Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Real zoonimlar lingvopoetikasi
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
Real zoonimlar lingvopoetikasi. Real zoonimlar deganda, tilimizdagi
hayvonlarga nisbatan beriladigan maxsus nomlar tushuniladi. O‘zbek xalqida, asosan, ot, it, bo‘ri, baliq, ba’zi hollarda qushlarga nisbatan maxsus nom berish odat bo‘lganligini xalq dostonlari matnida uchraydigan zoonimlar ham tasdiqlaydi. Laqab va nom qo‘yish orqali har bir qush, ot, baliq yoki boshqa jonivorlar o‘zidagi biror belgi yoki harakatiga qarab boshqa bir belgi yoki harakat ifodalagan tushunchalarga qiyoslanadi. Masalan, “Kuntug‘mish” dostonida nomi zikr etilgan Mohi baliq nomi bo‘lib, bu nom aynan baliq yashagan Mohi daryosi bilan bog‘liq 214 . Dostonlar matnida otning laqab-nomlaridan keng foydalaniladi. Buning asosiy sabablaridan biri xalqimizning juda qadim zamonlardan yilqichilik bilan shug‘ullanib kelganligi hamda otga chuqur mehr qo‘yganligidandir. Zero, “ot yigitning qanoti” yoki “ot yigitning yo‘ldoshi” degan naql bejizga yaratilmagan. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida ot laqablari alohida tilga olinadi va ular, 212 Солижонов Й., Мўминов С. Бадиий асарларда исмнинг айрим функсиялари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1984. – № 2. – Б. 44-49. 213 Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Фил. фан. бўй. фал. доктори дисс. – Тошкент, 2017. – Б.160. 214 Кунтуғмиш. Достон. Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. – Тошкент, 1975. Б.175. 116 odatda, izohi bilan beriladi. Umuman, o‘zbek folklorida ot obrazi alohida ahamiyat kasab etadi 215 . Badiiy matnda ham ot laqablari keng o‘rin egallaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘zbek xalqida jonzotlar orasida otga mehr bo‘lakcha. Buni xalq dostonlari qahramonlarining hamrohi sifatida ham aynan otlarning tasvirlanishi bilan asoslash mumkin. Masalan, “Alpomish” dostoni qahramoni Alpomish (Hakimjon) ning oti Boychibor, “Jorxun maston” dostonida Go‘ro‘g‘lining oti G‘irot, Hasanxonning oti Jiyronqush, “Nurali va Semurg‘” dostonidagi Nuralining oti Tarlon ko‘k bo‘lib, bu kabi otlarning doston qahramonlariga doimiy yo‘ldosh, murakkab vaziyatlarda ularning og‘irini yengil qiluvchi yordamchi ekanligi ta’kidlangan. Ot laqablaridan poetik maqsadda foydalanishda o‘ziga xoslikni o‘zbek adabiyotida Tog‘ay Murod va Shukur Xolmirzayev ijodida ham uchratish mumkin. Tog‘ay Murod ko‘pincha ot laqabini izohlari bilan beradi, bu esa ijodkorga jonli muloqatni yaratish jarayonida juda qo‘l kelgan. Jumladan, “Ot kishnagan oqshom” qissasida Tarlon, Bo‘z ot, To‘riq, Saman, Chil kabi o‘nlab ot laqablari tilga olinadi. Ijodkorning ushbu qissasida ot laqabining lug‘aviy ma’nosi poetik tarzda ifodalanadi: Birodarlar. O‘zi bo‘z ot qanday bo‘ladi? Surpday oppoq bo‘ladi. Bordi-yu, ajdodida bo‘lsa, to‘qqizga to‘lganda Tarlon bo‘ladi. To‘qqiz yoshda bo‘zning badanida xolday-xolday qora donalar paydo bo‘ladi… shundan boshlab, u bo‘z emas, Tarlon ot bo‘ladi. Tarlon xol-xol ot! Tarlon otlar sarasi 216 . Shukur Xolmirzayevning “Ot egasi” hikoyasida Inodning oti Qorabayir “adabiy qahramon” darajasiga ko‘tariladi. Asarda insonlarga xos bo‘lgan xarakter va ruhiy holatlar otga ko‘chiriladi va bu o‘rinda lingvopetik munosabat yuzaga chiqadi: “So‘ng ko‘m-ko‘k yo‘ng‘ichqazorda suvsardek yaltillab, odatdagi otlarnikidan yo‘g‘on bo‘ynini gajak qilib, odatdagi arg‘umoqlarnikidan keng o‘mrovini kerib va odatdagi chopqir otlarnikidan 215 Тиловов А. Ўзбек халқ достонларидаги от образининг тарихий асослари ва бадиий талқини. НД. Тошкент, 2000. – Б.26. 216 Тоғай Мурод. От кишнаган оқшом. Қисса. – Т.: “Шарқ”, 2009. – Б.6. 117 ingichka oyoqlarini yerga qattiq tirab turgan Qorabayirga qaradi. Uning ko‘zlariga ko‘zi tushib, eti jimirlab ketdi. Ot xuddi dahshatli bir xavfni sezgandek olayib, egasi kirib ketgan uyga qarar, hayratda qotgan antiqa haykalga o‘xshar edi. “Yopiray!” – dedi Egamberdi va xona eshigida Inodning qorasini ko‘rdi. Ot birdan titroq ovozda kishnab yubordi” 217 . Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling