Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

XIZIR [a.] –  
islom rivoyatlaridagi shaxs, taqvodor inson.
Xizir 
“Qur’on”da tilga olinmagan, lekin ulamolar “Qur’on”da «Allohning quli» 
nomi bilan tilga olingan shaxsni
Xizir deb talqin qiladilar. Xizirga odamlarda 
Allohga bo‘lgan e’tiqodni qo‘llab turish uchun Iso, Idris singari abadiy hayot 
ato etilgan, shu sababli ham Xizir boqiy hayot degan qarashlar mavjud va 
mardlarning yo‘ldoshi va rahnamosi sifatida talqin qilinadi. Jilovni ushlab 
qo‘liga, Tushdi yorining yo‘liga, Qaramay o‘ng-u so‘liga, Yo‘ldoshim bo‘lsin 
Xizir deb, Mindi otning beliga. (NS-20).
Umuman olganda, teonimlar miqdori xalq dostonlari matnida juda ko‘p 
miqdorda bo‘lmasa-da uchraydi. Qashqadaryo xalq dostonlarini tadqiq qilishda
ko‘pincha teonimlar chigal vaziyatga tushib qolgan qahramonlarning ulardan 
madad so‘rab, marhamat kutgan paytdagi nutqida qo‘llangan o‘rinlarga duch 
keldik.
“Nurali va Semurg‘” dostonida demononim ham qo‘llangan. Demononim 
– iblis, shayton; jin kabilarga berilgan maxsus nom
184
. “Nurali va Semurg‘” 
dostoni matnida Xonnoz nomi uchraydi. Bu nom “shaytonning o‘g‘li” sifatida 
izohlangan, shuning uchun biz ushbu nomni demononim sifatida qayd etdik. 
Nurali o‘rtadan nasiyasi naq bo‘lib, dumog‘i juda choq bo‘lib, o‘ziga 
ko‘ngli to‘q bo‘lib, sevinganidan o‘zida yo‘q bo‘lib, uylariga kelib shu kecha 
183
Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 5. 
184
Теория и методика ономастических исследований. С. 9-10. 


82 
uxlolmay yotdi, ertalab tong otdi, onasidan oldin turib kiyinib uydan chiqib 
ketdi, ana-mana deguncha, ikki kampir bir shaftolini yeguncha, Xannozning 
tozisiday jalanglab sayl bog‘ning yo‘liga yetdi
185
.
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan abionimlar. Abionim 
termini “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati”da tabiiy yoki 
notabiiy (inson tomonidan yaratilgan) jonsiz obyektilar, narsalar, hodisalarning 
atoqli oti sifatida izohlangan
186
. Xalq dostonlari matnida abionimlar juda faol 
bo‘lmasa-da, qo‘llanganining guvohi bo‘ldik. Jumladan, Qodir baxshi Rahimov 
kuylagan “Jorxun maston” dostonida Misqol pari bog‘i, Og‘a Yunus bog‘i, 
“Nurali va Semurg‘” dostoni matnida esa Eram bog‘i singari abionimlar 
uchraydi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling