Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
To‘qima zoonimlarning lingvopoetikasi
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorako‘zgina
To‘qima zoonimlarning lingvopoetikasi. Jonzotlarga laqab qo‘yishda
ba’zan ijodkorlar original nomlar yaratadi. Bunday nomlarni to‘qima zoonimlar deb atash mumkin 218 . Umuman olganda, to‘qima zoonimlardan qashqadaryolik baxshi-shoirlar ham o‘zlari kuylagan dostonlari matnida faol foydalanishgan. Masalan: To‘ri ola oyoq, G‘irot kabi. To‘qima zoonimlar nafaqat folklor asarlarida, balki zavonaviy badiiy asarlarda ham yozuvchining ma’lum bir badiiy-estetik maqsadi bilan qo‘llanishi mumkin. Jumladan, Said Ahmadning “Qorako‘z majnun” hikoyasidagi Qorako‘z, ya’ni it laqabi ham ijodkor tomonidan tanlangan to‘qima zoonimdir. Badiiy adabiyotda jonzotlarning laqablariga erkalash-kichraytirish qo‘shimchalarini qo‘shish orqali subektiv munosabat ifodalash holatlari juda ko‘p uchraydi. Quyidagi misolda esa, itning laqabiga -gina erkalash- kichraytirish qo‘shimchasi qo‘shilgach yaqinlik, vafodorlik ma’nolari yanada bo‘rttirilgan. Aytish mumkinki, -gina affiksi orqali hayvon muayyan ma’noda “shaxslantirilgan”: «Qorako‘zgina, qayoqlarda sanqib yuribsan? Hech uyda o‘tirasanmi-yo‘qmi? Qorning ham ochgandir? Tentakkina. Gapimga quloq sol, nega beozor musichani quvasan?..» 219 . Yoki yana bir misol: Men – Temur! Oriyat ham bor-ku dunyoda, yetar, endi! Kuno‘g‘longa egar urgayman, 217 Шукур Холмирзаев. “От егаси” (ҳикоя) // Сайланма. 1-жилд. Ҳикоялар. - Тошкент: Шарқ нашриёт- матбаа аксиядорлик компанияси. 2003. – Б. 134-140. 218 Саид Аҳмад. Қоракўз мажнун. Ҳикоя. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2013. – Б. 90. 219 Саид Аҳмад. Қоракўз мажнун. Ҳикоя. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2013. – Б. 90. 118 Rum tarafga yuzlanadi tulporim jadal 220 . Abdulla Oripov qalamiga mansub “Sohibqiron” dramasidan olingan mazkur parchada ham Kuno‘g‘lon to‘qima zoonim bo‘lib, bu nom Temur haqidagi tarixiy manbalarning hech birida uchramasligi va bu nom ijodkor badiiy topilmasi hisoblanadi. Asarda Kuno‘g‘lon zoonimi xuddi xalq dostonlaridagi qahramonlarning sadoqatli do‘sti, yo‘ldoshi va baxtli hayotga erishishidagi vositachi oti bo‘lganidek, Amir Temurning g‘alabali zafarlaridagi hamrohi va muzaffarligining ramziy timsoli sifatida tasvirlangan. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling