Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulaymon
SULAYMON [yah.] – himoyalangan, berk, muhofazaga olingan, shikast
topmaydigan yoki tinch, osoyishta. Ba’zilar “Tinchliksevar” deb izohlashadi. Sulaymon nomi “Qur’on”da ham tilga olingan payg‘ambarlardan biridir. U Mil. av. 965—928-yillarda Isroil podshohi bo‘lgan. U Dovudning to‘ng‘ich 52 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком А ҳарфи 97-бет. 134 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. – Қарши, 2016. –Б. – 20. 135 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. – Қарши, 2016. –Б. – 22. 50 o‘g‘li hisoblanadi. Rivoyatga ko‘ra, u jamiki ins-u jins, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida bo‘lib, Sulaymon farmoniga ko‘ra, u xohish bildirgan joyda esardi. Sulaymonga berilgan mo‘jizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: payg‘ambar izmidagi jinlar o‘sha misdan uning xohlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning Sulaymonga qasrlar bunyod etgani, dengiz tubidan dur- u javohirlar olib chiqib bergani naql etiladi. Sulaymon o‘z qo‘l ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida hudhud (sassiqpopishak) ham bo‘lib, u Yamanning Sabo shahridan quyoshparast malika Bilqis haqida xabar keltiradi. Sulaymon Bilqisga maktub yo‘llab, uni yolg‘iz Allohga itoat etishga da’vat etadi (Naml surasi, 20—37-oyatlar). Sulaymon otasining vasiyatiga ko‘ra, Aqso masjidini qurdirdi. Sharq va G‘arbda bir qancha mamlakatlarni zabt etib, jahongir bo‘ldi. Sulaymonning o‘limi bilan bog‘liq rivoyat jinlar, devlar g‘aybni — kelajakda ro‘y beradigan voqea - hodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: jon taslim qilgan Sulaymon tayangan hassani uzoq vaqt yog‘och qurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, jinlar Sulaymonning vafot etganini bilmaganlar va payg‘ambar ularga buyurgan vazifa — baland qasr bino qilish ishini davom ettiraverganlar (Saba’ surasi, 14-oyat). Shunday qilib, Sulaymon o‘lib, devlar mehnatdan qutulgan ekan. Sulaymon yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida Solomon nomi bilan ham ma’lum 136 . “Nurali va Semurg‘” dostonida Qubbonoyning Sulaymonga murojaat qilgan o‘rni mavjud bo‘lib, dostonda sel kelib Jayxunning toshishi natijasida Nurali, Jahongir va Qubbonoy har tarafga bo‘linib ketishadi hamda Qubbonoy Jayxunda oqib Shahrig‘ulg‘ula shahriga borib qoladi, uning go‘zalligiga oshiq bo‘lib qolgan Ma’murxon podsho unga uylanmoqchi bo‘ladi. Bu orada Qubbonoy podshodan olti oyga muhlat olib, Jahongir vositasida Nuralini qidiradi va topadi. Nuralining kelganidan xabar topgan Ma’murxon uchovini 136 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком . С ҳарфи 215-216-бетлар 51 ushlab kelish uchun qo‘shin yuboradi. Buning daragini bilgan Qubbonoy tutingan ota-onasi bilan xayrlashib turgan joyi: Ota pirlarga jilayman, Aziz boshingni silayman, Madadkor bo‘lsin Sulaymon, Rozi bo‘l bergan tuzinga, Otajon, duo tilayman 137 . YUSUF [yah.] — o‘sgan, ko‘paygan. — “Qur’on”da zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. “Qur’oni Karim”dagi 12-sura, ya’ni „Yusuf“ surasida Yusuf va Ya’qub alayhissalomlar haqida so‘z boradi. Yusuf alayhissalom qissasi “Qur’oni Karim”dagi eng go‘zal qissalardan biridir. „Yusuf“ surasidan boshqa o‘rinda bu payg‘ambar haqida “Qur’on”da oyat nozil etilmagan. Yusuf alayhissalom Ya’qub alayhissalomning, Ya’qub alayhissalom Is’hoq alayhissalomning, Is’hoq alayhissalom Ibrohim alayhissalomning farzandidir. Ya’ni Yusuf ibn Ya’qub ibn Is’hoq ibn Ibrohim. Yusuf alayhissalomga Alloh tomonidan go‘zal husn va payg‘ambarlik mo‘jizalaridan bo‘lmish tushlarni to‘g‘ri ta’bir qilish qobiliyati berilgan edi 138 . Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostonida ham Yusuf nomi keltirilgan bo‘lib, ko‘plab badiiy asarlarda bo‘lgani singari ushbu dostonda ham bu nom orqali go‘zallik bilan ziynatlangan shaxsga ishora qilingan. Ko‘plab mumtoz asarlarda, ayniqsa, g‘azallarda Yusuf nomi orqali talmeh va tashbeh badiiy san’atlari hosil qilingan. Dostonda Jahongir onasi Qubbonoy tikkan qalpoqni qo‘liga olib, otasining go‘zal yuziga boqib, onasiga qarab bir so‘z so‘rab turgan yeri: So‘zlasa shirin so‘zli, 137 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. – Қарши, 2016. –Б. – 143. 138 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз .Й ҳарфи Б – 69. 52 Er yigit bo‘lar izli, Yomonning tili tuzli, Suvratda Yusuf yuzli. Shunday otam bormidi 139 ? Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling