Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

 
ERAM [a. — Sharq mifologiyasida: Yamanda podshoh Shaddod tomoni 
dan bunyod etilgan afsonaviy bog‘]: bog‘i eram yoki eram bog‘i. Go‘ro‘g‘li 
sulton Eram bog‘idan Yunus parini, Ko‘hi Qofdan Misqol parini olib kelib 
xotinlikka ko‘ndirdi. (NS-5). 
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida miqdor jihatdan juda kam bo‘lsa-
da, godonimlar ham uchraydi. Godonim termini “O‘zbek onomastikasi 
terminlarining izohli lug‘ati”da (yun.obo – ko‘cha, yo‘l +onoma – atoqli ot) – 
shahardagi liniyali obyektilar (shoh ko‘cha, ko‘cha, tor ko‘cha, bulvar, xiyobon, 
suv qirg‘oqlari, sohillari va b.) atoqli oti. Urbanonim turi sifatida izohlangan
187

Qodir baxshi Rahimov kuylagan “Jorxun maston” dostonida Gulzor 
ko‘cha godonimini uchratdik
188

GULZOR [f.] – Gul bilan qoplangan joy. “Jorxun maston” dostoni 
matnida uchraydigan ko‘cha nomi. Bu so‘zlarni Avaz Nuralibekka aytdi. Nurali 
ham bu so‘zlarni bilib, duoni, nasihatni olib, olqordek bo‘lib, ikki ko‘zi yonib, 
185
Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 7 
186
Бегматов Е., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. Б-11. 
187
Бегматов Е., Улуқов Н. “Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати”. – Наманган, 2006. Б.26. 
188
Қодир бахши Раҳимов. “Жорхун мастон”. // WWW Зиёуз.ком кутубхонаси.– Б. – 56. 


83 
ko‘ngli ko‘tarilib, Gulzor ko‘chadan o‘tib, Charmgarga yetib qarasa, G‘anibek 
ham tayyor bo‘lib yo‘lda turibdi. (JM-56). 
 
Bob bo‘yicha xulosa 
1. Xalq dostonlari onomastikasi, shu jumladan, antroponimlarga 
bag‘ishlangan ishlarda kishi nomlari 1) tarixiy shaxslar nomlari, 2) dostonlar 
tilida qo‘llangan laqab nomlar 3) dostonlar tilida qo‘llanilgan badiiy qahramon 
nomlari, 4) dostonlar tilida qo‘llanilgan mifik va diniy-situativ nomlar kabi 
lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga ajratilgan. Qashqadaryo xalq dostonlaridagi
onomastik birliklar ham xuddi shunday lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga ajratib 
tahlil qilindi.
2. “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor”, “Nurali va 
Semurg‘” hamda “Oyparcha” dostonlari tilidagi antroponimlarning ma’lum 
qismi laqab bilan atalgani dostonlar matnida uchraydigan nomlar tarkibidagi 
og‘a, pari, cho‘ri, usta, mergan, sardor, yayondoz, jag‘-jag‘, botir, nayzaboz, 
bayroqdor, chaqqon, maston, doston, boy, kalxat, sher, o‘g‘ri, vazir, domla, 
pahlavon singari apellyativlar shaxs nomlari bilan birgalikda qo‘llanilib, laqab 
nom maqomiga o‘tganligi aniqlandi. 
3. Qashqadaryo xalq dostonlari tilidagi toponimlar real yoki norel 
toponim sifatida ajratilib, real toponimlar alohida tahlilga tortilgan. Ba’zi noreal 
toponimlarning ham doston voqealaridan kelib chiqib joylashuv o‘rni 
aniqlangan. 
4. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan boshqa tur onomastik 
birliklar, jumladan, zoonim, etnonim, oronim, astronimlar ham alohida tahlilga
tortilib, matn badiiyligini oshirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr bildirildi. 
5. Dostonlar tarkibida qo‘llangan ba’zi onomastik birliklar bir paytning 
o‘zida birdan ortiq nominativ vazifani bajara olishi tahlillar orqali isbotlandi. 


84 
6. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida uchragan antroponim, toponim, 
zoonim va boshqa onomastik birliklar keyingi davrlarda yaratilgan badiiy 
matnlar uchun boy manba bo‘libgina qolmasdan, ularga turli xil uslubiy-estetik 
bo‘yoq ham bera olishi misollar bilan dalillandi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling