Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karim
BARCHIN [o‘z.] (Barchinoy, Oy Barchin, Gul Barchin, Barchin suluv)
– shoyi mato, ipak mato, parchin yoki balchin – barchin – go‘zal, zebo qiz. «Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq og‘zaki ijodidagi qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi an’anaviy obraz hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga o‘z samimiy munosabatlari, katta e’zoz va hurmatlarini bildirganlar, ayollar ham yuksak insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar. Ba’zi tarixiy rivoyatlarda Barchin o‘g‘uz qabilalariga beklik qilgan ayol. Bugungi kunda bu nom poetonim sifatida zamonaviy adabiy turlarga mansub bo‘lgan she’riy, nasriy, dramatik asarlardan ham joy olgan. Xususan, bu nom turli-tuman lingvopoetik va uslubiy vazifalarni bajarish uchun ham xizmat qilib kelmoqda. “Endi cho‘ponlar, ko‘nsanglar shul Norguloy So‘ltoqniki bo‘ldi, qolgan cho‘ponlar oy Barchinni ololmagan to‘qson alpday bo‘lib qoldi”, – dedi Dono cho‘pon. (KN-55). 60 LAYLI [a.] – tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (savsan)dek go‘zal qiz. Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan folklor hamda yozma shakldagi adabiy yodgorlik hisoblangan “Layli va Majnun” dostonining asosiy qahramonlaridan biri. Layli nomi “Kelinoy yoki Norguloy” dostoni matnida ham Majnun nomi bilan birgalikda qo‘llanilgan va bu nomni bugungi kunda haqiqiy ishqqa sodiq insonlar, hijron, ishq-muhabbat ramzi deb hisoblashadi, shu sababdan Layli nomi ko‘plab ijodkorlar asarlariga poetonim sifatida ko‘chgan. Oppoq siynangni ko‘rganda, Tohir Zuhrodan qochguday, Ochsang ko‘ylakning yoqasin, Majnun Laylidan kechguday. (KN-47). HASAN [a.] – yaxshi, tuzuk; chiroyli. Ba’zi manbalarda ezgulik; fasohat ma’nolarni anglatishi qayd etilgan. “Jorxun maston”, “Nurali va Semurg‘” dostonlaridagi asosiy qahramonlardan birining nomi. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarda Go‘ro‘g‘lining asrandi o‘g‘li deb ta’kidlangan. Bu nom xalq dostonlari namunalarida oliyjanob, mard va adolatli shaxs sifatida tilga olingan. “Ravshanxon” dostonida uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tib qahramonlik ko‘rsatgan. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi barcha dostonlar matnida Hasanxon nomi uchraydi. Duch kelganni jolmab tutsa, Dushmanlarning kuni bitsa, Sermab osmon-ko‘kka otsa, Hasanxon bobong shul bo‘ldi. (NS-159). Xalq dotonlari tilida qo‘llangan Rustami Doston, Yusuf, Tohir, Zuhra, Majnun, Layli, Barchin, Hasan, Husan singari kishi nomlarining ma’lum bir maqsad yoki niyatni ifoda etishi hamda bu nomlarning keyingi davrlarda yaratilgan badiiy asarlarga ko‘chishida, shubhasiz, baxshilarning xizmati katta. 4. “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Nurali va Semurg‘” va “Oyparcha” dostonlari tilida qo‘llangan diniy-situativ nomlar. Qashqadaryolik baxshilar dostonlari tilida bunday nomlar ham qo‘llanganini kuzatdik: Misqol pari (JM // NS), Og‘a Yunus pari (JM // NS), G‘ani mullabachcha (Jorxun maston), Xo‘ja Yusuf domla (JM), Xo‘jayi Xizir // Xidir(a.s.), Yusuf payg‘ambar 61 (NS), Muso (NS), Iso (NS), Maryam (NS), Muhammad (NS), Hotam (NS), Odam (NS), Karim (NS), Rahim (NS), Jabbor (NS), G‘affor (NS), Qahhor (NS), Sattor (NS), Xo‘jamuhammad (KN), Olovxo‘ja eshon (O), Chuvdali so‘fi (O) kabi. Odatda Qashqadaryo xalq dostonlari matnida asar qahramonlari o‘zlarining mushkul damlarini unutishi uchun hamda hayotida yaxshilik, ishlarida rivojlanish, sog‘lig‘ida tiklanish bo‘lishini xohlashganligi bois ollohga va uning payg‘ambarlariga, farishtalarga, o‘zlari sig‘inadigan eshon-u mullalarga, pirlarga yordam so‘rab murojaat qilgan. Ana shunday vaziyatlarda diniy-situativ nomlarga duch kelamiz. Buni quyidagi misollar orqali ham ko‘rishimiz mumkin: Sen Karimsan, ham Rahimjon, yo Jabbor, Bir oting G‘affordir, bir oting Qahhor, Bir oting Samaddur, bir oting Sattor, Ber murodin, bandang ojizdir senga. Barchaning otasi Odam hurmati, Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling