Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARLON KO‘K
- G‘IR // G‘IROT
JIYRON QASHQA – Qizg‘ish qashqali ot. O‘zi ham Jiyron qashqani
egarlab sozlab, qo‘liga jazoyilni olib, otning beliga minib shunday ong soldi, 192 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 5-жилд. Тошкент: 2006. – Б.196. 193 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 5-жилд. Тошкент: 2006. – Б.135. 93 kun chiqar tarafda itlarning hurib yotganligini bildi, olti kishi bo‘lib ot chopib jo‘nadi. (KN-68). KO‘K QASHQA [o‘z.] – qashqasi bor ko‘k rangli ot. Ushbu zoonim Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida uchraydi. Bo‘yra biya ham bor. Qarri to‘ri ham, Bo‘z ham, Olmako‘z ham, To‘ri ola oyoq ham, Ko‘k qashqa ham bor. (KN-15). KO‘KCHIL [o‘z.] – “Kelinoy yoki Norguloy” dostonidagi ko‘kka moyilroq rangdagi sigir nomi. Do‘mbiram, so‘yla chanoqdan, Echki ham boqay chunoqdan, Norgul qo‘lidan sut ichsam, sog‘dirib Ko‘kchil inakdan. (KN-32). TARLON KO‘K [o‘z.] – xolday-xolday qora donalari bor ko‘k ot. Tirdonga soldim qator o‘q, Ostimga mindim Tarlon ko‘k, Shuni qilaman ko‘ngil to‘q, Yurak yaramni tirnama, Menday g‘aribda ota yo‘q. (NS-33). CHAVKAR KO‘K – folklor asarlari tilida Chavkar ko‘k deb nomlangan ot nomi juda ko‘p uchraydi. Bu nomning tarkibida uchraydigan chavkar so‘ziga o‘zbek tilining izohli lug‘atida shunday izoh berilgan: CHAVKAR 1 sft. Ola-bula; qora xolli, xol-xol (ot tusi haqida). Chavkar otda qoqqan qoziqdek bo‘lib o‘tirgan… –Mana bu bo‘z xo‘p charchatdi meni, — dedi. Sh. Xolmirzayev, T. Usmonov, So‘nmas o‘t. 2 Shunday tusdagi ot. Nigora o‘sha kuni peshin mahalda chavkarini qora terga botirib, Oqsoyga kirib keldi. S. Anorboev, Oqsoy 194 . Yuqoridagi izohdan kelib chiqib Chavkar ko‘k ot nomini tanasida ola-bula xoli bo‘lgan ko‘k rangli ot deb izohlash mumkin. G‘IR // G‘IROT [o‘z.]– juda tez harakat qiladigan afsonaviy ot nomi. Bu nom Qashqadaryo xalq dostonlari matnida Go‘ro‘ g‘lini faqat g‘alabalar sari olib boradigan, uning dushmanlarining boshiga qiyomat kunini soladigan uchqur ot sifatida ta’riflangan va bu ot Go‘ro‘g‘li davlatida erk va qudrat ramzi sifatida e’tirof etilgan. Ko‘ring Go‘ro‘g‘li marddi, G‘irning qoshiga yetdi, qo‘l 194 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 4-жилд. Тошкент: 2006. – Б.444. 94 uzatdi otning yetim yoliga, terakday irg‘ilib mindi beliga, Soqi jugandi berdi qo‘liga, G‘irot olchi-chikka bo‘lib tushdi Charmgarning yo‘liga, bek Soqi ham qora tulporni minib, yigitlar bilan teng bo‘lib keta berdi. (JM-101). Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling