Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Muso  bilan IsoMaryam hurmati, 
Payg‘ambar sardori Hotam hurmati, 
Ber murodin, bandang ojizdir senga. 
Yer-u ko‘kni haq aylagin, yo Rahim
Sen qodirsan, mushkulini qil oson, 
Ber murodin, bandang ojizdir senga
147

Yoki “Oyparcha” dostonidagi Shoniyoz podshoning Olovxo‘ja eshonga 
arzini aytib, yig‘lab turgan joyiga e’tibor qarataylik. 
Ulug‘ pirim, mening arzim sizga shul, 
Bu Zangarga podsholik qilib shuncha yil. 
Kundan kunga qayg‘u bosib bo‘ldim sil, 
O‘lgan kunim keynimda yo‘q qiz-u ul
148

147
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213-215.
148
Умир шоир Сафаров. “Ойпарча”. Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари.Юз жилдли. 8-жилд –Тошкент: 
Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2016. Б –191. 


62 
Umuman olganda, diniy-situativ nomlar doston qahramonlarining qiyin 
ahvolga tushgan o‘rinlarida faol qo‘llanilib, ularni chorasizlikdan qutqarish yoki 
asarda vujudga kelgan badiiy tugunni yechib yuborishda muhim vazifani 
bajaradi hamda nido deb nomlangan badiiy san’atning vujudga kelishiga zamin 
yaratadi. 
 
2.2. Dostonlardagi toponimlarning lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlari 
Xalq dostonlari onomastikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda qayd 
etilishicha, dostonlar tilida tarixiy real joy nomlari ko‘plab uchraydi. 
Tadqiqotchi Q.Olloyorovning yozishicha, Xorazm dostonlarida Arzirum, 
Bayramali, Balx, Basra, Bag‘dod, Badaxshon, Vazir, Seyiston, Saroy, Sabzavor, 
Tabriz, Sangar, Kashg‘ar, Kandahor, Xalab, Kuhiston, Madina, Makka, Mori, 
Mashhad, Nishopur, Oltoy, Yaman, Shom, Andijon, Buxoro, Urganch, Xiva, 
Chorjuy, Toshkent va boshqa toponimlar qo‘llanilgan. Bu nomlarning ayrimlari 
o‘z joylashish arealiga ko‘ra Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga 
aloqador bo‘lsa, boshqalari o‘zga hududlarga xosligi e’tirof etiladi. 
Biz tadqiq etayotgan “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”, 
“Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” dostonlari tilida ham real tarixiy joy 
nomlaridan quyidagilar uchraydi: Termiz (O), Angar (O), Zangar (O), Nov 
(Yangi) shahar (O), Gurjiston (NS), Samarqand (KN), Boysin // Boysun (KN), 
Tangiharam(KN), Sayrob (KN), Sherobod (KN), Pachkamar (KN), Buxoro 
(KN), Qandohar (KN), Qo‘qon (KN), G‘uzor (KN), Regar (KN), Darband (KN), 
Hisor (KN), Isfaxon, Qarshi (KN // JM)), Sho‘rob (KN), Oqdovon (KN), Konsoy 
(KN), Sultonrabot (KN), Tobatosh (KN), Laylimkon (KN) kabilar.
Ma’lumki, dostonlar tilida qo‘llanilgan ba’zi nomlar baxshi-shoirning 
dunyoqarashi, bilimi va syujet rivojining talabi asosida qo‘llanilgan bo‘ladi va 
bunday nomlar tadqiqotlarda noreal nomlar sifatida qayd etib kelinadi. Ko‘rinib 
turibdiki, bunday nomlarning asosiy qismi uslub talabi bilan yoki voqeani 


63 
bo‘rttirish va kuchaytirish maqsadida ishlatilgan bo‘ladi. Ularni bugungi kunda 
biror hudud bilan bog‘lashning iloji yo‘q. Ana shu toifaga kiruvchi o‘ylab 
topilgan (noreal) nomlar sifatida Xorazm dostonlari onomastikasiga 
bag‘ishlangan ishda Vahshat, Zarrin (Qal’ayi Zarrin), Shahrizar, Kuhi Qof, 
Chambil, Shahri Shabiston, Shakar ko‘li, Yulduz tog‘i va boshqalar keltirib 
o‘tiladi. Shuningdek, tadqiqotchi o‘z ishida Xorazm dostonlaridagi ayrim 
to‘qima nomlar bir paytning o‘zida birdan ortiq obyektlarni anglatib kelganligini 
ham alohida qayd etib o‘tadi. Jumladan, Arpa cho‘li//Arpali ko‘li; Zebit 
cho‘li//Zebit shahri; Xunxor daryosi//Xunxor mamlakati; Yovmit davlati//Yovmit 
dashti; Asqar tog‘i//Asqar cho‘li//Asqar ko‘li; Kashol g‘ori//Kashol eli singari 
toponimik nomlar shular jumlasidandir. 
Biz tadqiq etayotgan dostonlar matnida ham shunday holatlarni 
ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi dostonlar matnida qo‘llangan noreal nomlar 
sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: Xidir cho‘li (O), Qulon tog‘ (O), 
Ko‘yi Qof (NS // JM), Chambil (NS // JM), Sunduz tog‘i (NS // JM), Zarchaman 
cho‘li (NS), Shiram tog‘ (NS), Shahribarbar shahri (NS), Asqar tog‘ (NS // JM), 
Jayxun mamlakati (NS), Shahrig‘ulg‘ula shahri (NS), Keraga tog‘ (NS), 
Palopon tog‘i (JM), Qulduston mamlakati (JM), Quldus shahri (JM), Junxay 
tog‘i (JM) Bolxuvon (JM), Oqtosh mamlakati (JM // KN), Pahlavon (JM), Arpali 
cho‘li (JM), Hovdak ko‘li (JM), Xidir dashti (O // NS), Zarchashma bulog‘i 
(JM), Oqbet tog‘i (KN), Oqbosh tog‘i (KN), Gala (KN), Dumachovli dashti 
(KN), Gilambaxt (KN), Ko‘ytan (KN), Malik cho‘li (KN), Qo‘rg‘ontosh (KN), 
Kallatosh (KN), Qizil qiya (KN), Qizil qoya (KN), Gilambob (KN), Chakchak 
tog‘i (KN), Chilmochin mamlakati (NS) kabi
“Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki 
Norguloy”, “Oychinor” dostonlari matnida ham bir toponimik nom bir vaqtning 
o‘zida birdan ortiq geografik obyekti nomi sifatida qo‘llanishiga ham duch 
keldik: Quldiston mamlakati//Quldus shahri, Chambil shahri//Chambil davlati, 
Oqtosh shahri//Oqtosh mamlakati, Ko‘ytang tog‘i//Ko‘ytang yaylovi//Ko‘ytang 


64 
darasi, Oqtog‘//Oqdovon, Qo‘ng‘irot (joy nomi)//Qo‘ng‘irot (el, xalq), Jayxun 
mamlakati// Jayxun daryosi // Jayxun oroli, Taka yovmit shahri// Taka yovmit 
eli, Hovdak ko‘li // Hovdak yo‘li kabi. 
“Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki 
Norguloy” va “Oychinor” dostonlari tilida qo‘llanilgan real nomlardan 
ayrimlarini izohlashga harakat qilamiz:
BOYSUN [o‘z.] – Surxondaryo viloyatidagi shahar, Boysun tumani va 
uning markazi. Ketmonchopti tog‘inig yonbag‘rida joylashgan.
«Boysun»
atamasi qadimgi turkiycha «boy» va «sin»dan olinib,
«ulug‘ tog‘» yoxud «katta 
tog‘» ma’nosini anglatgan. Qadimgi turkiy qavmlarda 
boshqa 
narsalarga 
sig‘inishlar qatorida tog‘ga sig‘inish ham mavjud bo‘lib, tog‘lar
muqaddas sanalgan. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda qadimdan 
turkiy qavmlarning badavlat kishilari yashagan bo‘lib, 
«Biysun» atamasi
«boylar qishlog‘i» ma’nosini anglatgan. Bu nom 
Qodir baxshining “Oychinor” 
va “Kelinoy yoki Norguloy” dostonlari matnida uchraydi. Boy odamlari bilan 
Hisor viloyatini qarab, oradan 25 kun o‘tib, Boysunga kelib choyxonadan choy 
ichib turib edi, shohsupada o‘tirgan boylar qo‘shilib gurung qila berdi.
(KN-73). 
BUXORO [sans.//sug‘d.] – 
«tangri jamoli». O‘zbekistonning janubiy 
g‘arbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Bu shahar nomi 
Qodir baxshi Rahimov kuylagan “Kelinoy yoki Norguloy” dostoni matnida ham 
uchraydi. Bilaguzuging oltindan, Samarqand bilan Buxorday, yaltillab turar 
ko‘zlari, sakson ikki ming shaharday. (KN-49). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling