Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

QARSHI [mo‘g‘.] – ko‘shk, saroy. Qashqadaryo viloyati markazi. Qarshi 
miloddan avval ham aholi yashash manzilgohi bo‘lgan. Uzoq o‘tmishda Bolo, 
Nashebolo, o‘rta asrlarda Nasaf, Naxshab deb atalgan. Arab, ayrim fors 
qo‘lyozma manbalarida Nasaf Naxshabning o‘zgartirilgan, arab tiliga moslangan 
shakli deb qayd etilgan. Qarshi nomi XIV asr boshlaridan ma’lum. XVII asr 
tarixchisi Mahmud ibn Valining aytishicha, “Kepakxon mo‘g‘ul u yerda bir 
ko‘shk qurgan edi va mo‘g‘ul tilida ko‘shkni Qarshi ataganlari uchun o‘sha 
vaqtdan boshlab ul shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo‘ldi
154
Qarshilar bilan 
G‘uzora, Borguncha olti guzara, Bo‘yningda kuyov munchog‘ing, Qandaylar 
yigit uzara. (KN-50). 
G‘UZOR – Qashqadaryo viloyatidagi G‘uzor tumani markazi, shahar. 
Professor T.Nafasov viloyatlar qishloqlari haqidagi kitobida G‘uzor toponimi 
to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: “G‘uzor – tuman (1926), shahar (1977). 
Qadimgi turkiy toshbitiklarda Xuzor/Xuzar/Xazar tarzida bitilgan nomning 
tarkibi, ma’nosi, qaysi tilga mansub so‘zligi noaniqroq. Muhimi – bu nomning 
Xuzor/Xuzar/Xazar tarzida V – VII asr qadimgi turkiy yodnomalarda bitilgani 
va turkiy xalqlar yashaydigan eng chekka hududdagi shahar nomi sifatida izoh 
berilganidir. Xalq rivoyatlarida turlicha izohlanib keladi: xuk+zor – cho‘chqa 
yo‘llari bo‘lgan joy. Yoki mo‘g‘ulcha gazar (tal gazar) – cho‘l, dasht joy; xal 
gazar – eng chekka joy. Bu izohlarning hammasini ilmiy izoh deb bo‘lmaydi. 
G‘uzor nomi turkiy xazar etnonimi bilan bog‘liq bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. 
Xazar/hazar – qadimgi turkiy qabila, xalq nomi. Xazar/Hazar qabilalar ittifoqi 
153
Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси. Қ ҳарфи. – Б. – 465-466.
154
Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси. Қ ҳарфи. – Б. – 73.


68 
yaqin o‘tmishda Afg‘oniston hududida yashaganligi ma’lum. Kavkazda – 
Kaspiy dengizi atrofida o‘tmishda Xazar davlati bo‘lgan. Kaspiy dengizi Xazar 
dengizi deb ham atalgan. O‘zbekistonning turli tuman va viloyatlarida Xazara
G‘azara, G‘azira, Hazira, Hazora, Hazara kabi tovush qiyofasida farqlanadigan 
qishloq nomlari bir nechta. Shu nomlar ham G‘uzor nomi bilan adashlikka ega. 
Qadimgi turkiy qabila, xalq nomidan G‘uzor nomi yaralgan”
155


Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling