O`zbek tilida antroponimlar


IKKINCHI BOB. ANTROPONIMLARDA MOTIVATSIYA VA LAQABLARGA XOS SEMANTIK-USLUBIY XUSUSIYATLAR


Download 279 Kb.
bet7/11
Sana28.12.2022
Hajmi279 Kb.
#1069916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`zbek tilida antroponimlar

IKKINCHI BOB. ANTROPONIMLARDA MOTIVATSIYA VA LAQABLARGA XOS SEMANTIK-USLUBIY XUSUSIYATLAR


1-§. Antroponimlarda motivatsiya

O`zbek adabiyotida yaratilgan ba`zi asarlar bo`yicha olib borgan kuzatishlarimizdan shu narsa ma`lum bo`ldiki, badiiy asar qahramonlariga nom tanlash bilan chaqaloqqa ism qo`yish motivlari o`rtasida ko`pgina o`hshashlik va farqlar mavjud.


1. Chaqaloqqa ism tanlash prosesida ota- ona va chaqaloq bevosita, atrof- muhit va odamlar bevosita ishtrok etadi. Yozuvchining personajga ism tanlash prosesida ham mana shunday semantik uchburchak ta`siri seziladi. Faqat u avtor – personaj – kitobxon formasida shakllanadi.
2. Chaqaloqqa ism tanlash odatlarida xalqning ko`pgina rasm-rusumlari, qadimiy diniy qarashlari, orzulari saqlangan bo`ladi: To`xtasin, Ramazon, Qo`rqmas. Yozuvchi o`z asarining hayotiy bo`lishi uchun personajga nom tanlayotganida xalqning bunday udumlariga amal qiladi.
3. Chaqaloqqa ham, personjga ham ism tanlashda lozim bo`lgan hollarda ularning tashqi belgilari inobatga olinadi.
4. Hayotda ham, badiiy asarda ham ismdan kishining qaysi millat va territoriya vakili ekanligi anglashib turadi.
5. Ota- onalar ko`pincha farzandlariga bir- biriga yaqin (ohangdosh yoki bir hil harf bilan boshlanuvchi) ismlar tanlashga harakat qilishadi. Bu hol yozuvchilar ijodida ham seziladi. Oybek o`zining turli yillarda yaratgan bir necha asarlarida xotin – qiz personajlarga Dildor, Dilbar, Gulnoz, Gulnor kabi ohangdosh ismlar qo`ygan.
6. Ko`p hollarda badiiy asar qahramonlarining prototiplari aniq bo`ladi va bu prototimlaroning nomlari personajga ism tanlashga asos, motiv bo`lib hisoblanadi.
Noo`hshashliklar quyidagilardan iborat.
1. Chaqaloqqa qo`yilgan asosan umumdan yakkani ajratib ko`rsatish uchun hizmat qilib, uning hayotida boshqa rol o`ynamaydi. Yozuvchi esa personajga ism tanlashda juda ko`p tomonlarini inobatga oladi. Demak, chaqaloq ismidan farqli o`laroq, personaj ismi bir necha motivga asoslangan bo`ladi.
2. Chaqaloqqa juda tez fursatda ism qo`yilganligi uchun uning ichki dunyosi u yoqda tursin, hatto tashqi belgilari ham ismdan ko`pincha ismda aks etmaydi (Xoldorali, Tojiboy, Mallaboy kabi motivlashgan ismlar juda kam). Yozuvchining personajga qo`ygan ismlarida esa bular to`la o`z ifodasini topadi.
3. Ota- onaning chaqaloqqa qo`ygan ismi umrbod bo`lib, u juda kam hollarda o`zgartiriladi. Yozuvchi esa personaj nomini asarni yozib tugatguncha va ba`zan qayta nashrlarda ham o`zgartirishi mumkin. Masalan, P. Tursun,,o`qituvchi`` romanining bosh qahramonini ilgarigi variantlarida Ergash, Xolmurod, Dilmurod deb ataydi. Keyiroq unga Elmurod ismi ma,qulroq tushadi va obrazning asosiy fazilatini shu ism orqali belgilaydi. Badiiy asarda ilgari motivlashgan, yoki boshqa motiv asosida tanlangan ism ham keyinchalik o`zining haqiqiy motivini topishi mumkin.
Badiiy asar personajlari nomlari tilning nominativ nuqtai nazaridan chuqur o`rganish, antroponimlar monivatsiyasining badiiy asar tili va poetikasini tadqiq etishdagi muhim rolini har tomonlama analiz qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega.



Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling