Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Mifozoonimlarning 
lingvopoetikasi. 
Manbalarda 
zoonimlarning 
mifozoonimlar guruhi haqida ham ma’lumotlar qayd etilgan. Ma’lumki, 
mifonimlar xayolga, tasavvurga asoslangan nomlar bo‘lib, nomning motivida 
mifik tasavvur yotadi. Bunday nom toponim ham, antroponim ham, zoonim 
ham, oronim ham bo‘lishi mumkin. Badiiy matnda mifozoonimlar alohida 
poetik ahamiyat kasb etadi. Xalq dostonlari va badiiy asarlar matnida Semurg‘, 
Qaqnus, Samandar, Humo, Boychibor, Jiyronqush, G‘irot, Tarlon ko‘k kabi 
mifozoonimlar faol qo‘llaniladi. Ular mashhur nom sifatida matnni 
shakllantirishga, intertekstuallikka xizmat qiladi.
Quyidagi misolda Semurg‘ mifozoonimi va uning afsonaviy qudrati haqida 
ma’lumot berilgan: Nurxon qoldi yerda yakka, Ko‘tarildi Semurg‘ tikka, Qanot 
yozib baland ko‘kka, yetti martaba aylanib, chiqdi - ketti-ya falakka
221

Xalq dostonlarida Semurg‘ mard yigitning yo‘ldoshi, sirdoshi va uni 
musibatlardan qanoti ostida eson-omon olib o‘tuvchi afsonaviy qush sifatida 
tasvirlanadi. Bu nom o‘zbek she’riyatida ham keng qo‘llaniladi. Masalan, Iqbol 
Mirzoning “Zerikish” she’rida Semurg‘ nomi xalq og‘zaki ijodidagi kishining 
baxtini o‘ylovchi yo‘ldosh qush sifatida emas, balki bu sifatlarning qarama-
qarshi xususiyatlariga ega bo‘lgan qush sifatida ta’riflangan:
Semurg‘ga 
220
Абдулла Орипов. Соҳибқирон: достон. – Тошкент: Янги нашр, 2019. –Б.33. 
221
Нурали ва Семурғ. Достон. – Қарши: “Насаф”, 2016. – Б.54. 


119 
yuragim beray yolvorib, Taqdirgamas, yovuz qushga beray tan. Faqat ayting, 
ko‘kda halovat bormi, Osmon bormi sizni eslatmaydigan
222

Semurg‘ mifozoonimi badiiy adabiyotda, ayniqsa, poetik nutqda xilma-xil 
ma’nolarda qo‘llaniladi. Jumladan, Iqbol Mirzoning “Ona tuproq” she’rida
Semurg‘ mifozoonimi barcha sinovlardan eson-omon chiqqan ona xalqimizga 
qiyos etilgan: Yuragimda tulporlaring dukurlari, Qaysi yurtning bordir buyuk 
Temurlari? Olovlardan omon chiqqan Semurg‘lari, Sen azizsan, muqaddassan, 
ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq
223
! Mifozoonimlarni tadqiq 
qilish natijasida ba’zida mifozoonimlarning sinonim holatlarda qo‘llanganligiga 
ham guvoh bo‘ldik. Jumladan, Semurg‘, Samandar va Qaqnus mifozoonimlari 
olovda tug‘ilib olovda yonib ketishi va yana ularning xokidan yangisining 
yaralishi ko‘plab badiiy matnlarda aks ettirilgan. Bu jihatdan bu mifozoonimlar 
o‘zaro ma’nodoshdir. 
Badiiy matnda xalq og‘zaki ijodidagi mifozoonimlar mashhur nom sifatida 
qo‘llanib, intertekstuallikni yuzaga keltiradi va matnning ko‘pqatlamliligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, “Nurali va Semurg‘” dostonidagi 
afsonaviy uchqur ot, Go‘rog‘lining ajralmas yo‘ldoshi G‘irot mifozoonimiga 
zamonaviy adabiyatimizda ko‘p murojaat qilinishini kuzatish mumkin. Bu 
mifozoonim she’riy matnlarda o‘xshatish etaloni sifatida qo‘llanib, “Nurali va 
Semurg‘” dostonidagi ot bilan bog‘liq assotsiatsiyalarni yuzaga keltirgan: 
O‘g‘lim, desang osmonlarga, G‘irot bo‘lib uchgayman. (M.Yusuf 
“Vatanim”)
224
. She’rda G‘irot zoopoetonimi lirik qahramonning badiiy 
niyatidan kelib chiqib qo‘llanilgan va ayni paytda G‘irotning qanotlari bo‘lgan 
afsonaviy ot ekanligiga ham ishora qilingan. 
Muhammad Yusufning “Menga bering” she’rida esa G‘irot lirik 
qahramonni jo‘shqin va suronli hayot sari chorlayotgan timsol darajasiga 
222
Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. Toshkent – 2007. – B.89. 
223
Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. Toshkent – 2007. – B.133. 
224
Muhammad Yusuf. Saylanma: She’rlar. Dostonlar. Xotiralar. — T.: «Sharq», 2007. – B.6-8. 


120 
ko‘tarilib, she’riy matnning o‘ziga xos va betakror badiiylik bilan 
ta’minlanishiga, intertekstuallikka xizmat qilgan: Osmonlarga uchgim kelur, 
Shoh Mashrabni quchgim kelur. Go‘ro‘g‘lining G‘irotini, Menga bering, menga 
bering (M.Yusuf. “Menga bering”)
225

Unutmaslik kerakki, badiiy matnlarda lingvopoetik rang-baranglik hosil 
qilishga xizmat qilgan zoonimlarning aksariyati aynan xalq dostonlari 
namunalaridan yozuvchilar tomonidan yaratilgan badiiy matnlarga ko‘chgan. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, zoonimlar vositasida u mansub bo‘lgan 
xalqning tarixiy, madaniy hayoti bilan tanishish mumkin bo‘ladi va bu 
assotsiatsiyalar u yoki bu shaklda badiiy matnda ham aks etadi. Badiiy matnda 
muayyan maqsad bilan qo‘llangan hayvonlarga atab qo‘yilgan laqablar 
zoopoetonim termini ostida o‘rganiladi. Zoopoetonimlar badiiy matnda 
o‘xshatish, qiyoslash, intertekstuallik, onomastik metafora kabi vazifalarni 
bajaradi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling