Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

 
 
3.1.3.Arabcha 
nomlar. 
Markaziy 
Osiyoni 
arablar 
egallagach 
osiyoliklarning bolaga nom berish odatlarida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunga, 
avvalo, arablarning tili hamda islom dinining ta’siri sabab bo‘ldi. Shu bois ham 
o‘zbek ismlari ichida bir qismi diniy ma’noli arabcha nomlar juda faol 
uchraydi. Arablar istilosidan keyin o‘zbek tili leksikasiga arab tilining lug‘aviy 
elementlari ham kirib kela boshladi. “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, 
“Kelinoy yoki Norguloy” va “Jorxun maston” dostonlarida arabcha so‘zlardan 
yasalgan onomastik birliklar yetakchi o‘rinni egallagan, negaki arablar 
bosqinidan so‘ng islom dini va arab yozuvi mahalliy aholiga majburiy tarzda 
singdirib borilgan
195
. 
Antropnimlar tadqiqi bilan maxsus shug‘ullangan nomshunos olim 
E.Begmatov o‘zbek onomastikasiga arabcha nomlarning ikki xil yo‘l bilan kirib 
kelganligi haqida to‘xtalar ekan: “Birinchidan, islom dini mahalliy aholining 
oldindan mavjud bo‘lgan nom berish odatlarini o‘zgartirdi va unga yangi diniy 
tendensiyalarni kiritdi. Endi bolaga beriladigan ismlar arab so‘zlaridan iborat 
bo‘lib, islom dini aqidalarini o‘zida mujassamlashtirgan nomlar bo‘lib qoldi. 
Ikkinchidan, mahalliy aholi keyinchalik arabcha nomlarga ko‘nikib qoldi va 
an’anaga aylanib qolgan arabcha ismlarni o‘z o‘g‘illari va qizlariga qo‘yadigan 
bo‘ldi
196
”, – deb yozadi.
Bola uchun nom berishga oid islomda ba’zi aniq qoida va ko‘rsatmalar 
mavjud bo‘lib, uni sidqidildan bajarish musulmonlar uchun farz hisoblangan,
shuning uchun islom dinining qonun-qoidalarini o‘rgatish va tushuntirishga 
mo‘ljallangan ko‘plab adabiyotlarda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilgan.
195
Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент, 1981. – Б.112-114. 
196
Бегматов Э.А. Ўзбек тили антропонимикаси. Номзодлик диссертацияси. – Тошкент, 1965. – Б.108. 


95 
Musulmonlar hayotidagi har bir o‘zgarish, yangilanish yoki g‘amginlikni 
faqat buyuk yaratuvchi, ya’ni Allohdan deb bilganliklari uchun farzandlariga 
nom berishda ham “Oliy mo‘jiza”, Allohning ko‘rstmalari bitilgan “Qur’oni 
Karim”dagi fikrlarga tayanishgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom 
300 ta ish va harakatdan musulmonlarni qaytargan. Bulardan ikkitasi: 
“Farzandga ma’nosiz va nafratli nomlar qo‘yish”, “Farzandga ortiqcha maqtovni 
eslatadigan ism qo‘yishdir”. 
Musulmonlar farzandlariga nom berish jarayonida Allohing 99 ismlari 
asosida hosil qilingan ismlardan foydalanishgan. Nomshunos olim E.Begmatov
islomning talablaridan biri musulmonlarning farzandlariga qo‘ygan nomi 
Allohning nomi bilan ma’nosiga ko‘ra teng kelib qolmasligini hamda Alloh
nomlaridan ustun turmasligi kerakligini ta’kidlagan. Shu bois, odatda, Allohning 
nomidan yasalgan ismlar tarkibida arabcha “abdi” (qul), forscha “g‘ulom”, 
turkiy “qul” yoki o‘sha ma’noga yaqin tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning 
kelishi odat tusiga aylangan. Hozirda o‘zbek tili leksikasida Allohning muborak 
va go‘zal nomlari asosida yasalgan ko‘plab ismlar bor hamda ular o‘zbek 
kishilarining atoqli otlari sifatida talqin qilinadi. Onomastika sohasiga oid 
adabiyotlarlarda diniy ruhdagi o‘zbekcha ismlarning ikkinchi manbasi sifatida 
payg‘ambarlarning nomlari ko‘rsatiladi.
Tarixan arab tilidan o‘tgan so‘zlarning ayrimlari tilimizga o‘zlashib, 
hozirda boshqa tildan o‘tganligi sezilmas darajaga kelib qolgan. Professor 
F.Abdullaevning qayd qilishicha, «biz bunday so‘zlarni tamomila o‘zlashtirib, 
o‘z so‘zimizdek turlayveramiz, yasovchi qo‘shimchalar vositasi bilan ulardan 
yangi so‘zlar yasaymiz»
197

1. Antroponimlar guruhi. Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo xalq 
dostonlarida arab tiliga mansub nomlar yetakchi o‘rin egallagan. Masalan,
Olovxo‘ja (O), Vazirsho (O), Rahmat (O // KN), Mansur (O // NS), Bahovuddin 
197
Абдуллаев Ф. Ўзбек тили лексикасининг баъзи бир масалаларига доир // Тил ва адабиёт институти 
асарлари. I том. – Тошкент: Фан, 1948. -Б. 89. 


96 
(O), Omon (O), Sohibjamol (O), Nurali (JM //NS), Misqol (JM // NS), G‘ani 
(JM), Xidir // Xizir (JM //NS), Asad (JM // NS), Ashurbek (JM), Shohnodir (JM), 
Ali (JM // NS), Hasan (JM // NS), Qodir (JM // NS), Malik (JM), Murod (JM), 
Abdiolim (JM // KN), Mustafo (NS), Muhammad (NS), Ma’murxon (NS), 
Mahmud (NS), Ahmad (NS), Hotam (NS), Karim (NS), Rahim (NS), G‘affor 
(NS), Qahhor (NS // KN), Samad (NS), Sattor (NS), Soqibulbul(NS // JM), Vali 
(NS), Qumri (NS), Haydar (NS), Shukuraliboy (KN), G‘ulom (KN), Majnun 
(KN), Nazar (KN), Rajab (KN), Abdullaxon (KN), Xalil (KN), Hazratqul (KN), 
Janda (KN), Usmon (KN), Abdiqodir (KN) kabi nomlar shu qatlamga kiradi.
Biz qashqadaryolik baxshilar kuylagan dostonlar tarkibida arab tilidan
o‘zlashgan antroponimlarning ayrimlari tahliliga to‘xtalamiz.
RAHMAT [a.] – shafqatli, rahmdil, mehribon. “Oyparcha’”, “Kelinoy yoki 
Norguloy” dostonlaridagi asosiy qahramonlardan birining nomi. Shu o‘raning 
katta o‘g‘risini So‘ltoq der edi. Asli oti Rahmat bo‘lib, uni hech kim bilmas edi. 
So‘ltoq ham yigirma besh yoshdan oshgan, bilaklari to‘lishgan, qaddi-qomati 
kelishgan, nor bilakli, sher yurakli, burgut qaboqli edi. (KN-6). 
ASAD [a.]asad oyida tug‘ilgan bola yoki asad – sher, arslon, ya’ni 
qo‘rqmas, dovyurak, qudratli bola.Jorxun maston”, “Nurali va Semurg‘” 
dostonlaridagi asosiy qahramonlardan birining nomi. Har ikkala doston 
matnida bu obraz mohir mergan sifatida e’tirof etilgan. Otin haydasa jonalab, 
O‘q otsa pisib panalab, Dushmanni qirsa donalab, Asad qarag‘ay shul bo‘ldi
(NS-160). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling