Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rustam
Allyutetik
birlik sifatida matnni shakllantirish hamda intertekstuallikni ta’minlash. Inson nomlari (antroponimlar) allyutetik birlik yoxud allyuziya bo‘lib kelganda, ijodkorning badiiy maqsadi birmuncha oydinlashadi. Mutaxassislar allyuziya xususida fikr bildirar ekan, «uning kitobxon uchun avvaldan ma’lum bo‘lishi lozimligi, agar keltirilgan 206 Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Филол. фан. бўй. фал. докт… дисс. – Тошкент, 2017. – Б. 83. 109 allyuziya kitobxon uchun notanish bo‘lsa, kutilgan effektga erishilmasligi, bu esa aytilmoqchi bo‘lgan fikrning o‘z ta’sir kuchini yo‘qotishi mumkinligini» 207 ta’kidlashadi. Allyuziya sifatida taqdim qilingan birlik ko‘pchilik uchun ma’lum va tushunarli bo‘lishi lozim. Go‘zal yurt Susambilda Bir podachi bor edi. U mashhur edi elda, Nomi Baxtiyor edi. Go‘zal edi va chinor Qomatiga edi zor. Ko‘kraklari butun bir Oftobni yashirardi. Tanlarida bir umr O‘t lovullab turardi. Qilichday o‘tkir edi, Rustam kabi zo‘r edi. Yoki: Haftalab yo‘l qarab sarg‘aymas kumush, Tog‘ni tolqon qildi bobomeros musht, Tin oldi davonga boqib Alpomish, Tog‘larni qo‘pordi yoylaring, o‘zbek. Parchadagi Rustam, Alpomish ismlari haqida ongimizda muayyan tasavvur bor. Xalq og‘zaki ijodidagi tanish nomlardan Hamid Olimjon o‘xshatish vositasi sifatida o‘rinli foydalangan. Bu esa intertekstuallikni yuzaga keltiradi va 207 Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Филол. фан. бўй. фал. докт… дисс. – Тошкент, 2017. – Б. 83. 110 matnning ko‘pqatlamliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari ongimizda boshqa matn – «Rustamxon» dostoni ham shakllanadi. Iqbol Mirzoning “O‘zbek” she’ridan olingan yuqoridagi parchada Hakimjonning yetti yoshida Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinjdan bo‘lgan parli yoyini qo‘liga ushlab, yoyni tortib qo‘yib yuborgani va yoyning o‘qi yashinday borib Asqar tog‘ining katta cho‘qqisini yulib o‘tganligiga ishora keltirilgan va she’rda Alpomish nomi o‘zbek xalqining milliy qahramoni, timsoli sifatida qo‘llangan. Abdulla Oripovning “Ko‘zmunchoq” she’rida ona xalqimiz mashhur xalq dostoni qahramoni Alpomishga qiyos etilgan: Istiqlol beshigi, o, ota makon, Har bir qadamingga sadaqa jonlar. Lahzada kuch yig‘ding Alpomishsimon, Yaloving bo‘loldi moviy osmonlar. To‘ra Sulaymonning xalqimizning sevimli qo‘shig‘iga aylanib ulgurgan “Gul bir yon, chaman bir yon” she’rida mashhur xalq dostoni qahramoni Go‘ro‘g‘li nomi tilga olingan. Ijodkor Go‘ro‘g‘li va o‘zini solishtirish asnosida matnga badiiy bo‘yoq berishga, o‘zini Go‘ro‘g‘li bilan taqqoslab shartli tazod va talmeh san’atlarini vujudga keltirishga harakat qilgan. Bu olomda Oy tanho, muborak Quyosh tanho, Bo‘y qizlarning ichida bir shu egma qosh tanho. Uningdek hech kim menga bo‘lolmas sirdosh tanho, Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling