Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Kuchli his-hayajonni ifodalash
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritorik figura tarkibida kelib, tasvirni tiniqlashtirish.
3. Kuchli his-hayajonni ifodalash. Yo‘lga tushgan karvon yurib,
Daryo toshgan tarma erib, Oyparcha bularni ko‘rib, Haydang, To‘qson bobojon! – deb, Haydayapti otin surib. Parchadagi To‘qson bobo kuchli his- hayajonni hamda Oyparchaning so‘nmas g‘azab bilan oldinga intilayotganini ifodalash uchun qo‘llanilgan. “Oyparcha” dostoni qahramoni Oyparcha To‘qson boboga shunchaki To‘qson bobo deb emas, balki uning nomiga –jon subektiv baho ifodalovchi grammatik shaklini qo‘shib chaqiradi. Aynan shu morfoligik vosita qahramonlar nutqining jonli chiqishini, ularninmg bir-biriga yaqin ekanligini ko‘rsatib bergan. So‘zlar tartibi va ohangdan esa kuchli his- hayojon va qattiq g‘azablanish holatini bilib olish mumkin. 112 4. Ritorik figura tarkibida kelib, tasvirni tiniqlashtirish. Badiiy matnda yozuvchining ma’lum bir maqsadi bilan qo‘llanilgan antroponimlar antropoetonim atamasi bilan ifodalanadi 208 . Ular badiiy nutqda ritorik figuralar tarkibida qo‘llanilib, tasviriylikni oshirish yoki matnni shakllantiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, quyidagi parchada baxshi umumtildagi antroponimni apellyativi bilan birga qo‘llash orqali takrorga asoslangan ohangdorlikni kuchaytirishga erishgan: Omonda bor yorug‘ oy, Otam podachi gadoy. Quloq soling, mahramlar, Mahrini aytar Parchaoy. (“Oyparcha” 204-b). Ko‘pqatlamlilik badiiy matnning qiymatini oshiradigan muhim jihatlaridan biridir. Uni turli xil vositalar orqali yuzaga chiqarish mumkin bo‘lib, ular ichida shaxs nomlarining o‘rni alohidadir. D.Andaniyazova o‘z tadqiqotida badiiy matnda qo‘llanuvchi antroponimlarni tabiatiga ko‘ra quyidagilarga ajratgan 209 : 1. Tarixiy antroponimlar. 2. Mifologik antroponimlar. 3. Xayoliy-to‘qima antroponimlar. 4. Odatdagi antroponimlar. Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo xalq dostonlari matnida mifologik va tarixiy antroponimlarga badiiy matnning ko‘pqatlamliligini vujudga keltirishda ko‘p o‘rinda murojaat qilinganiga guvoh bo‘ldik. Masalan: 208 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 213. 209 Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Филол. фан. бўй. фал. докт… дисс. – Тошкент, 2017. дисс. -Тошкент, 2017. – Б. 103. 113 Xudo do‘sti deb yaralgan Muhammad, Unga qancha kishi bo‘lishdi ummat, Ummat uchun chekmadima u zahmat, Shu qushimga sen qilmading bir himmat, Senga kelib kimning ko‘ngli shod bo‘ldi? (NS-92). “Nurali va Semurg‘” dostonidan olingan mazkur parchada Muhammad (s.a.v.)ning nomi tilga olingan. Bu tarixiy antroponimni qo‘llash orqali Muhammad (s.a.v.) yashab o‘tgan davrga ishora qilish, bu zotning buyuk qudratini aks ettirishga harakat qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Mazkur antroponim asarning ko‘pqatlamliligini ta’minlash barobarida mazkur shaxsning shunchaki inson emas, balki Allohning do‘sti ekanligini ta’kidlashga xizmat qilgan va bu shaxsning yer yuzidagi eng buyuk saltanatni qurganligi va uni qurish uchun juda ko‘p zahmat chekkanligini baxshi poetik jihatdan effektiv tasvirlagan. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling