Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Kuchli his-hayajonni ifodalash


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

3. Kuchli his-hayajonni ifodalash. Yo‘lga tushgan karvon yurib
Daryo toshgan tarma erib, Oyparcha bularni ko‘rib, Haydang, To‘qson 
bobojon! – deb, Haydayapti otin surib. Parchadagi To‘qson bobo kuchli his-
hayajonni hamda Oyparchaning so‘nmas g‘azab bilan oldinga intilayotganini
ifodalash uchun qo‘llanilgan. “Oyparcha” dostoni qahramoni Oyparcha 
To‘qson boboga shunchaki To‘qson bobo deb emas, balki uning nomiga –jon 
subektiv baho ifodalovchi grammatik shaklini qo‘shib chaqiradi. Aynan shu 
morfoligik vosita qahramonlar nutqining jonli chiqishini, ularninmg bir-biriga 
yaqin ekanligini ko‘rsatib bergan. So‘zlar tartibi va ohangdan esa kuchli his-
hayojon va qattiq g‘azablanish holatini bilib olish mumkin.


112 
4. Ritorik figura tarkibida kelib, tasvirni tiniqlashtirish. Badiiy matnda 
yozuvchining ma’lum bir 
maqsadi bilan qo‘llanilgan antroponimlar 
antropoetonim atamasi bilan ifodalanadi
208
. Ular badiiy nutqda ritorik figuralar 
tarkibida qo‘llanilib, tasviriylikni oshirish yoki matnni shakllantiruvchi vosita 
sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, quyidagi parchada baxshi umumtildagi 
antroponimni apellyativi bilan birga qo‘llash orqali takrorga asoslangan 
ohangdorlikni kuchaytirishga erishgan: 
Omonda bor yorug‘ oy, 
Otam podachi gadoy. 
Quloq soling, mahramlar,
Mahrini aytar Parchaoy. (“Oyparcha” 204-b). 
Ko‘pqatlamlilik badiiy matnning qiymatini oshiradigan muhim jihatlaridan 
biridir. Uni turli xil vositalar orqali yuzaga chiqarish mumkin bo‘lib, ular ichida 
shaxs nomlarining o‘rni alohidadir.
D.Andaniyazova 
o‘z 
tadqiqotida 
badiiy 
matnda 
qo‘llanuvchi 
antroponimlarni tabiatiga ko‘ra quyidagilarga ajratgan
209
 
1. Tarixiy antroponimlar.
2. Mifologik antroponimlar.
3. Xayoliy-to‘qima antroponimlar. 
4. Odatdagi antroponimlar. 
Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo xalq dostonlari matnida mifologik va 
tarixiy antroponimlarga badiiy matnning ko‘pqatlamliligini vujudga keltirishda
ko‘p o‘rinda murojaat qilinganiga guvoh bo‘ldik. Masalan: 
208
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213. 
209
Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Филол. фан. бўй. фал. докт… 
дисс. – Тошкент, 2017. 
дисс. -Тошкент, 2017. – Б. 103. 


113 
 
Xudo do‘sti deb yaralgan Muhammad
 
Unga qancha kishi bo‘lishdi ummat, 
 
Ummat uchun chekmadima u zahmat, 
 
Shu qushimga sen qilmading bir himmat, 
 
Senga kelib kimning ko‘ngli shod bo‘ldi? (NS-92). 
“Nurali va Semurg‘” dostonidan olingan mazkur parchada Muhammad 
(s.a.v.)ning nomi tilga olingan. Bu tarixiy antroponimni qo‘llash orqali 
Muhammad (s.a.v.) yashab o‘tgan davrga ishora qilish, bu zotning buyuk 
qudratini aks ettirishga harakat qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Mazkur 
antroponim asarning ko‘pqatlamliligini ta’minlash barobarida mazkur shaxsning 
shunchaki inson emas, balki Allohning do‘sti ekanligini ta’kidlashga xizmat 
qilgan va bu shaxsning yer yuzidagi eng buyuk saltanatni qurganligi va uni 
qurish uchun juda ko‘p zahmat chekkanligini baxshi poetik jihatdan effektiv 
tasvirlagan. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling