Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
Mifologik antroponimlar ham asar badiiyligini oshirishda ishtirok etib,
mifopoetonimlik maqomini oladi. Agar ular muayyan badiiy maqsadni ifodalamasdan shunchaki nomlash uchun qo‘llanilsa, mifoantroponim sifatida talqin qilinadi. Quyidagi parchada Zuhro, Tohir, Layli, Majnun mifoantroponimlaridan o‘rinli foydalanilgan: Oppoq siynangni ko‘rganda, Tohir Zuhrodan qochguday, Ochsang ko‘ylakning yoqasin, Majnun Laylidan kechguday. (KN-47). Bu ismlar nafaqat “Kelinoy yoki Norguloy” dostoni matnida, balki ko‘plab zamonaviy o‘zbek she’riyatida ham qo‘llanilib, sadoqat, vafo, o‘zaro ishonch ramziga ham aylanib ulgurgan. Shu bois ushbu ismlar pretsedent nom sifatida 114 ko‘pchilikka tanishligi hamda ular bilan bog‘liq xususiyatlar ma’lum bo‘lganligi bois baxshi ular haqida ortiqcha tafsilot bermagan. O‘zbek nomshunosligida zoonimlarning badiiy matndagi o‘rni xususida Y.Avlakulov, D.Andaniyazova, B.Zaripov, Y.Solijonov, A.Tilovovlar tadqiqotlar olib borgan. Yuqorida nomi tilga olingan olimlar boshqa onomastik birliklarga nisbatan zoonimlarni to‘plashning qiyin ekanligini ta’kidlaydilar. Zoonimlar hayvonlarni nomlash, ularni boshqa hayvonlardan ajratib ko‘rsatish vazifasini bajarishdan tashqari lingvopoetik vazifani bajarishga ham xizmat qiladi. B.Zaripov olib borgan tadqiqotida poetik qimmatga ega bo‘lgan zoonimlar zoopoetonimlar atamasi ostida tahlilga tortilgan 210 . Olim badiiy matnda qo‘llangan zoonimlarning nominativ vazifa bajarishidan tashqari hayvon va qushlarning turdosh otlari badiiy san’atlarni hosil qilishda muhim vositalardan hisoblanishini ham ta’kidlaydi. Y.Avlakulov zoonimlar bilan bog‘liq tadqiqotlarni kuzatar ekan, olib borilgan tadqiqotlar xususida to‘xtaladi va sohaga oid quyidagi muammolarga munosabat bildiradi: «Zoonim tushunchasi va termini onomastikada atoqli otni anglatsa-da, ba’zi ishlarda bu terminni, bizning nazarimizda, noto‘g‘ri talqin qilishlar uchrab turadi. Zoonim alohida, yakka holda olingan hayvonning maxsus nomi – atoqli otini anglatadi. Shuning uchun ham onomastik birlik sanaladi. A.Gubanov zoonimlarni ikkiga: umumiy zoonimlar va xususiy zoonimlarga bo‘ladi va birinchi guruhga hayvon va boshqa xil jonivorlarning turdosh oti bo‘lgan bulbul, qarg‘a, turna, kaklik kabi so‘zlarni kiritadi. Ikkinchi guruhga esa hayvonlarga qo‘yilgan atoqli otlarni kiritadi: Zili, Gemer (ot nomlari), Alabash, Demir, Topush (it nomlari)» 211 . 210 Зарипов Б.П. Зоонимларнинг бадиий санъат турларини ҳосил қилисҳдаги исҳтироки: Филол. фан. номз. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2002. 211 Авлакулов Й. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи. Филол. фан. номз. …дисс. Тошкент, 2012.- Б.50. 115 Y.Solijonov va S.Mo‘minovlar tadqiqotlarida o‘zbek xalqida jonivorlarga laqab berish an’anasi azal-azaldan qo‘llanilganligini qayd etishadi. Ular o‘zbek adabiyotida yaratilgan Gulxaniyning «Zarbulmasal» dostonidagi Yapaloqqush, Boyo‘g‘li, Kulonkir sulton, Kordon, Ko‘rqush, Gunashbonu kabi qushlarga berilgan nomlarni misol sifatida keltirib, bunday nomlarning, asosan, ramziy ma’no anglatib kelishini hamda ushbu nomlar ijodkorning badiiy niyatini yoritishga xizmat qilishini tadqiq etishgan 212 . D.Andaniyazova dissertatsion ishida badiiy matndagi zoonimlarni shartli ravishda real, to‘qima va mifozoonimlar kabi guruhlarga ajratib o‘rgangan 213 . Biz ham Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan zoonimlarni real, to‘qima va mifozoonimlar kabi guruhlarga ajratishni ma’qul topdik. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling