Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

 
GULANDOM [f.] – gulbadan, gulqad, gulbichim, xushbichim, nozik 
badan, nozanin, go‘zal, latofatli qiz. “Kelinoy yoki Norguloy” dostonidagi 
qahramonlardan birining nomi. Uchsa bulbuldan so‘ragan, Ko‘rgan tushini 
jo‘ragan, Sevganim qachon kelar deb, Jopsarni yorib qaragan, Yur 
Gulandomga boraylik, Jamoli shomga boraylik. (KN-82). 
Yahudiycha nomlar. Turkiy tillar taraqqiy etish jarayonida turkiy 
bo‘lmagan xalqlar, jumladan, yahudiylar tilidan ham so‘z o‘zlashtirgan. Biz bu 
jarayonni o‘zimiz tadqiq etayotgan xalq dostonlari matnidagi antroponimlarni 
etimologik tahlil qilish jarayonida ham kuzatdik. Xalq dostonlari matnida 
arabcha, fors-tojikcha nomlardan tashqari yahudiycha nomlar uchraydi.
Sulaymon (NS), Yunus (NS // JM), Yusuf (NS // JM), Muso (NS), Maryam 
(NS), Iso (NS), Yoqub (NS // JM), Odam (NS), Ismoil (KN) kabi nomlar ana shu 
tildan o‘zlashgan. Bu nomlarning barchasi dostonlar matnida qo‘llangan din 
arboblari, shuningdek, diniy tushuncha va e’tiqod bilan bog‘liq nomlar sanaladi.
YUNUS [yah.]kaptar, kabutar. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi xalq 
dostonlarida Go‘ro‘g‘lining rafiqalaridan birining nomi hisoblanadi. Go‘ro‘g‘li 
sulton Eram bog‘idan Yunus parini, Ko‘h Qofdan Misqol parini olib kelib 
xotinlikka ko‘ndirdi. (NS-5). 
MUSO [yah.] –
suvdan tortib, chiqarib olingan
. “Qur’on”da tilga olingan 
payg‘ambarlardan biri. 
Barchaning otasi Odam hurmati, Muso bilan Iso, 
Maryam hurmati, Payg‘ambar sardori Hotam hurmati, Ber murodin bandang 


101 
ojizdir senga
199
. (NS-88). 
ODAM (Odamato)[yah] kishi, inson, haqiqiy inson; asli: yer, qizil 
tuproq, ya’ni bug‘doyrang, qorachadan kelgan odam. Islomga (shuningdek, 
iudaizm va xristianlikka) ko‘ra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi 
birinchi odam va inson zotining otasi. “Qur’on”ga ko‘ra, Alloh Odamni loydan 
o‘zining yerdagi o‘rinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga o‘z ruhidan jon
ato etgan. Odam Abulbashar (insoniyat otasi) deb ham ataladi. Barchaning 
otasi Odam hurmati, Ber murodin bandang ojizdir senga. (NS-88). 
ISMOIL [yah.] – “Xudo eshitdi” yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh 
tuhfa qilgan bola. “Tavrot”dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini 
Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ishmael 
(Ismoil) deb ism berishgan. Muhammad (s.a.v.)ning o‘g‘li ham Ismoil bo‘lgan. 
“Ey Ergashjon, bunchalik do‘mbira chertishingni bilmas ekanman. Bittasi 
Ergash tuyani qaytargan deyishadi, rostmi?” – deb so‘radi. “Men emas, – dedi 
Ergash, – u aytganingiz Ismoil tog‘am bo‘lgan, bir boyning tuyasini boqqan”
(KN-41). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling