Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

NURALI [a.] – kelajagi nurli, ravshan bo‘lib Alloh (Al-Aliy) o‘z panohida 
asrasin yoki Ali baxsh etgan baxt, omad.Jorxun maston”, “Nurali va 
Semurg‘” dostonlaridagi asosiy qahramonlardan birining nomi. “Go‘ro‘g‘li”
turkumidagi dostonlarda Go‘ro‘g‘lining nevarasi Avazxonning o‘g‘li sifatida 
e’tirof etilgan. Nurali Semurg‘ga qarab izg‘in tortib yig‘layberdi. Nurali kecha-
kunduz uxlamay kiprik qoqmay yigirma kun o‘tdi. Semurg‘ bir oh urib, bir 
tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilib yotdi. (NS-91). 


97 
MISQOL [a.] - xushbichim, zebo yoki qimmatli, nodir, tengsiz qiz. 
“Jorxun maston”, “Nurali va Semurg‘” dostonlaridagi asosiy qahramonlardan 
birining nomi. Go‘ro‘g‘lining rafiqalaridan biri. Bu obraz “Go‘ro‘g‘li” 
turkumidagi xalq dostonlarining barchasida uchraydi va Go‘ro‘g‘li sultonning 
eng yaqin maslahatgo‘ylaridan biri sifatida tasvirlanadi. Qashqadaryo 
dostonlarida bu nomni ham shaxs, ham bog‘ nomi sifatida uchratish mumkin. 
Go‘ro‘g‘li sulton Eram bog‘idan Yunus parini, Ko‘hi Qofdan Misqol parini olib 
kelib xotinlikka ko‘ndirdi. (NS-5). 
NAZAR [a.] – Allohning yoki avliyolarning nazari, muruvvati bilan 
tug‘ilgan bola, Alloh nazar qilgan bola. “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida 
Norguloyga ko‘ngil qo‘ygan cho‘ponlardan biri. Birinchi bo‘lib Nazar cho‘pon 
do‘mbirani qo‘liga olib ayta ketdi: Do‘mbiram, seni boqayin, Boshingga tupak 
taqayin, Norguloyni bir qaratsang, Ustingga baxmal yopayin. (KN-31). 
G‘ULOM [a.] o‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor, qul. 
Xudo yaratibdi husn boyiga, Yuz o‘girsa kun kuyadi joyiga, Qirq cho‘pon jonini 
bersa bo‘yiga, G‘ulom aytar jonon chaldi, yor chaldi. (KN-8). 
SHUKURALIBOY [a.] – xalifa Alidan minnatdormiz yoki bolali 
bo‘lganimiz uchun shukrlar qilamiz va Alloh (Al- Aliy) uni o‘z panohida 
asrasin. O‘tgan zamonda, Oqbosh tovdan tubanda, Oqbet tovning ustida Gala 
degan joy bo‘lib, u yerda Shukuraliboy degan katta boy yashar edi. (KN-6). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling