O`zbek tilida antroponimlar


-§. Laqablarga xos semantik-uslubiy xususiyatlar


Download 279 Kb.
bet8/11
Sana28.12.2022
Hajmi279 Kb.
#1069916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`zbek tilida antroponimlar

2-§. Laqablarga xos semantik-uslubiy xususiyatlar

Biror xususiyatga ko`ra kishiga hazil qilib yoki masxaralab berilgan nom laqabdir. Ma`lum bir laqabni kishilar biror maqsad, zarurat tufayli ham o`zlariga olishlari mumkin.


Qadimdan kishilar bir qishloq yoki mahallada yashovchi bir xil ismlishaxslarning ularning tur li belgilari, xususiyat hamda harakteri, kasb-koriga qarab turlicha laqablar bilan ajratib nomlab kelganlar va bunda laqablar ko`pincha nominative vazifa bajargan. Familiyalar paydo bo`lgach, bunday laqablarga deyarli ehtiyoj qolmadi. Natijada,avvallari nominative vazifa bajargan laqablar asta-sekin uslubiy vazifa bajarishga o`ta boshladi.
Laqablarda kishilarning qaysi urug` yoki qabilaga mansubligi, ulardagi jismoniy kamchiliklar, harakter, gapirish uslubi,kiyinishi,millati qaerdan kelganligi kabi belgi-xususiyatlar aks etadi [49, 15-16].
Kishilarga laqab qo`yish xalq orasida tarqalgan qadimiy odatlardan biri bo`lib, uturli yo`llar bilan qo`yiladi. Bularning ham o`ziga xos sabablari bor. Bu haqda o`z vaqtida lingvistik adabiyotlarda anchagina fikrlar bildirilgan edi. [1; 23; 49; 66; 113; 120].
Laqablarning o`rganilishiga bag`ishlangan ilmiy izlanishlarning ayrimlarida ularning xalq og`zaki ijodi namunalarida boshqa janr asoslariga qaraganda ko`p uchrashi qayd qilinganligini ko`ramiz.Xalq o`g`zaki ijodi namunalarida laqablarning ko`p uchrashi hodisasi ikki holat bilan izohlanadi. Birinchidan, xalq dostonlari juda qadimgi davr mahsuli bo`lib, og`izdan-og`izga ko`chib yurishi va unda qadimgi nomlash udumlarining mavjudligi bo`lsa, ikinchidan, laqablar o`z xususiyati bilan ajralib turadi.Jumladan, ayrim laqablar ijodiy imotsional buyoqqa ega bo`lsa, ayrimlarisalbiy ottenkalari bilan ajralib turadi. Chog`ishtiring: Jumanbulbul, Soqibulbul, Hasan Kulbar, Hasan Chopson, Hasan Yakdas; Jaynoqkal, Tersakkal, Janjalkal va boshqalar.
Laqablar dostonlarda ham, ertaklarda ham barcha qahramonlarga berilavermaydi. Laqab olgan qahramonning xususiyati uning laqabidan ham anglashilib turishi lozim. Chunki laqab unga boshqalardan ajratib turadigan bir xususiyati borligi uchun ham beriladi. Laqablar ham kishilarga atab qo`yiladigan atoqli otlarga o`xshab, bir kishini boshqalardan ajratish, farqlash ehtiyoji tufayli paydo bo`lgan.shuning uchun ham u ba`zan kishining ismi o`rnida ham qo`llana oladi: “Bularni anglab yurgan mastonlar borib, Ko`saga habar berdilar.Ko`sa g`ordan chiqib, hamrohlarini iyartib, Kunbotir bilan qirq yigitning oldiga peshvoz chiqdi “ [99, 45].
Ergash Jumanbulbul dostonlari bo`yicha to`plagan materiallarimiz orasida kishi ismlari bilan bir qatorda bir qanch laqablar ham uchraydi. Bu laqablar doaton qahramonlari (personajlari)ning har biriga xos bo`lib, ularning individual belgi xususiyatlari: go`zallik, aqllilik,moxirlik, tadbirkorlik, kayvonilik, ayyorlik, vazifa, mansab, zo`ravonlik kabi xususiyatlarni ko`rsatib turadi. O`rganilgan dostonlarda uchragan laqablar quyidagilardan iborat:

Laqablar

Dostonlar

Misqol pari

“Xoldorxon”, “Xushkeldi”

Yunus pari

“Dalli”, “Ravshan”, “Kunduz bilan Yulduz”

Soqibulbul

“Xoldorxon”, “Xushkeldi”, “Dalli”

Ishratdevona

“Ravshan”

Janjalkal

“Kunduz bilan Yulduz”

Jaysan mergan

“Dalli”

Jaynoq kal

“Dalli”

Ersak kal

“Dalli”

Tersak kal

“Dalli”

Aynoq kal

“Dalli”

Bulduruq qassob

“Dalli”

Tuqliboy mergan

“Dalli”

Jumanbulbul

“Dalli”

Xasan Chopsan

“Xoldorxon”

Xasan Yakdast

“Xoldorxon”

Xasan Kulbar

“Xoldorxon”

Ahmad Sardor

“Xoldorxon”

Yortiboy oqsoqol

“Xoldorxon”

Kusa

“Oysuluv”, “Kunduz bilan Yulduz”

Qilichxon

“Kuntug`mish”

Olim Sayyod

“Kuntug`mish”

Kurinadiki, shoir dostonlaridagi laqablar formal hodisa emas, balki estetik prinsipga asoslangandir. Chunki laqablarda, yuqorida qayt qilinganidek, nominativlik bilan bir qatorda ekspressivlik ham mavjud buladi. Dostonlardagi laqablarning ayrimlari uz uslubiy buyog`ini yuqotib,nominativ xarakterda bulsa, kupchiligi uslubiy buyoqlidir. Uslubiy buyoqli laqablar kitobxonga hissiy ta`sir qiladi, unda badiiy tasvirdagi voqea-hodisalarga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabat hosil qiladi.
Tilshunos V.K. Chichagov rus tilidan kishilarga quyiladigan laqablar motivasiyasi sabablarini yigirmadan ortiq deb qayt etadi [3,38]. Ergash Jumanbulbul asarlari ustida olib borgan kuzatishlarimiz uzbek tilining ham laqablash motivasiyasi rus tilidan qolishmasligini kursatdi. Ularning ba`zilarini quyida izohlashga harakat qilamiz. Kulbar- yakkama –yakka kurashda “kulbar”-orqacha (pushtara”) [91,581], ya`ni uz raqibini avval orqaga rost kutarib olib, erga yiqituvchi polvon ma`nosida: Hasan Kulbar; Yakdast-kurashda chaqqonligi va botirligiga qarab berilgan laqab: Hasan Yakdast; fiziologik xususiyatiga kura: Aynoq kal; suzga,gapga chechanligiga kura: Soqibulbul, Jumanbulbul; xarakteriga qarab: Qaldirg`och maston; rangiga qarab: Bobo zangi; unvoniga qarab: Ahmad Sardor; kasbiga kura: Olim sayyod, Jaysan mergan, Bulduruq qassob ma`nolarida ishlatilgandir.
Laqablar umumlashib kelganida esa nomi aytilmay, faqat ularning laqabi qullanilishi ham mumkin. Bunda muallif doston matnida ism qaytariqlaridan qochadi va uz asarini funksional sinonimlar hisobiga leksik rang-barang qiladi, bu hol uning asarlari lug`atini boyitib, yanada uqimishli bulishini ta`minlaydi.
Endi kallar toshadi,
Tinmay hay-haylashadi,
Ne botirlar shoshadi,
Shoshmay qaytsin botirlar
Kup maydonlar bushadi [100,518]
Laqablar ismlarga qushilib, qushma antroponimlarni hosil qiladi. Ular kupincha ismlarga qushilib aytiladi, ayrim hollarda matnda ismga funksional sinonim sifatida yakka uzi ham ishlatilishi mumkin. Quyidagi misollarga qiyoslang:
Yul tortadi bek Sardor,
Suvsiz chulning dashida.
Ish kursatar bek Sardor,
Dushmanlar savashida [ 103, 60 ]
Ahmad Sardor ta`g`in urush boshladi,
Tura solib tug`ni yalang`ochladi,
Tomosha qing bek Sardorning ishini,
Mirza askarning ikki kuzin yoshladi [103, 81]
Dard qahr bup chopib bordi mard Kulbar,
Bordida uzini qushinga urdi.
Buni kurib qizilboshning lashkari-
Bari chuvlab dedi: “Kulbar qutirdi”.
Oraladi Hasan Kulbar lashkari,
Qalin erni topib urtaga urdi [103,231]
Er chopson dam-badam na`ratortadi,
Bular otliq, u piyoda yurtadi,
Ne tulpor otlarni, yugruk bedovni,
Quva Hasan damga quymay etadi [103,306]

Laqablar juda uzoq tarixiy davr mahsuli bulib, ular turli yullar bilan hosil buladi. Jumladan, laqab tildagi mavjud bulgan suzlarga nisbatan berish va ushalar ososida yangidan suz yasash yuli bilan paydo buladi. Buni “Qunduz bilan Yulduz” dostonidagi bosh qahramonlardan biri Avazga berilgan “devona” laqabida kurish mumkin. Shoir Avazning devona laqabini olishini quyidagicha tasvirlaydi: “Ana endi Cho`ntoqni o`lja qilib, o`zi devonaning kiyimini kiyib, devona bachcha bo`lib,G`irko`kni minib, Cho`ntoqni yetaklab shahri Zangar qaydasan deb keta berdi” [102,265].


Laqablar doimo so`zlaydi. So`zlamaydigan laqablar yo`q. Shoir laqablardagi bunday xususiyatdan ham mohirlik bilan foydalangan. Masalan, “Ravshan ” dostonida diqqatni jalb etgan tiplardan biri Aynoq,
Jaynoq, Ersak, Tersak nomlari bilan berilgan “kal” laqabli personajlardir. Bular ijoboy tiplar. “Kal” laqabi boshida sochi yo`q, ya`ni fiziologik ko`rinishida kamchiligi bor shaxslarga nisbatan ishlatiladi. Bunday shaxslarni xatto o`z nomi bilan atamay kal deb chaqirar edilar:
Keling kallar keching jondin,
Umiding bo`lsa maydondan,
Siz bir yondan,man biryondan
Ot qo`y g`animning ustiga [100,558].
Shoir mehnatkash,ammo ezilgan botirlarini kal obrazi orqali bergan va ularni hokim sinf vakillari obraziga qarama-qarshi qo`ygan. Masalan, “Qunduz bilan Yulduz” dostonida Janjalkal ham shunday. Janjalkalning hatto bir shaharda mushtdek kesagi ham yo`q, umrida pulni ko`rmagan, o`g`rilik, hiyonatni bilmagan, birovning haqidan qurqadigan bir qashshoq bulsa, Aynoq, Jaynoq,Ersak, Tersak bir feodal qulida xizmat qilgan, feodal ulgandan keyin undan qutilgan kishilardir. Dostonda kal laqabli bu shaxslar botir, qurqmas kishilar sifatida tilga olinadi. Urushda ular dushmanga Hasandan kura ortiq zarba beradilar. Qoraxonning askarlari Hasanga:
Kaling qursin kup yomon,
Bormanglar kallar tomon,
Qulingni tort Hasanjon,
Vallomat omon-omon! [100,573].

deb Aynoq va Jaynoqlardan qurqqanlariga iqror buladilar, ularning botirligiga tan beradilar.
Ba`zi urinda “kal” laqabli shaxslar shum, hajvchi sifatida talqin etiladi.
Komik qahramon “kal” obrazi zolim va bosqinchi shoh, ayyor, mug`obir qozi, boy, mulla va boshqalarga qarshi quyiladi. Chunki sinfiy jamiyatda “kal” laqabi ikki xil mazmunni bildirgan. Birinchidan, ekspluatator sinf vakillari tomonidan aytilgan “kal” suzi egasiga nisbatan kamsitish, tahqirlash ma`nosida aytilgan bulsa, mehnatkash sinf vakillari tomonidan aytilgan “kal” suzi shu laqab egasining har qanday kurashda g`olib, g`alabaga erishishini istab aytilgandir:
Donishmand kal shirin jonin sotadi,
Ha deydi, yullarda safar tortadi,
Kup qushinga boshchi bulib Donishmand,
Lashkari sig`ishmay chulni tutadi (102,257)
Aynoqkal shunday edi: ot,tuya, arava kutara olmas edi. Doim bir yoqqa kuchirmoqchi bulsa, piyoda ketar edi. Lekin ukalari ham durust kallar edi. Ularning otlarini Jaynoqkal, Tersakkal, Ersakkal der edi. Jaynoq juda masxaraboz edi, har tusli bula olar edi. Agar birovni aldamoqchi bulsa, har tusli bulganda uzining juralari ham tanimas edi. Ersakkal shunday kal edi: oqshomlari kamonni quliga olsa, qushni kuzidan urar edi. Juda mergan edi, qushlarning, ohularning dodini berar edi (100, 542).
Kurinadiki, komik qahramon ishtirok etgan asar kompozisiyasi, epizodlar syujet yunalishi, tasvir vositalari qahramon obrazini tipiklashtirishga yordam beradi. Shoir “kal” epizotik talqinida asarda dramatik holatni kuchaytirish, ta`sirchanlikni oshirish, tinglovchida his-tuyg`u, uy, mushohada uyg`otishga harakat qilgan. Ba`zan kal haqoratlanuvchi holatga tushib qoladi: “Avazxon qarasa, kal kup chivin bilan olishib, goh solib, goh chivin solib, kal uz kallasiga urib, tirsagidan buyog`i qon bulibdi... Meni muncha qiynama, dod!-deb yig`lab kelayotibdi” (102.,266).
Komik kal laqabli qahramonning g`ayri muqarrariy holatidagi kechinmalari dostonda satira va yumorni yuzaga keltirish manbai bulib xizmat kilgan.
Salbiy ma`no kasb etuvchi laqablardan biri “kusa”dir. “Kusa” laqabi, odatda, iyagida soqoli yuq shaxsga nisbatan qullaniladi. Kusa obrazida kupincha ekspluatator sinf vakillari xarakteri beriladi. “Ravshan” dostonida kusa salbiy tiplardan biri sifatida talqin qilinadi: “Ravshanxon qarasa bir kusa, juda kup kuhna bup ketgan ter kusa... Daqqi yunus kurgan jami xaolqqa firib bergan. Bachchag`ar doim juvonbozlik, bedanabozlik bilan umrini utkazgan... iyagining urtasida bitta tuki bor ekan, u ham bir qarich bulib usgan, bu yolg`iz soqolga qimmatbaho, yaxshi toshlardan teshib osgan. Burnining suvi shurg`alab, mingan oti yurg`alab, ravshanbekning oldidan chiqa keldi” (100, 440-441).
Dostondagi laqablar ismlar bilan birgalikda harakat qiladi. Ular tanlanishi uslubiy shartlangandir, laqablar uslubiy jihatdan doston qahramonlarini sosial va induvidial-psixalogik xarakterlashning eng muxim vositasidir. Ular talqin etilayotgan obrazning ichki xususiyatini ochib beradi. Jumladan, Hasanning “Kulbar” laqabini olish sababi uning kurashda orqachi ekanligi, ya`ni uz raqibini orqaga kutarib yiqitishi bilan bog`liqdir.
Qizilbosh Hasanning kelganin bildi,
Tuda bulib turgan lashkar buzildi,
Qulochni katta yozib mard Kulbar,
Bir tupini bosib bovang yiqildi (103, 111).

Yoki: Ahmadning qushin boshlig`i, sardori ekanligini shoir quyidagicha ifodalaydi:


Lovullab utday yonadi,
Yurgan kunin sanadi,
Un ming odam iyartib,
Ahmad Sardor junadi.
... Shoh murtini buradi,
Bu er ne deb suradi,
Un ming erga bosh bulib,
Sardor ketib boradi (103, 58)
Ayrim urinlarda “taxallus” va “laqab” suzlari keng ma`noda sinonim sifatida qullanganligini kuramiz (113). Aslida “laqab” atamasi “taxallus”dan farq qiladi. “Laqab” insonning turli xil belgisi, xususiyat, ish harakatlari, yashash joyi, urug`i, ijtimoiy kelib chiqishiga kura boshqalar tomonidan beriladigan qushimcha ism bulsa, “taxallus”lar ayrim ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, yakka shaxslarning uzlari tomonidan tanlanadi. Ayrim xollarda “taxallus” boshqa shaxslar yoki jamoatchilik tomonidan ham berilishi mumkin. Abu Abdulloh Rudakiy, Xoja Ismoil Buxoriy, Alisher Navoiy va h.k. Ergash Jumanbulbul ug`li dostonlarida taxalluslar uchramaydi.
Shunday qilib, Ergash Jumanbulbul ug`li dostonlarida qullangan qator laqablar asar qahramonlarini u yoki bu tomondan tavsiflash, ularga xos xususiyatlarni ifodalash uchun muhim uslubiy vosita bulib xizmat qilgan. Ayni zamonda laqablar semantikasida ifodalangan qushimcha ma`no buyog`i kitobxonda estetik zavq uyg`otadi.

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling