Yusuf, Yoqub, Iso, Muso, Mustafo va Muhammad kabi tarixiy shaxs nomlarini uchratamiz. Bu tarixiy nomlar doston qahramonlarining murakkab vaziyatlarga tushganda ushbu tarixiy shaxslardan madad so‘rash, ko‘mak olish niyatida aytgan nutqlarida uchraydi. Umir shoir Safarovning “Oyparcha” dostoni matnida qo‘llangan tarixiy shaxslar nomlari. Umir shoir Safarovning “Oyparcha” dostoni garchi tarixiy dostonlar sirasiga kirmasa-da, bu doston matnida ham Sohibqiron, Xizr kabi tarixiy shaxs nomlarini uchratish mumkin. Quyida tarixiy antroponimlarning ayrimlarini izohlashga harakat qilamiz. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling