Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Toponimlar guruhi. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida o‘zlashma 
qatlamga mansub toponimlarga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin: 
JAYXUN MAMLAKATI 
[a.] 
– “Nurali va Semurg‘” dostoni matnida 
nomi tilga olingan bo‘lib, bu nom bir paytning o‘zida ham orol, ham daryo, 
ham mamlakat nomi bo‘lib kelgan. Momo: “Bizning mamlakatimizni Jayxun 
deydi, podshosini Mahmudxon deydi…” (NS-72). 
JAYXUN 
[a.] 
—  jo‘shqin daryo, azim daryo; Amudaryoning arabcha 
nomi. Bu nom “Nurali va Semurg‘” dostoni matnida qo‘llanilgan. 


98 
Moziylardan tarix degan noming bor,
Hech kim bilmas o‘tkir tig‘li daming bor, 
Odam chiqmas burum-burum guming bor, 
Ikkovini, Jayxun, senga topshirdim
198

3. Boshqa tur onomastik birliklar guruhi. Qashqadaryo xalq dostonlari 
matnida o‘zlashma qatlamga mansub zoonim, astronim, abionimlar ham 
uchraydi. Jumladan, Savr, Hamal, Hut kabi astronimlar; og‘a Yunus, Misqol 
pari singari abionimlar ham arab tilidan o‘zlashgan nomlar bo‘lib, bular 
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida faol qo‘llanilgan.  
3.1.4. Fors-tojikcha nomlar qatlami 
Qashqadaryo xalq dostonlari tilida fors-tojikcha nomlar turkiycha va 
arabcha nomlarga nisbatan kamroq qo‘llanilgani kuzatildi. Gulnor // Gulinor 
(JM // NS), Bobo Zangi (JM), Gulisanobar (JM), Donish (JM), Xoliyor
(JM // KN), Shodmon (JM // NS // O), Gulisara (JM), Guliruxsor(JM), 
Gulparcha (O), Xolparcha (O), Xoldorxon (O), Farmon (O // NS), Mirza (O), 
Shoniyoz (O), Guloyim (NS), Chori (NS), Zarkokil (NS), Sherman (NS), Gulpari 
(NS), Norguloy (KN), Sherdan (KN), Xo‘jamahmud (KN), Farhod (KN), Dona 
(KN), Sherna (KN), Sherali (KN), Gulandom (KN), Pirmat (KN), Gulsim (KN), 
Xoldon (KN) kabi nomlar ana shu tillardan o‘zlashgan. Bu nomlarning 
ayrimlarining tahliliga to‘xtalamiz. 
GULNOR [f.] – anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda 
tug‘ilgan qiz. “Jorxun maston” hamda “Nurali va Semurg‘” dostonlaridagi 
asosiy qahramonlardan biri. Go‘ro‘g‘lining asrandi o‘g‘li Avazxonning qizi
Nuralining opasi sifatida tasvirlangan. Avazxon Qoraxonning qizi Uzumko‘zni 
olib, undan ikki farzandli bo‘ldi. Qizining otini Gulnor, o‘g‘lining otini 
Nurali qo‘ydi. (NS-5). 
198
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213-215.


99 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling