Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

GULISORA [f.] – saralangan, tanlangan gul, gullarning sarasi, a’losi, 
eng yaxshi qiz. Ey, Gulisora, ber suyunchi, Eson-omon yoring keldi, 
Gulruxsor sen ham qara, Mana menday Shodmon keldi. (JM-117). 
 SHODMON [f.] – xursand, mamnun, baxtiyor bola yoki umri doimo 
shodlikda o‘tsin. Jonini jabborga bersa, Oldi, ortin birday ko‘rsa, ko‘zlamayin 
ko‘zdan ursa, Shodmon chakmon shul bo‘ldi. (NS-158). 
GULIRUXSOR [f.] – gulyuzli, gulchehrali, ya’ni chiroyli sohibjamol qiz. 
“Jorxun maston” dostonidagi qahramonlardan birining nomi. Ey, Gulisora, 
ber suyunchi, Eson-omon yoring keldi, Gulruxsor sen ham qara, Mana 
menday Shodmon keldi. (JM-117). 
 GULPARI [f.] – gul va parilardek zebo qiz yoki parilarning go‘zali. 
“Nurali va Semurg‘” dostonida Nurali ko‘ngil ko‘ygan Ahmad sardorning qizi. 
Gulparijon deyishadi, Zulfini shamol eshadi, Iroqidan jiyagi, Kovush betiga 
tushadi (NS-12). 
FARMON [f.] – buyruq, amr; Allohning amri bo‘lgan bola. “Oyparcha” 
dostonidagi asosiy qahramonlardan birining nomi. Oyparchaning otasi. 
Haqiqatan ham bu podachining nomini Farmon podachi der edi. Besh yuz 
poda boqar edi. (O-196). 
ShONIYoZ [f.]Allohdan tilab olingan o‘g‘il sog‘ ulg‘ayib ulug‘ 
martabalar sohibi bo‘lsin yoki Alloh ato qilgan tuhfa, sovg‘a. “Oyparcha” 
dostonidagi asosiy qahramonlardan birining nomi. Shoniyoz podsho qirq xotin 
oldi. Yaxshi qizlarni terib oldi, otamiz podachi ekan, biz qolib ketdik, – dedi.
(O-197). 
CHORI [f.]oiladagi to‘rtinchi farzand. Chori chaqqon deydi mening 
o‘zimni, Qushlar tinglar qo‘lda chertgan sozimni, Qashqirlarga qo‘ydim olg‘ir 
tozimni, Nasibasi haydab kelgan, mehmonim, Sen eshitgin mening aytgan 
so‘zimni. (NS-122). 
NORGUL [f.] guldek chiroyli va nor bilan tug‘ilgan qiz. “Kelinoy yoki 
Norguloy” dostonidagi asosiy qahramonlardan birining nomi. Norguloy


100 
Shukuraliboyning qizi bo‘lib, uni Kelinoy degan laqab nom bilan ham 
chaqirishgan. Uning Norguloy degan qizi, falakning cho‘lpon yulduzi, oyni 
uyaltirgan yuzi, Shukuraliboyning ko‘zi, ko‘zi emas yurakduzi bor edi. (KN-6). 
DONO [f.] – bilimli, aqlli, zukko.
Cho‘pon
larning ichida Dono cho‘pon 
degan bor edi. Yoshi oltmishdan oshgan, soqoliga oq tushgan, dunyoning 
achchi-chuchisini boshdan kechirgan, manglayi, beti sal tirishgan, qomatini tik 
tutgan, qanday musofir bo‘lsa, qo‘shxonasiga mehmon qilgan, cho‘pon 
bo‘lganiga 40 yildan oshgan, qomati jopsarday tutashgan kishi edi. (KN-31). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling