Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
(O), Xoldorxon mahram (O), Kichkintoy mahram (O), Bahovuddin darvozabon
(O), Omon mergan (O), Yomon mergan (O) kabi nomlar tarkibidagi og‘a, pari, cho‘ri, usta, mergan, sardor, yoyandoz, jag‘-jag‘, botir, nayzaboz, bayroqdor, chaqqon, maston, doston, boy, kalxat, sher, o‘g‘ri, vazir, domla, pahlavon singari apellyativlar shaxs nomlari bilan birgalikda qo‘llanilib laqab nom maqomiga o‘tgan. Quyida bu laqablarning ayrimlari xususida to‘xtalishga harakat qilamiz. Xalq dostonlarida qo‘llanilgan laqab nomlarni quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratib tadqiq etish mumkin: 1. Shaxsning kasb-kori, mehnat malakasi bilan bog‘liq nisbiy laqablar. 142 Professor E.Begmatovning qayd etishicha, bir qator laqablar kishilarning kundalik kasbi, doimiy va asosiy hunari, ma’lum sohadagi malakasi singarilar bilan bog‘liqdir. Shaxs qaysi kasb yoki hunar bilan shug‘ullansa, uning ismiga shu kasb yoki hunar qo‘shib aytiladigan bo‘lgan. Bunday shaxs mashg‘uloti nomi laqab o‘rnida keladi. “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘” dostonlari tilida ham ana shu holat bilan bog‘liq laqab nomlar ancha ekanligi aniqlandi: Yoqub pahlavon (JM), Asad mergan (JM // NS), Shodmon mergan (JM // NS //O), Sayxun usta (JM), So‘ltoq (Rahmat) o‘g‘ri (KN), G‘ulom cho‘pon (KN), Omongeldi cho‘pon (KN), Jopsok cho‘pon (KN), Dona cho‘pon (KN), Nazar cho‘pon (KN), Rajab cho‘pon (KN), Xoliyor cho‘pon (KN), Sherna baxshi(KN), Xalil mergan (KN), Sherali cho‘pon (KN), Xoliyor baxshi (KN), Halim mergan (KN), Haydar cho‘pon (NS), Qodir baxshi (NS), Qora baxshi (NS), Uldan cho‘ri (NS), Guldan cho‘ri (NS), Malin savdogar (NS), O‘tan o‘tinchi (NS), Durbek dobilboz (NS), Yoqub bayroqdor (NS), Yusuf nayzaboz (NS), Ko‘nak yoyandoz (NS), Qarag‘ay mergan (NS), 142 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 213-215. 55 Ovul mergan (O), Malla sabzifurush (O), Farmon podachi (O), Bahovuddin darvozabon (O), Omon mergan (O), Yomon mergan (O) kabi. 2. Shaxsning amal va unvoniga nisbatan berilgan laqablar: Donish vazir (JM), Bek Shodmon (JM), Ashurbek sardor (JM //NS), Go‘ro‘g‘li sulton (JM // NS), Ali mulozim (NS), Gali mulozim (NS), Ma’murxon podsho (NS), Vali vazir (NS), Shermon mahram (NS), Shoniyoz podsho (O), Vazirsho vazir (O), To‘njurxon mahram (O), Xoldorxon mahram (O), Kichkintoy mahram (O), Ko‘char oqsoqol (O), Janda mirzo (KN) kabi. 3. Diniy ma’noli nisbiy laqablar: Og‘a Yunus pari (JM // NS ), Misqol pari (JM // NS), Xo‘ja Yusuf domla (JM), Olovxo‘ja eshon (O), Chuvdali so‘fi (O), kabi. 4. O‘xshatma laqablar: “Nurali va Semurg‘” dostonida doston qahramonlaridan biri Guloyimning Gulpari yoki Tulpari laqabida yoki “Oyparcha” dostoni qahramoni Oyparchaga Parchaoy, Qirmizi parcha singari laqab nomlar bilan murojaat etilgan o‘rinlarga ham duch keldik. Bundan tashqari Rustami Doston (JM), Hazratqul kalxat (KN), Abdulla sher (KN) singari o‘xshatma laqablar ham biz tadqiq etayotgan dostonlar matnida qo‘llanilganiga guvoh bo‘ldik. 5. Shaxsning jismoniy kamchiligi motiv bo‘lgan laqablar. Marday manqa (O), Ko‘char ko‘r (NS) kabi. MANQA — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki a’zolarning zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya qo‘zg‘atadi. Manqa zoonoz infeksiya bo‘lib, aksari bir tuyoqli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, ko‘pincha, odamga manqa bilan og‘rigan otlardan yuqadi 143 . Ba’zan shaxsning jismoniy kamchiligi motiv bo‘lgan laqablar shaxsning shug‘ullanayotgan mashg‘uloti ta’sirida vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, Marday manqa singari. 143 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз .М ҳарфи. – Б. – 191. 56 6. Kishilarning xarakteri va harakatidagi tipik xususiyatlarga ishora qiladigan laqablar 144 . Qashqadaryo xalq dostonlari matnida ham Mengtosh jodugar (NS), Jang‘il jag‘-jag‘ (NS), Chori chaqqon (NS), Qoraxon botir (NS) kabi kishilarning xarakterini hamda harakatidagi tipik xususiyatlani aks ettiruvchi laqablar uchraydi. GULPARI – Guloyimning laqab nomi. “O‘zbek ismlari” lug‘atida ushbu nom quyidagicha izohlangan: gul va paridek ko‘rkam, sohibjamol, zebo qiz” 145 . “Nurali va Semurg‘” dostonida aynan shu nom bilan aytiluvchi she’riy matn ham keltirilgan: Gulparijon deyishadi, Zulfini shamol eshadi, Iroqidan jiyagi, Kovush betiga tushadi. Orqasidagi sochbovi, Tovoniga chalkashadi. Chakkadagi zar zulfak, Asl immadan oshadi. Hayla kelar Gulpari, Qirqin qizlardan ilgari. Boshidagi ro‘moli, Momosidan xotira. Qirqin qizlar semizi, Gulpariday cho‘tira. Tikka-tikka qaraydi, Nuraliday botira, 144 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 213-215. 145 Бегматов Е. Ўзбек исмлари. 14600 исмлар луғати. – Тошкент, 1998. – Б. 314. 57 Bo‘y-bastiga yarashgan, Ko‘ylakdagi setira. Hayla kelar Gulpari, Qirqin qizlardan ilgari. So‘ylab kelar qizgina, Chaydushdayin biqirdab, Bo‘yindagi bibishak, To‘shga tiysa shiqirdab. Oyog‘ida ko‘k kovush, Toshga tiysa tiqirdab, Yo‘lga chiqdi bibishim, Uloqdayin dikirdab. Hayla kelar Gulpari, Qirqin qizlardan ilgari. Oyim o‘zi xutday bo‘p, Ko‘ngillari xitday bo‘p, Badanining oqligi, Yangi sovgan sutday bo‘p. Ko‘kragining tuymasi, Endi pishgan tutday bo‘p, Nuraliga yuzlandi, Qutirayotgan itday bo‘p. Hayla kelar Gulpari, Qirqin qizlardan ilgari. Shamol kelib tiyishar, Boshdagi ro‘moliga. 58 Yigitlar oshiq bo‘lar, Oy to‘lgan jamoliga. Yetibdi-da juvarmark, Yigirmada kamoliga. Ariqda suv mavj urar, Yelib o‘tgan shamoliga. Hayla kelar Gulpari, Qirqin qizlardan ilgari 146 . 3. “Kelinoy yoki Norguloy”, “Jorxun maston”, “Oychinor” (Qodir baxshi Rahimov), “Nurali va Semurg‘” (Qora baxshi Umirov) va “Oyparcha” (Umir shoir Safarov) dostonlarida qo‘llanilgan badiiy qahramon nomlari. Tadqiqotlarda ta’kidlangan badiiy qahramon darajasida sanaladigan nomlardan ham qashqadaryolik baxshilar ijro etgan dostonlar matnida keng foydalanilgan: Go‘ro‘g‘li (JM // NS), Rustami Doston (JM // NS), Alpomish (KN), Barchin (KN), Yusuf (NS), Avazxon (NS // JM), Nuralixon (NS // JM), Tohir (KN), Zuhra (KN), Majnun (KN), Layli (KN), Hasan (KN), Husan (KN) kabi nomlar yuqoridagi dostonlari tilida qo‘llanganini ko‘ramiz. Quyida ba’zi mashhur qahramon nomlari izohiga to‘xtaldik. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling