Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Mifologik antroponimlar ham asar badiiyligini oshirishda ishtirok etib, 
mifopoetonimlik maqomini oladi. Agar ular muayyan badiiy maqsadni 
ifodalamasdan shunchaki nomlash uchun qo‘llanilsa, mifoantroponim sifatida 
talqin qilinadi.
Quyidagi parchada Zuhro, Tohir, Layli, Majnun mifoantroponimlaridan 
o‘rinli foydalanilgan: 
Oppoq siynangni ko‘rganda,
Tohir Zuhrodan qochguday,
Ochsang ko‘ylakning yoqasin,
Majnun Laylidan kechguday. (KN-47). 
Bu ismlar nafaqat “Kelinoy yoki Norguloy” dostoni matnida, balki ko‘plab 
zamonaviy o‘zbek she’riyatida ham qo‘llanilib, sadoqat, vafo, o‘zaro ishonch 
ramziga ham aylanib ulgurgan. Shu bois ushbu ismlar pretsedent nom sifatida 


114 
ko‘pchilikka tanishligi hamda ular bilan bog‘liq xususiyatlar ma’lum 
bo‘lganligi bois baxshi ular haqida ortiqcha tafsilot bermagan.
O‘zbek nomshunosligida zoonimlarning badiiy matndagi o‘rni xususida 
Y.Avlakulov, 
D.Andaniyazova,
B.Zaripov, 
Y.Solijonov, 
A.Tilovovlar 
tadqiqotlar olib borgan. Yuqorida nomi tilga olingan olimlar boshqa onomastik 
birliklarga nisbatan zoonimlarni to‘plashning qiyin ekanligini ta’kidlaydilar. 
Zoonimlar hayvonlarni nomlash, ularni boshqa hayvonlardan ajratib ko‘rsatish 
vazifasini bajarishdan tashqari lingvopoetik vazifani bajarishga ham xizmat 
qiladi.
B.Zaripov olib borgan tadqiqotida poetik qimmatga ega bo‘lgan zoonimlar 
zoopoetonimlar atamasi ostida tahlilga tortilgan
210
. Olim badiiy matnda 
qo‘llangan zoonimlarning nominativ vazifa bajarishidan tashqari hayvon va 
qushlarning turdosh otlari badiiy san’atlarni hosil qilishda muhim vositalardan 
hisoblanishini ham ta’kidlaydi. 
Y.Avlakulov zoonimlar bilan bog‘liq tadqiqotlarni kuzatar ekan, olib 
borilgan tadqiqotlar xususida to‘xtaladi va sohaga oid quyidagi muammolarga 
munosabat bildiradi: «Zoonim tushunchasi va termini onomastikada atoqli 
otni anglatsa-da, ba’zi ishlarda bu terminni, bizning nazarimizda, noto‘g‘ri 
talqin qilishlar uchrab turadi. Zoonim alohida, yakka holda olingan 
hayvonning maxsus nomi – atoqli otini anglatadi. Shuning uchun ham 
onomastik birlik sanaladi. A.Gubanov zoonimlarni ikkiga: umumiy zoonimlar 
va xususiy zoonimlarga bo‘ladi va birinchi guruhga hayvon va boshqa xil 
jonivorlarning turdosh oti bo‘lgan bulbul, qarg‘a, turna, kaklik kabi so‘zlarni 
kiritadi. Ikkinchi guruhga esa hayvonlarga qo‘yilgan atoqli otlarni kiritadi: 
Zili, Gemer (ot nomlari), Alabash, Demir, Topush (it nomlari)»
211

210
Зарипов Б.П. Зоонимларнинг бадиий санъат турларини ҳосил қилисҳдаги исҳтироки: Филол. фан. 
номз. ...дисс. автореф. – Тошкент, 2002. 
211
Авлакулов Й. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи. Филол. фан. номз. …дисс.
Тошкент, 2012.- Б.50.


115 
Y.Solijonov va S.Mo‘minovlar tadqiqotlarida o‘zbek xalqida jonivorlarga 
laqab berish an’anasi azal-azaldan qo‘llanilganligini qayd etishadi. Ular o‘zbek 
adabiyotida yaratilgan Gulxaniyning «Zarbulmasal» dostonidagi Yapaloqqush, 
Boyo‘g‘li, Kulonkir sulton, Kordon, Ko‘rqush, Gunashbonu kabi qushlarga 
berilgan nomlarni misol sifatida keltirib, bunday nomlarning, asosan, ramziy 
ma’no anglatib kelishini hamda ushbu nomlar ijodkorning badiiy niyatini 
yoritishga xizmat qilishini tadqiq etishgan
212

D.Andaniyazova dissertatsion ishida badiiy matndagi zoonimlarni 
shartli ravishda real, to‘qima va mifozoonimlar kabi guruhlarga ajratib 
o‘rgangan
213
. Biz ham Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan zoonimlarni 
real, to‘qima va mifozoonimlar kabi guruhlarga ajratishni ma’qul topdik. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling