Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

3.1.5. Mo‘g‘ulcha nomlar. Qashqadaryolik baxshilar kuylagan xalq 
dostonlarining matnida juda kam miqdorda bo‘lsa-da, mo‘g‘ulcha onomastik 
birliklar mavjud. G‘uzor, Qarshi singari toponimlarning ham etimologik asosi 
mo‘g‘ul tiliga borib taqaladi, shu bois biz ushbu toponimlarni mo‘g‘ul tilidan 
o‘zlashgan degan fikrga to‘xtaldik.
 
3.2. Dostonlardagi onomastik birliklarning struktur tahlili 
Tilning ma’lum bir davridagi holatini, ya’ni undagi fonetik, leksik, 
grammatik o‘zgarishlarni, boshqa davrlardagi holatlar bilan taqqoslash uchun 
199
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213-215.


102 
aynan o‘rganilayotgan davrga oid badiiy asarlar tili tahlilga tortiladi. Xuddi shu 
maqsadga erishishda xalq dostonlari ham qimmatli manba hisoblanadi. Xususan, 
dostonlar tili haqida fikr yuritar ekanmiz, hech bir mubolag‘asiz ularni xalq
tilining xira tortmas ko‘zgusi, jonli xalq tilining, xalq donoligining jonli 
tarixi in’ikosidir
200
deyish ayni haqiqatdir. 
Ma’lumki, xalq dostonlari qayerda yaratilgan bo‘lsa va ijro qilinsa, o‘sha
yerda yashagan xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, qadriyatlari, tarixi
to‘g‘risida ma’lumot beribgina qolmasdan, balki o‘sha hududda yashovchi
xalqning tili haqidagi manba hamdir. Xalq dostonlari leksikasiga oid turli
lisoniy birliklar ko‘pincha o‘zining qadimgi shaklini saqlagan bo‘ladi.
To‘g‘ri, xalq dostonlari davrlar osha turli baxshilar tomonidan ijro etilib, 
bizgacha yetib kelgan. Xodi Zarif ta’kidlaganidek, “Xalq eposining har biri
og‘zaki aytilganda, asrlar osha allaqancha o‘zgarish va katta-katta ishlanishlar 
bilan bizgacha yetib kelganini va buning natijasida ayni asarlarning bir talay 
variant va versiyalari yuzaga kelganligini hisobga olsak”
201
, ularning til 
xususiyatlari jihatidan ham turli xil o‘zgarishlarga uchraganligini qayd 
qilishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar qo‘shiq (epik 
qo‘shiq)lar dialektologik tekshirishlar uchun material bo‘la olmaydi degan fikrni 
aytadilar
202
.
Onomastik birliklarning tuzilishiga ko‘ra turlari, ularning 
model tiplari haqida turkiy tilshunoslikda, shu jumladan, o‘zbek tilshunosligida 
ma’lum darajada tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu borada bajarilgan ishlar 
sifatida T.A.Begjanov, K.Abdumuratov, O.T.Molchanova, E.M.Mirzayev, 
N.Oxunov, Z.Do‘simov, T.Nafasov, T.Enazarov, N.Uluqov, L.G.Karimova va 
boshqalarning tadqiqotlarini ko‘rsatish mumkin.
200
Махмудов Н. Ўзбекнинг ўлмас сўзи // ТА. –Тошкент, 1998. – Б. 27.
201
Зарифов Х. Фолклор ва археологик материалларни қиёсий ўрганиш масаласига доир. –Тошкент: 
ЎТАМ, 1958,1. – Б. 27
202
Щерба Л.В. Восточнолужицкие наречия. –СПБ, 1915. –С. 5. 62


103 
Toponimist olim Z.Do‘simov toponimlarning tuzulishiga ko‘ra tasnifi 
xususida so‘z yuritar ekan, ularni struktural-tipologik tasnif deb ataydi va o‘zbek 
tili toponimlarini quyidagi guruhlarga ajratib tadqiq etadi: 
1. Affikssiz toponimlar va tub toponimlar: Qal’a, Alan, Bo‘z, Jam, Adaq 
kabi. 
2. Affiksal toponimlar yoki yasama toponimlar: Tuyachi, Ko‘salar, 
Toshloq, Tongzor. 
3. Prefiksal toponimlar: Poyariq, Bevatan, Sardaha. 
4. Indikatorli toponimlar yoki toponim-kompozitlar. 
5. Birikmali toponimlar
203

Surxondaryo viloyati Boysun toponimlari bo‘yicha tadqiqotlar amalga 
oshirgan X.Xolmo‘minov ushbu hudud mikrotoponimlarini tuzulishiga ko‘ra 
uch turga ajratishni ma’qul ko‘radi: 
1) sodda toponimlar, 2) qo‘shma toponimlar, 3) murakkab toponimlar
204
.
Q.Olloyorovning Xorazm dostonlari onomastikasiga bag‘ishlangan 
tadqiqotida ham dostonlar tilida qo‘llangan atoqli otlar tuzilishiga ko‘ra sodda, 
qo‘shma va murakkab tarkibli nomlar sifatida o‘rganilganini ko‘ramiz
205

Yuqoridagi tadqiqot natijalariga ko‘ra qashqadaryolik baxshilar tomonidan 
kuylangan xalq dostonlarida qo‘llangan onomastik birliklarni uch guruhga 
ajratib tadqiq etish mumkin: 1. Sodda tarkibli onomastik birliklar; 2. Qo‘shma 
tarkibli onomastik birliklar; 3. Murakkab tarkibli onomastik birliklar.
Ma’lumki, tarkibi birgina lug‘aviy asosdan iborat atoqli otlar sodda 
tarkibli nomlar deb yuritiladi. Bu tarkibli nomlarni o‘z navbatida yana ikki 
guruhga ajratish mumkin: 1) sodda tub onomastik birliklar, 2) soda yasama 
onomastik birliklar kabi. 
203
Дўсимов З. Топонимлар таснифи масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1978. - №1. – 
19-20. 
204
Холмўминов Х. Бойсун раён микротопонимикаси // Ўзбек тили ва адабити. – Тошкент, 1989. №6. – Б. 
60-61. 
205
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Фил. фан. бўй. фал.с док... автореф. – Самарқанд: 
2018.


104 
Sodda tub asosli onomastik birliklarga kiruvchi toponimlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: Chambil (NS // JM), Vayangan (NS), Jayxun 
(NS), Gala (KN), G‘uzor (KN), Buxoro (KN), Qandohar (NS), Qo‘qon (NS), 
Qarshi (NS // KN), Boysun (KN), Hisor (KN), Qiziriq, Regar (KN), Xo‘tan (KN), 
Zangar (O), Angor (O), Termiz (O), Qilib (O) kabi. 
Sodda tub asosli onomastik birliklarga kiruvchi antroponimlar: Oydin 
(KN), Bobir (O), Sayxon (O), Janda (KN), So‘ltoq (KN), Rahmat (KN // O), 
Tohir (KN), Zuhra (KN), Layli (KN), Barchin (KN), Jopsak (KN), Farhod (KN), 
Majnun (KN), Dona (KN), Hasan (KN), Husan (KN), Nazar (KN), Rajab (KN), 
Ergash (KN), Ismoil (KN), Sherna (KN), Xalil (KN), G‘ulom (KN), Suluv (KN), 
Abdulla (KN), Qahhor (KN // NS), Usmon (KN), G‘ani (JM), Yunus (JM // NS), 
Soqi (JM // NS), Asad (JM // NS), Shodmon (JM // NS // O), Donish (JM), Ali 
(JM // NS), Qodir (JM // NS), Malik (JM), Murod (JM), Malla (O), Mirzo (O), 
Farmon (O // NS), To‘qson (O), Mansur (O // NS), Omon (O), Yomon (O), 
Ko‘char (O // NS), Misqol (JM // NS), Uldan (NS), Guldan (NS), Xizir (NS), 
Mustafo (NS), O‘tan (NS), Malin (NS), Jabbor (NS), Qora (NS), Jang‘il (NS), 
Vali (NS), Rustam (NS), Qumri (NS), Yusuf (NS), Chori (NS), Haydar (NS), 
Sulaymon (NS), Yoqub (NS), Gali (NS), Karim (NS), Rahim (NS), G‘affor (NS), 
Samad (NS), Sattor (NS), Odam (NS), Muso (NS), Iso (NS), Hotam (NS), 
Maryam (NS), Muhammad (NS). 
Sodda asosli atoqli otlarning yasama turiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Xoldor (inson nomi) (O), Gulzor (ko‘cha) (JM), Charmgar (mahalla) (JM), 
Qolduston (joy nomi)(JM), Gurjiston (mamlakat nomi) (NS).
Sodda tarkibli onomastik birliklarning morfologik xususiyatiga ko‘ra ham 
alohida turlarga ajratib o‘rganish mumkin. Masalan, ot, sifat, fe’l kabi 
asoslardan tashkil topgan onomastik birliklar kabi.
Ot asosli onomastik birliklar: Boysun, Hisor, Qo‘qon, Qarshi, G‘uzor. 
Sifat asosli onomastik birliklar: Alami, Qiziriq. 


105 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling