Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Fe’l+Ot qolipidagi onomastik birliklar: Keldiyor (O), Berdiyor (O)


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Fe’l+Ot qolipidagi onomastik birliklar: Keldiyor (O), Berdiyor (O). 
 
Ot+Fe’l qolipidagi onomastik birliklar: Omongeldi, Xudoyberdi (KN). 
Sifat+Ot qolipidagi onomastik birliklar: Oqtosh, Oqbosh (tog‘), Oqbet 
(tog‘), Qizilqiya, Olatog‘, Ko‘kbuloq, Kattapoy. 
Son+Ot qolipidagi onomastik birliklar: Oltiyor.
 
Murakkab tarkibli onomastik birliklar. Bu turga kiruvchi atoqli otlar 
sodda va qo‘shma tarkibli onomastik birliklardan farq qiladi. Ular ko‘proq 
birikma va gapga teng bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo xalq dostonlarida 
birikmali onomastik birliklar keng qo‘llaganiga guvoh bo‘ldik. Jumladan, 
“Jorxun maston” dostonida quyidagi birikmali toponimlar qo‘llangan: Chortoqli 
Chambil, Chambil davlati, Asqar tog‘i, Palapon tog‘i, Oydin ko‘li, Gulzor 
ko‘cha, Junxay g‘ori, Kengay dara, Bolxuvon shahri, Arpali cho‘li, Havdak 
ko‘li. Doston matnida birikmali antroponimlar ham uchraydi: Misqol pari, Bek 
Soqi, G‘ani mullabachcha, Jorxun maston, Donish vazir, Bek Shodmon, Asad 


107 
mergan, Ashurbek sardor, Oqtosh shohi. “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida 
quyidagi birikmali toponimlar qo‘llangan: Oqbosh tov, Oqbet tov, Chakchak 
tog‘i, Malik cho‘li, Katta dara, Oq dovon, Hisor viloyati. Dostonda qo‘llangan 
birikmali antroponimlar: G‘ulom cho‘pon, Ergash cho‘pon, Jopsoq cho‘pon, 
Dono cho‘pon, Alim mergan, Suluv xola. Doston matnida qo‘llangan birikmali 
zoonimlar: To‘ri ola oyoq, Ko‘kchil inak, Jayron qashqa, Jiyron qashqa, Bo‘yra 
biya, Ko‘k qashqa, Qarri to‘ri.
“Oychinor” dostonida qo‘llangan birikmali onomastik birliklar. Dostonda 
qo‘llangan birikmali toponimlar: Boysin tog‘, Hisor tog‘, Kattapoy havvor, 
Jilg‘a soy, Ko‘ytang darasi, Ko‘ytan tog‘i, Qiziriq cho‘li. Birikmali zoonimlar: 
Oq bo‘z, Chavkar ko‘k, Tarlon bo‘z. Dostonda qo‘llangan birikmali 
antroponimlar: Oyto‘ti momo, Bobir shoh, Amir Bobir shoh, Sayxon usta.
“Nuarli va Semurg‘” dostonida qo‘llangan birikmali onomastik birliklar. 
Dostonda qo‘llangan birikmali toponimlar: Chambil mamlakati, Sunduz tog‘i, 
Zarchaman cho‘li, Shiram tog‘i, Xidir dashti, Shahribarbar shahri, Jayxun 
mamlakati, Jayxun oroli. Doston matnida birikmali antroponimlar ham 
uchraydi: Misqol pari, Bek Soqi, Asad mergan, Yoqub bayroqdor, Qoraxon 
botir, Yusuf nayzaboz. Doston matnida birikmali etnonimlar ham uchraydi: 
turkman eli, o‘zbek eli, taka turkman eli
“Oyparcha” dostonida quyidagi birikmali toponimlar qo‘llangan: Termiz 
viloyati, Angor tumani, Nov shahar, Xidir cho‘li, Qilib shahri, Hovdak ko‘li, 
Qulon tog‘. Dostonda qo‘llangan birikmali antroponimlar: Shoniyoz podsho, 
Olovxo‘ja eshon, Chuvdali so‘fi, Shodmon mergan, Malla sabzifurush, Marday 
manqa, Rahmat ergashish, Mirzo achish, Bekmirzo belchishma, Farmon 
podachi, Tonjurxon mahram, Xoldorxon mahram, Bahovuddin darvozabon.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling