O`zbek tilida antroponimlar
Download 279 Kb.
|
O`zbek tilida antroponimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISHNING UMUMIY TAVSIFI
O`zbek tilida antroponimlar MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI……………………………………1-7 KIRISH……………………………………………………………..8-10 BIRINCHI BOB. O`ZBEK TILIDA ANTRAPONIMLARNING SEMANTIK-USLUBIY XUSUSIYATLARI 1-§. O`zbek tilida ismlarning nominativ vazifasi xususida………….11-24 2-§. Antroponimlarning leksik-sеmantik xususiyatlari………………24-25 3-§. Antroponimlarning uslubiy xususiyatlari………………………..25-36 IKKINCHI BOB. ANTROPONIMLARDA MOTIVATSIYA VA LAQABLARGA XOS SEMANTIK-USLUBIY XUSUSIYATLAR………36-37 1-§. Antroponimlarda motivatsiya……………………………………. 37-45 2-§. Laqablarga xos semantik-uslubiy xususiyatlar……………………46-48 3-§. O`zbek zooantroponimlari xususida……………………………….48-51 4-§. Antropoindikatorlarning semantik-uslubiy xususiyatlari………….51-54 XULOSA................................................................................................ 55-56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.............................57-58 ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Antroponimika tilshunoslik fani kabi uzoq tarixga ega bo`lsa-da alohida soha sifatida u hali navqiron ilmiy yo`nalishlardandir. O`zbek antroponimikasi sohasida E.Begmatov Ya.Menajiyev X.Azamatov A.Muxtorov E.Qilichev G`.Sattorov N. Husanov va boshqa olimlar tomonidan anchagina ishlar qilingan. Jumladan, o`zbеk antroponimiyasining tarkibiy qismlari, o`zbеklarning nom qo`yishi, odat va rasm-rusumlari, antroponimlar etimologiyasi, imlosi, uslubiy xususiyatlari kabi dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan masalalar o`zining amaliy tavsiya va yеchimini topgan.Muammoning o`rganilganlik darajasi. Keyingi davrda o`zbek tilidagi atoqli otlar tizimini zamonaviy tilshunoslik usullarida tadqiq qilish masalalariga ham e`tibor qaratildi. Onomastika masalalarini o`rganishga qiziqish kun sayin ortib bormoqda.1. E. Begmatov Аntroponimika uzbekskogo yazika. Avtoreferat nomzodlik dissertatsiya. Toshkent, 1965: Y. Кenjayev, X. Azamatov, X. Abduraxmonov, E. Begmatov, Ismingizning ma`nosi nima. Toshkent, 1968, E. Begmatov, O`zbek ismlarining imlosi . Toshkent, 1970: Shu muallif. Ism chiroyi. “Fan”, Toshkent, 1994: A.Muxtorov Atoqli otlarning turdosh ot asosida hosil bo`lishi. “O`zbek tili grammatika qurilishi va stilistikasi masalalari”. Ilmiy maqolalar to`plami. Samarqand. 1996. E. Qilichev Ayniy asarlaridagi antroponimlarning stilistik xususiyatlari. “O`zbek tili va adabiyoti”, 1978, va boshqalar. 2. H. G`. Ne`matov, Z.Yunusova, Sistemi sobstvenniye imena. E. Qilichev. Laqabdardagi nominativlik va ekspressevlik “Xiva” jurnali, 1992, 1, 24-35-b. Alohida o`tkazilgan ilmiy-amaliy yig`inlar materiallarida ham ko`rish mumkin. 3. Shu bilan bir qatorda, o`zbek tilshunosligi bo`yicha olib borilayotgan ishlarning hali yetarli va qoniqarli emasligi va bu sohada hal qilinishi lozim bo`lgan masalalarning dolzarbligi haqidagi olimlarimizning fikrlari ham nihoyatda qimmatlidir. 4. Biz bu fikrlarga to`la qo`shilgan holda o`zbek antroponimiyasida yana ikki muommo hali atroflicha tadqiq etilmagan deb hisoblaymiz. Birinchi, leksikaning sistemaviy tahlilida lison nutq ixtilofida antroponimlarning o`rni bo`lsa, ikkinchisi, buyuk so`z san`atkorlarining kishi nomlaridan badiiy va uslubiy maqsadlarda foydalanish mahorati va ularning har biriga xos antroponimik tizim muommosidir. Ayniqsa, xalq og`zaki ijodi asarlaridagi antroponimik tizimning yetarli tadqiq qilinmaganliga tanlangan tadqiq mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi. Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling