Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yahudiycha nomlar
GULANDOM [f.] – gulbadan, gulqad, gulbichim, xushbichim, nozik badan, nozanin, go‘zal, latofatli qiz. “Kelinoy yoki Norguloy” dostonidagi qahramonlardan birining nomi. Uchsa bulbuldan so‘ragan, Ko‘rgan tushini jo‘ragan, Sevganim qachon kelar deb, Jopsarni yorib qaragan, Yur Gulandomga boraylik, Jamoli shomga boraylik. (KN-82). Yahudiycha nomlar. Turkiy tillar taraqqiy etish jarayonida turkiy bo‘lmagan xalqlar, jumladan, yahudiylar tilidan ham so‘z o‘zlashtirgan. Biz bu jarayonni o‘zimiz tadqiq etayotgan xalq dostonlari matnidagi antroponimlarni etimologik tahlil qilish jarayonida ham kuzatdik. Xalq dostonlari matnida arabcha, fors-tojikcha nomlardan tashqari yahudiycha nomlar uchraydi. Sulaymon (NS), Yunus (NS // JM), Yusuf (NS // JM), Muso (NS), Maryam (NS), Iso (NS), Yoqub (NS // JM), Odam (NS), Ismoil (KN) kabi nomlar ana shu tildan o‘zlashgan. Bu nomlarning barchasi dostonlar matnida qo‘llangan din arboblari, shuningdek, diniy tushuncha va e’tiqod bilan bog‘liq nomlar sanaladi. YUNUS [yah.] – kaptar, kabutar. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi xalq dostonlarida Go‘ro‘g‘lining rafiqalaridan birining nomi hisoblanadi. Go‘ro‘g‘li sulton Eram bog‘idan Yunus parini, Ko‘h Qofdan Misqol parini olib kelib xotinlikka ko‘ndirdi. (NS-5). MUSO [yah.] – suvdan tortib, chiqarib olingan . “Qur’on”da tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Barchaning otasi Odam hurmati, Muso bilan Iso, Maryam hurmati, Payg‘ambar sardori Hotam hurmati, Ber murodin bandang 101 ojizdir senga 199 . (NS-88). ODAM (Odamato)[yah] — kishi, inson, haqiqiy inson; asli: yer, qizil tuproq, ya’ni bug‘doyrang, qorachadan kelgan odam. Islomga (shuningdek, iudaizm va xristianlikka) ko‘ra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. “Qur’on”ga ko‘ra, Alloh Odamni loydan o‘zining yerdagi o‘rinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga o‘z ruhidan jon ato etgan. Odam Abulbashar (insoniyat otasi) deb ham ataladi. Barchaning otasi Odam hurmati, Ber murodin bandang ojizdir senga. (NS-88). ISMOIL [yah.] – “Xudo eshitdi” yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. “Tavrot”dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ishmael (Ismoil) deb ism berishgan. Muhammad (s.a.v.)ning o‘g‘li ham Ismoil bo‘lgan. “Ey Ergashjon, bunchalik do‘mbira chertishingni bilmas ekanman. Bittasi Ergash tuyani qaytargan deyishadi, rostmi?” – deb so‘radi. “Men emas, – dedi Ergash, – u aytganingiz Ismoil tog‘am bo‘lgan, bir boyning tuyasini boqqan”. (KN-41). Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling